Oila pedagogikasi
‘yinning mazmun va mohiyatiga ko‘ra
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy asartarni tanlashda quyidagi talablar qo‘yiladi
0 ‘yinning mazmun va mohiyatiga ko‘ra:
tayyorgarlik davri, o‘yinga kirishish, o‘yindagi harakatlami muhokama qilish, asosiylarini belgilab olish. Bu jarayon o‘yin maz- munini to‘laroq ifoda eta olishga, o‘zaro iliq munosabatlarini o‘matishda, kelishib olishga yordam beradi. 0 ‘yinni rivoj- lantirish uchun o‘yinga qo‘yiladigan talablar mazmunini o‘zgartirish kerak. 0 ‘yin vaziyatini tanlash, o‘yinga rahbarlik qilayotgan ota-onaning mahoratiga, qiziqishiga bog‘liqdir. Ota-ona oilada bolalaming ijodiy qobiliyatlarini mahoratlarini o‘stirish maqsadida badiiy asarlami, ertak va hikoyalami sahnalashtirish usullaridan keng foydalanishlari mumkin. Sahnalashtirish o‘yinlarida bola o‘yin jarayoniga kirib boradi, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlami o‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalaming nutq faolligi, lug‘at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi. 182 Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalaming yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi. Adabiy asartarni tanlashda quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Asar mazmunining g‘oyaviy-ma’naviy barkamolligi. 2. Asaming badiiy jihatdan mazmundorligi. 3. Asardagi qatnashchi va rollaming soni qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha asar ahamiyatlidir. 4. Asarda mazmun yaxshi bo‘lishi bilan birga, harakat- laming turi ham ko‘p bo‘lishi lozim. 5. Asami ifodaU o'qishga mos bo‘lishi. 6. Asar mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog‘langan bo‘l- mog‘i lozim. Bolalar xalq ertaklarining sahnalashtirishni yaxshi ko'ra- dilar. Masalan: «Sholg‘om», «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘ir- soq» va boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda qo‘g‘ir- choq, soya, stol teatri orqali sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar. Badiiy asami eslab qolishlari uchun uni qayta o‘qib be- rish, sahna ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Sahnalashtirish o'yinlari qiziqarli o‘tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to‘g‘ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar-o‘yin rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalar xatti-harakatlarini, qobiliyatlari, intilishlari hisobga olib boradi. 0 ‘yinda faol ishtirok etgan bolalami alohida rag‘batlantiriladi, kelgusida qaysi asarlami sahnalashtirish kerakligini aniqlaydi. Bolalami ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda - qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yinlaming roli kattadir. 183 Qurish — yasash o‘yinlari bolada buyum obrazini fazoviy ifodada tasvirlashni talab qiladi. 0 ‘yin jarayonida biror bir material yoki buyumning hajmi, katta-kichikligi, bir-biriga mosligi, fazoviy moijallay olish ko'nikmasi shakllanadi, ri- vojlanadi. Qurish - yasash o‘yinlari bolalarda kuzatuvchanlikni, buyumlami fazoviy joylashtira olish, maqsadga erisha olish kabi faoliyatlarga o'rgatadi. Masalan: uycha, ko‘prik, saroy, uy hayvonlari uchun maxsus maydonchalami qurish nazarda tutiladi. Qum bilan o‘ynash. Qum bolalaming o'ynashlari uchun eng qulay o‘yin vositasi bo'Iib hisoblanadi. Qumlar maxsus yashiklarda nam holatda saqlanadi. Qumni saqlashga gigienik talablar qo‘yiladi: a) qum turli xil tosh, shishalardan tozalangan bo‘lishi; b) qum faqat namroq holda saqlanishi kerak; d) bolalaming salomatligiga xavf solmasligi kerak. Kichik yoshdagi bolalami qum bilan o‘ynashlari uchun bayroqchalar, o'yinchoqlar tayyorlab qo'yilishi kerak. Suv bilan kichik yoshdan boshlab shug‘ullanish mumkin. Suvda qo‘g‘irchoqni cho'miltirish, o‘yinchoqlar bilan suvda o‘ynash, katta yoshdagi bolalar esa suvda cho‘milishlari mumkin. Qor bilan o'ynaladigan o‘yinlar bolalarda quvnoq kay- fiyatni uyg‘otadi. Buning uchun bolalarga yog‘och belku- rakcha, qomi tashish uchun yashikcha ortilgan chana bo‘lishi shart. Kattalar yordamida qor uyumlaridan turli shakllar, qorbobo, qorqiz, hayvonlaming qiyofasini yasaydilar. Milliy o‘yinlar Milliy o‘yinlar ikki guruhga bo‘linadi: I. Milliy harakatli o‘yinlar. 2. Milliy xalq o‘yinlariga bo'linadi. 184 Milliy harakatli o‘yinlar sport turlari bilan hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo‘lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelingan. U bolalami jismonan baquwat, sog‘lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon bo‘lib o‘sishlarida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Xalq milliy o‘yinlarida millatning o‘tmish tarixi, ma’naviy va madaniy rivojlanishi- ning xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari jamlan- gandir. Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalami ma’naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bola larda o‘z Vatanini sevish, uning boyliklarini qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan zavqlanish tuyg‘ularini, shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkor- lik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi. Xalq milliy o‘yinlarini oilada tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim. 1. Xalq milliy o‘yinlarining turlari va ulami tashkil etish yo‘llari, usullari hamda uslublari bilan ota-onalami tanish- tirish. 2. Milliy o'yinlami tashkil etishda ma’naviy qadriyatlar va urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib bo rish. 3. Maktabgacha yoshdagi bolalami milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish. 4. Xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish. 5. Bolalami o‘ynashlari uchun oilada shart-sharoit (o‘yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish. 185 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling