Oila pedagogikasi
Oilada bolalar o ‘yinlarini tashkil etish
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Oilada bolalar o ‘yinlarini tashkil etish
Oila - bu muqaddas dargoh bo‘lib, uning asosiy muam- mosi bola shaxsini har tomonlama tarbiyalashga erishishni ta’minlashdan iborat. Bugungi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash davlatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Ma’lumki, oilada bolalaming asosiy vaqti kattalar 178 mehnatiga yordam berish, tevarak-atrofdagi voqea va hodi- salarga nisbatan o‘z munosabatlarini o‘yin jarayoni orqali aks ettirish, ularga taqlid qilish bilan o'tadi. 0 ‘yin - bolalaming har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi fiamda asosiy faoliyat turi hisoblanadi. 0 ‘yin - uzoq davrlardan beri, mashhur olimlar, pedagog- psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o‘ziga qaratib kelgan. 0 ‘rtaOsiyo madaniyati tarixida farzand tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratilganligi, mashhur allomalardan Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig, baxt keltiruvchi bilim», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» («Haqiqat sov- g'alari») kabi jahonga mashhur asarlarida xalqimizga xos bo'lgan farzand tarbiyasining muhim omillari ustida fikr yuritganlar. Xalq pedagogikasi chuqur o‘rgatilganda, mutafakkir- laming farzand ta’lim tarbiyasi va odob-axloqqa oid asar larida, o‘zbek xalqi bolalami taibiyalashda tarbiyaviy ishning eng ta’sirchan uslubi-o‘yin shaklidan juda keng foydalan- ganligini ko'ramiz. Bola tarbiyasida o‘yinning o‘ziga xos xususiyatlari va turlari mavjud. 0 ‘yin mazmuni va tashkiliy ko‘rsatkichi darajasiga ko‘ra: xalq milliy harakatli o‘yinlari, ijodiy o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, ermak-ovutmachoq o‘yinlar, sanamalar xalq og‘zaki ijodidagi o‘yin turlari mavjud. 0 ‘zbek xalqi bolalami taibiyalashda an’anaviy o‘yin turlaridan, (o‘g‘il va qiz bolalami o‘ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashda) tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan foyda- langanlar. 0 ‘g‘il bolalami uddaburon, chaqqon, topqir, qizlami mehr-shavqatli, uy ishlariga kirishimli qilib tarbiya- 179 langan. Ulami hayotga, turmushning og‘ir yengil sinovlariga tayyorlab borishga katta e’tibor qaratilgan. Bunday jarayon- larda ota-onaning shaxsiy namuna bo‘lishi, mehnatga chiniqtirishi, mehnatga o‘rgatish kabi tarbiya shakllaridan unumli foydalanilgan. 0 ‘yin - doimo hayotni aks ettiradi. 0 ‘yin o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra, yo‘nalish va mazmuniga ko‘ra ijtimoiy voqelik hisoblanadi. 0 ‘yin jarayonida bolaning psixik bilish jarayoni, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji, qiziqishlari, ta’sirchanligi — uning butun shaxsiyati shakllanadi. Bola o‘yinda amamliy ehtiyojlarga qaram bo‘lmaydi. Bunda u o'zining bevosita ehtiyoji va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bolalaming o'yinlari o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Bolalar mustaqil ijodiy o‘yinlami ko‘proq o'ynaydilar. Bu o‘yinlami bolalar o‘zlari o‘ylab chiqadilar. Bolalar o‘z taassurotlari, ko‘rgan-eshitgan, his qilgan narsalarga nisbatan o‘z munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalaming ijodiy o‘yinlarini mazmuni va syujetiga ko‘ra 3 guruhga bo'lish mumkin. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling