Oila pedagogikasi


Oilada bolalarni jismoniy mashqlarga o‘rgatish

bet88/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

175


Oilada bolalarni jismoniy mashqlarga o‘rgatish
Oilada bolalami jismoniy mashqlarni bajarishga o‘rgatib 
borish zarurdir. Chunki jismoniy mashqlar bolalami sog'lom- 
lashtirishga, ulami chiniqtirishga va jismoniy mehnatga tay- 
yorlashga yordam beradi.
Jismoniy mashqlar inson o‘zida bo‘lajak mehnat faoliyati 
(ov, turli mehnat qurollari yasash va hokazo) arafasida ol- 
dindan jismoniy tayyorgarlik ko‘rish ehtiyojini anglagan 
davrda paydo boigan. Tajriba insonga ov oldidan bo‘ladigan 
tayyorgarlik va uning natijalari o‘rtasida aloqa o‘matishga va 
to‘plangan harakat tajribasini avloddan-avlodga berish 
muhimligi baholashga imkon berdi. Inson ov qilishdan ancha 
oldin bo‘lajak faoliyatini mashq qiladi: hayvon tasvirini, 
(suratlar, tulup va hokazo) mo‘ljalga olishga harakat qiladi. 
Bunday harakatlami ko‘p marta takrorlash natijasida insonda 
nishonga tekkizish malakasi shakllangan, ko‘z bilan cha- 
malash, kuch va boshqa fazilatlar rivojlangan. Shunday qilib, 
jismoniy mashqlar dastawal mehnatda moniy qo‘llaniladigan 
harakatlardan tashkil topgan. Keyinchalik jismoniy mashq- 
laming rivojlanishiga harbiy ish, fan va san’at sezilarli ta’sir 
ko‘rsatdi.
Jamiyatning va jismoniy tarbiyaning rivojlanishi bilan 
mehnat harakatlari formalari va jismoniy mashqlar o‘rta- 
sidaga farq yo'qolib bordi. Bu murakkab harakat faoliyatidan 
ayrim mashqlar (turli masofalaiga yugurish, uzoqqa uloq- 
tirish, uzunlikka sakrash va boshqalar)ni ajratib olish va 
ulardan jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalanish imkonini 
berdi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliy mashg‘ulotning 
rivojlanishi jarayonida ayrim muskul gruppalari uchun 
maxsus (predmetlarsiz va predmetlar bilan, predmetlarda,
176


gimnastika snaryadlari va boshqalarda) bajariladigan mashq- 
lar shuningdek, o‘yinlar (voleybol, basketbol, futbol, xokkey 
va boshqalar) uchun maxsus mashqlar yaratildi. Hozirgi 
vaqtda jismoniy mashqlaming katta miqdori mavjud va 
ulaming rivojlanishi davom etmoqda.
Oilada bolalami jismoniy mashqlarga o‘rgatish orqali 
ularda sportning biror bir turi bilan mustaqil holda shug‘ul- 
lanish malakalarini tarbiyalash mumkin.
Sport 
jismoniy mashqlaming biror turida yuqori rau- 
vaffaqiyatga erishishga yo‘naltirilgani bilan xarakterlanadi, 
kishining ma’naviy va jismoniy kuchlariga yuksak talablar 
qo‘yadi. Shuning uchun u faqat muayyan yosh bosqichining 
rivojlanish darajasidagina qo‘llanishi mumkin. Bu esa 
jismoniy tayyorlik va sog‘lig‘iga muvofiq keladigan sharoitni 
talab qiladi.
Sport jismonan kamol topishga xizmat qiladi va ma’naviy 
irodaviy fazilatlami tarbiyalashga yordam beradi. Shuning 
uchun sport bilan shug‘ullanish ayniqsa, kishi organmnining 
hamda inson shaxsining shakllanish davrida foydalidir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling