Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-4 yoshli bolalar
- Katta yoshdagi bolalar uchun
1-2 yoshli bolalar
bilan o‘ynaladigan o‘yin turlariga: «Barmoqqa-barmoq», «Goz-g‘oz», «Goz tursin», «Bo‘p- bo‘p», «Toy-toy», «Poezd», «Achom-achom» bo‘lib bu o‘yinlar, go‘dak endi bir-ikki qadam tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam beradigan o‘yinlar hisoblanadi. 3-4 yoshli bolalar bilan «Ot o‘yin», «Kesak qo‘ydi», «Ko‘z boylagich», «Choriy chambar», «Awalakam», «Tayoq irg‘itish», «Quloq cho‘zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi» o‘yinlaridir. 4-5 yoshli bolalar bilan «Chir aylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o‘yin», «Ko‘pkari», «Ber- kinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan» o‘yin- laridir. Katta yoshdagi bolalar uchun - «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do‘ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq terakmi, ko‘k terak» o‘yinlari orqali bolalarda chaq- qonlik o‘z-o‘zini boshqara olish va o‘ziga ishonch tar- biyalanadi, qat’iyatlilik ko‘nikmalari shakllanadi, fikrlashga o‘rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozir- javob bo‘lishga tayyorlanib boriladi. Xalq harakatli o‘yinlarini tashkil etish va bolalarga o‘r- gatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur. 1. Bolani ruhiy jihatdan o‘yinga tayyorlash. 2. 0 ‘yin jarayonida bolalaming jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga e’tibor berish. 186 3. Har bir o‘yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochirmaslik. 4. 0 ‘yinlami ijtimoiy foydali mehnat bilan bog‘lagan holda hayotga tadbiq etish. 5. 0 ‘yin davomida o‘zaro munosabatlami yanada mus- tahkamlash. 6. Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfa- atiga hurmat va e’tiborli bo‘lish. Milliy harakatli o‘yinlaming sport ko‘rinishidagi turla- ridan «Kurash», «Chavandozlar» bolalarda kuchli va chaq- qon, halol harakat qilish malakalarini orttiradi. 0 ‘zbek xalqining ermak va ovutmachoq o‘yinlaridan asosan bolaning ilk yosh davridan boshlab shug‘ullanib boriladi. Bu o‘yinlar asosan kattalaming bevosita rahbarligida harakat va so‘z- laming uyg‘unlashuvi natijasida o‘ynatiladi. Masalan: «Barmoqlar», «Sichqon-sichqon» o'yinlari orqali bolalarda xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasawurlari о‘sib boradi. Xalqimizda «Bolaning ilonni changallaydigan davri» degan ibora bor. Bu hikmat bola hali qo'rqish hissini bilmaydigan davrida, ya’ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo‘llaniladi. Xuddi shu davrda «Sichqon-sichqon» o‘yini qo‘l keladi. Ilk yoshdagi bolalar dastro‘moldan yasalgan «sichqon»- ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar. «Sichqon»ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go‘- dakka sichqon shakli va uning juda yugurdakligi to‘g‘risida tasawur hosil qilishga ko‘maklashadi. Ermak o‘yinlardan «Oymo‘ma», «Boqqa kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo-chapakka» - orqali bolalami muloqotga o‘rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalami eshitish, 187 ko‘rish, sezish, his qila olish kabi sensor holatlari faollashadi. Bolalaming nutq faolligini o‘stirish maqsadida aytishma 0 ‘yinlaridan keng foydalaniladi. Bunday o‘yinlarga «Boy- landi», «Xolam keldi», «Mundi-mundi», «Bulbulim-bulbu- lim», «Ko‘z boylog‘ich», «Oq sholi, ko‘k sholi», «Ada xormang»lar kiradi. Yana, xalqimizda azal-azaldan o‘ynab kelinadigan so‘z o‘yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali- hanuzgacha bolalar orasida «tinchlik — yarashuv» timsoli sifatida qo‘llaniladi. Bu o‘yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi: Karimga berdim toychoq, U olavermadi har choq. Toychog'imni kim olsa, Men u bilan chin o‘rtoq. Yalinchoq-yalinmachoq, Pista po‘choq. Qilichmi, to'qmoq, qirq yilgacha o‘rtoq, To‘qmoq - to‘qson yilgacha o‘rtoq. Bolalar matematik tasawurlarini o'stirishga yordam bera- digan o'yin turiga «Sanamalar» kiradi. Bu o‘yin jara-yonida bolalar she’riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tarzida foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalaming tasawurlari, fikrlash doiralari kengayib, she’riy ohangda to‘g‘ri javob qaytarishga o‘igatilib boriladi. Asosan bu o'yinlar quyida- gicha jaranglaydi: Dadamu-oyim, Bor ikkita singlim. Bahodir, Dildor, 188 Bog'chaga ketar, Sanab ko‘r chaqqon, Bizlar nechta jon. 0 ‘zbek xalqi nihoyatda so'zga chechan, topqir bo‘lib, o'zining al-yom-qo ‘ shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq orasida mashhur bo‘lgan «Qiqillamalar»dir. Bu so‘z o‘yinlarida sodir bo‘layotgan voqea hodisalar, kechin- malar she’riy ohangda ijro etiladi. Masalan: Shov-shov etadi ariq, Karim ekadi tariq. Yoki Echki keladi ma’rab, 0 ‘z egasiga qarab. Ota-onalar o‘z farzandlari bilan xalq o‘yinlaridan oqilona foydalansalar, bolalami har tomonlama kamol topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda bolaning taibiyasida, har tomonlama rivojlanishida o‘yin- choqlaming ahamiyati ham beqiyosdir. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling