Oila pedagogikasi
Oilada - bolalarga jismoniy tarbiya berish
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Oilada - bolalarga jismoniy tarbiya berish
Har qanday insonning eng mo‘tabar orzusi, astoydil asosiy maqsadi — sog'lom, barkamol avlodni tarbiyalash, har tomonlama komil insonni voyaga yetkazishdan iborat. Sog'Iom avlod deganda, shaxsan men, eng awalo, sog'lom naslni, nafaqat jismonan baquwat, shu bilan birga ruhi, flkri sog'lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’na- viyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushu- naman. Buyuk davlatni faqat sog‘lom millat, sog'lom avlod- gina ko‘ra oladi. Mustaqil davlatimizning ertangi kuni, uning gullab- yashnashi va rivojlanishi ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan avlodning sog‘lom bo'lishiga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida Vatanimizning kelajagi farzandlarimizning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topish uchun qulay sharoitlar yaratishni taqozo etadi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod ning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning, sog'lom turmush tarziga intilish. va sportga mehr-muhab- 173 batni singdirishning g‘oyat muhim sharti sifatida bolafaoliyati kompleks xarakerga ega va u turli harakatlar uyg‘unligida (yugurish, sakrash va boshqalar) quriladi. 0 ‘yin jarayonida bolalar dunyoni faqat anglab qolmay, balki turli vaziyatlarda mustaqil harakat qilishni o‘rganadi. 0 ‘yin bolalar faoliyatining ehtirosli ko'rinishlaridan biridir. 0 ‘yinning his-hayajonlarga to‘laligi shundan iboratki, o‘yin jarayonida bolalar turli holatni boshdan kechiradilar: quvnaydilar, yutib chiqishga intiladilar, hafa bo‘ladilar. Harakatchan o‘yinlar ko‘pchilik va yakka o‘yinlaiga bo‘- linadi. Ko'pchilikda o‘ynaladigan o‘yinlar axloqiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Yakka harakatchan o‘yinlarda bola sharoit va maqsadni o‘zgartirishi, muvofiq yo'lni o‘zi tanlashi mumkin. Har qanday o‘yin o‘z mazmuni, yo‘nalishi, yakuni va bajarilishi tartibiga ega. Oilada tashkil qilinadigan о‘yin bolalardagi yashirin qobiliyatni rivojlantirishi, fikrlashga, ijodkorlikka yo‘naltirishi lozim, u bolalaming ijodiy kuchini sinaydi, shuning uchun ko‘pgina bolalar o‘zlaricha o'yinlar o‘ylab topadilar. Ba’zi sport o‘yinlarida ota-onalar yoki oiladagi katta yoshli odamlar ishtirok etsalar, bu bolani oila a’zolariga yanada yaqinlashtiradi hamda o‘yinning ahamiyatini oshiradi. Har qanday o‘yinlarda g‘alaba qilish va yengilish hollari bo‘lishi tabiiydir. Binobarin, bolani o‘yin paytida hafa bo‘- lishdan, afsus-nadomatlardan va boshqa salbiy hayajonlardan ehtiyot qilishning iloji yo‘q. 0 ‘yin paytida yuz beradigan salbiy his-hayajonlar bolalar axloqini chiniqtiradi, hayotda uchraydigan to‘siqlami yen- gishga tayyorlaydi. Chunki hayotda quvonch ham tashvish ham, g‘alaba va mag‘lubiyat ham hamisha yonma-yon 174 yuradi. 0 ‘yin kechinmalari aslida bolani haqiqiy hayotga chiniqtirib boradi. Bolalarga xalq o‘yinlariga qiziqish uyg‘otish kerak. Chunki xalq o‘yinlari orqali bolalar o‘z xalqining urf- odatlarini, madaniyatini va turmushini o‘rganadilar. Oilada bolalar bilan «Xolam mehmonga kelidi», «Tapur-to‘pur qayrag‘och», «Aylanma darra», «Bekinmachoq», «Tortish- machoq» kabi o‘yinlami o‘ynash maqsadga muvofiqdir. Harakatli o‘yinlami ko‘p kvartirali uylar yoki mahallada yashaydigan barcha bolalar uchun mahalla guzarlarida yoki bo‘lmasam sport maydonchalarida tashkil qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Harakatli o‘yinlami o‘tkazishda ota-onalar rahbarlik qilishlari va bolalami uyushtirishlari zarur. Bir necha ota-ona bolalami yig‘adi, o‘yin muddatlarini reja- lashtiradi, o‘yinda qatnashadiganlar sonini belgilaydi va so‘ngra o'yinni o‘tkazadi. Bu holda juda ko‘p bolalar qatnasha oladigan o‘yin turlari tanlanishi kerak. 0 ‘y m c h ila m i tanlashda, yuqorida aytganimizdek, bola- laming yosh xususiyatlari va jismoniy imkoniyatlarini, qiziqishlarini hisobga olish shart. Harakatchan o‘yinlar — bir harakatdan ikkinchisiga tez o‘tishni talab qiladigan o‘yinlar bolalarda chaqqonlikni tarbiyalaydi. Tovushni eshitganda, biror narsani ko‘rganda, sezganda hoziijavoblik talab etadigan, harakatlar tez to‘x- tatiladigan, to‘xtatib turiladigan va birdan boshlab yu- boriladigan o‘yinlar, masofani qisqa muddatda bosib o‘tish bolalarda tezkorlikni takomillashtiradi. Qisqa vaqtda o‘lchovi me’yorda bo‘lgan kuchni zo‘riqtiradigan o‘yinlar bola kuchini oshiradi. Betinim harakat qilib, harakatlami bir necha marta takrorlashni talab etadigan, ancha kuch-quwat sarflanadigan o‘yinlar tanni chiniqtiradi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling