Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/24
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1571986
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111




Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining 
ijtimoiy- psixologik muammolari. 
Annotatsiya: 
Dissertatsiyaning kirish qismida magistrlik dissertatsiyasi mavzusining 
dolzarbligi va zarurati asoslangan, 
tadqiqotning ob’ekti va predmeti 
aniqlashtirilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari belgilangan, tadqiqotning 
farazlari yoritilgan, tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar tahlili, qo’llanilgan 
metodlar, tadqiqotda olingan natijalarning ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy 
ahamiyati, dissertatsion ishning tuzilishi yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan. 
Dissertatsiyaning “Ijtimoiy psixologiyada oiladagi ota-ona, farzand 
munosabatlarini muammosini nazariy asoslari”. deb nomlangan birinchi bobida 
Sharq mutafakkirlarini oiladagi er-xotin munosabatlarini farzand tarbiyasiga ta’siri 
to’g’risidagi ilmiy qarashlari hamda O’zbekistonlik psixolog olimlarni oilada, ota-
ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy-psixologik muammolari mavzusidagi 
ilmiy -tadqiqot ishlari tahlil qilingan.
Dissertasiyaning “Oiladagi konstruktiv va destruktiv munosabatlar 
muammosini o’rganishning ilmiy asoslari”. deb nomlangan ikkinchi bobida 
xorij olimlari tomonidan oiladagi konstruktiv va destruktiv munosabatlarni 
o‘rganish an’analari, er va xotin o‘zaro munosabatlarining farzandlar ijtimoiy -
psixologik maqomiga ta’sirini o‘rganish natijalari, oiladagi sibling maqomining 
bola va kattalar munosabatiga ta’siri bayon qilngan. 
Dissertatsiyaning “Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- 
psixologik muammolarini tadqiqiy natijalari”. deb nomlangan uchinchi bobida 
oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolarini 
ijtimoiy-psixologik jihatlarini aniqlashning tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va 



o‘tkazish metodikasi, natijalari va statistik tahlili bayon etilgan. Xulosa va 
tavsiyalar ishlab chiqilgan. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling