Oila pedagogikasi
Farzand tarbiyasida o‘yinchoqning
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik talab.
Farzand tarbiyasida o‘yinchoqning
ahamiyati 0 ‘yinchoq - bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlab ularga yo‘ldosh quvonch manbayidir. 0 ‘yinchoq - bolaning o'ynashi uchun mo‘ljallangan va boshqa maqsadlardan foydalanmaydigan buyum bo‘lib hisoblanadi. 0 ‘yinchoqda buyumlaming tipik xususiyatlari umumiy tarzda aks etadi. 189 Pcdagog A.S.Makarenko, « 0 ‘yinchoq o'yinning «mate rial asosi», o‘yinchoq o‘yinni yaratishda ishtirok etadi, bola ning o‘ziga xos sherigi sifatida namoyon bo‘ladi, uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatadi», - deb ta’kidlaydi. Rus pedagoglari - o‘yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqelikni o‘rganishga yordam beradigan, ranglar, buyumlar ko‘lamini ulaming materiallarini farqlash malakasini rivojlantiruvchi vosita deb ta’kidlab, bola dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib berdilar. Xalq pedagogikasida o‘yinchoqlaming butun bir tizimini ishlab chiqilgan bo‘lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. 0 ‘yinchoqlar - bolalaming nutqiy faolligini uyg‘otadi, lug1 at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash diqqatni jamlash va barqarorligini rivojlanishida muhim bir vositadir. 0 ‘yinchoq bolalarda - ma’naviy-axloqiy tuyg‘ulami (mehribonlik, avaylash, e’tiborlik) shakllantiradi, atrof- muhitga ijobiy munosabatni uyg‘otadi. 0 ‘yinchoq tanlashda - bolaning yosh va individual xususiyatlarini, qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maq sadga qaratilgan bunday yondoshuv - o‘yinchoq tanlashga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. Asosan: pedagogik, gigienik, badiiy talab orqali o'yinchoq tanlanadi. Pedagogik talab. 0 ‘yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi; jamiyatimiz g‘oyasi nuqtayi nazariga mos kelishi, g‘oyaviy jihatdan qimmatli bo‘lishi - pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. 0 ‘yinchoq - bolada oliyjanob tuyg‘ulami uyg‘otishi, boshqa millat bolalari bilan do‘stona munosabatlami tarbiyalashda, voqelikka nisbatan oliyjanob tuyg‘ular uyg‘otishi, ijobiy axloqiy tajriba to‘plashga 190 yordam berishi lozim. 0 ‘yinchoq bolaning faollikka bo‘lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg‘otishi kerak. Obrazli o‘yinchoq - real haqiqatni ifoda etuvchi, buyum va uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi. 0 ‘yinchoqning dinamiklik xususiyati undan ko‘p marotaba rejali tarzda foydalanish imkonini yaratadi. Bu xususiyatidan kelib chiqib, o‘yinchoqqa quyidagi talablar qo‘yiladi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling