Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllari. Reja
Download 0.53 Mb.
|
MD (Hamidova D)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQA VA OʻYIN FAOLIYATI ORQALI TARBIYALASH METODIKASI
- III. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQA VA OʻYIN FAOLIYATI ORQALI INSONPARVARLIK XUSUSIYATLARINI TARBIYALASHGA OID TAJRIBA-SINOV ISHLARI
- XULOSA VA TAVSIYALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ILOVALAR Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi
MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQA VA OʻYIN FAOLIYATI ORQALI INSONPARVARLIK XUSUSIYATLARINI TARBIYALASH YOʻLLARI. REJA: KIRISH. I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQA VA OʻYIN FAOLIYATI ORQALI TARBIYALASHGA OID NAZARIY ISHLAR 1. 1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda Sharq mutafakkirlarining tutgan o‘rni. 1. 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga musiqiy ta’lim tarbiya berish. 1. 3. O‘yin nazariyalari. Birinchi bob bo‘yicha xulosalar. II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQA VA OʻYIN FAOLIYATI ORQALI TARBIYALASH METODIKASI 2. 1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga musiqiy tarbiya berish metodlari va usullari. 2. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish usullari va texnologiyalari. 2. 3. Maktabgacha yoshdagi bolalardv psixologik o‘yinlarni qo‘llash texnologiyalari. Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar. III. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQA VA OʻYIN FAOLIYATI ORQALI INSONPARVARLIK XUSUSIYATLARINI TARBIYALASHGA OID TAJRIBA-SINOV ISHLARI III. 1. Tajriba-sinovishlarining olib borilishi III. 2. Tajriba-sinovishlari natijalari Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar. XULOSA VA TAVSIYALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ILOVALAR Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi: Mamlakatimiz mustaqillikni erishgach dastlabki yillardan boshlab taʼlim-tarbiya tizimiga, jumladan, o‘qitishni, taʼlim berishni sifatli tashkil qilish, yosh avlodni fandagi eng soֹ‘nggi yangiliklardan xabardor qilgan holda aqlan yetuk, barkamol sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazish masalasiga davlat siyosati darajasida katta eʼtibor qaratdi. Bularning barchasida yosh avlodning taʼlim-tarbiyasi tizimini isloh qilish barobarida, yosh avlodning aqliy-intellektual salohiyatini muntazam rivojlantirib borish uchun taʼlim-tarbiyada eng samarali metod va vositalardan foydalanish zaruriyati belgilab berilmoqda. Maktabgacha yoshidagi bolalarga taʼlim-tarbiya berishdan asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishni taminlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlim-tarbiyasiga qoֹ‘yilgan davlat talablariga muvofiq maktab taʼlimiga tayyorlashdan iborat. Shu munosabat bilan Davlatimiz Rahbari Sh. M. Mirziyoyev o‘z lavozimiga kirishgan dastlabki kunlardan boshlab ta’lim sohasini, xususan maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish masalasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab islohotlar olib borildi. Xususan: O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ-595-son Qonuni1, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli2, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli3 qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son4 qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida” 2018-yil 18-iyundagi 1-mh-son5 buyruqlarining tasdiqlanishi ham mazkur sohani rivojlantirishga qo‘yilgan qadamlar hisoblanadi. Maktabgacha taʼlim muassasalarida har bir mashgulotni yangi davr bolalarining aqliy tafakkuri dunyosini boyitish orqali tashkil qilish talab qilinadi. Maktabgacha taʼlimda olingan bilim, shakllangan ilk dunyoqarash, hosil qilingan koֹ‘nikma va malakalar inson hayotining keyingi davri uchun asosiy mezon vazifasini oֹ‘taydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda insonparvarlikni rivojlanishda hamda shaxs sifatida kamol topishida musiqiy hamda oֹ‘yin faoliyati samarali qurol vazifasini oֹ‘taydi. Chunki hamma davrda ham, hamma millat va mamlakatdagi bolalar ham oֹ‘yinni oֹ‘zlarining eng asosiy faoliyati deb bilishadi. Oֹ‘yin faoliyati bola hayotida, uning jismoniy, ruhiy, aqliy kamolatga yetishida muhim vositalardan biri hisoblanadi. Oֹ‘yin orqali bolalar tafakkur, tasavvur, xotira, diqqati kabi barcha psixik jarayonlari rivojlanadi va atrof - muhit haqidagi bilmi yanada kengayib boradi. Maktabgacha taʼlim muassasasida oֹ‘yin faoliyatidan toֹ‘g‘ri va unumli foydalanish, har - bir oֹ‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va sayr faoliyatining samaradorligini oshirib boradi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida oֹ‘yin faoliyati turli xil shaklda voqeaband - ijroli, harakatli, taʼlimiy, musiqiy-taʼlimiy kabi yoֹ‘nalishda olib boriladi. Bolalar aqliy va jismoniy faoliyatni tashkil qilish va rivojlantirishda mazmunli vokeaband-ijroli oֹ‘yinlar bilan bir qatorda didaktik oֹ‘yinlar alohida ahamiyat kashf etadi. Taʼlim jarayonida oֹ‘yinlardan taʼlim vositasi sifatida foydalanish doimiy dolzarb muammo sifatida, amaliyotga tadbiq etilgan. Shuning uchun ham biz oֹ‘z bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini “Maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy rivojlanishida oֹ‘yinning roli” deb nomladik. Аlbatta, eʼtirof etish joizki, taʼlim vositasi sifatida oֹ‘yinlardan foydalanish hamisha oֹ‘rganishga tadqiq etilishga, amaliyotda sinab koֹ‘rilishga ehtiyoj paydo qilgan. Shuningdek, musiqaga yoshlikdan uyg‘ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivojida kuchli ta’sir o‘tkazadi, boshqa ko‘nikma va didlarning shakllanishini ta’minlaydi, yaxshi musiqali didni tarbiyalaydi. Musiqa estetik va ma’naviy kayfiyatning ulkan manbayidir. Musiqaning bola hissiyoti va shakllanishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqiylikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida o‘rin tutadi. Musiqali obrazlar shakllanishining asosiy manbayi tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof-olamdagi go‘zallikni idrok etishiga bevosita bog‘liqdir. Ibn Sino ham musiqaning hissiy ta’sir kuchini e’tirof yetgan holda uni o‘zining meditsina kitoblarida aks ettirgan hamda ruhiy kasalliklarni davolashda shifo dasturi sifatida tavsiya qilgan. “Tib qonuni” asarida bir o‘rinda musiqaning ruhiy ta’sir kuchiga baho berib, go‘dakning tarbiyasidagi ahamiyatini shunday ta’riflaganlar: “Go‘dakning tanasi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi onasining qo‘shig‘i (allasi) . Birinchisi tanasiga, ikkinchisi-ruhiga tegishlidir”. Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Аsosan ta’lim sohasida, jumladan, uning birinchi pog‘onasi bo‘lgan maktabgacha ta’lim bosqichida ham katta o‘zgarishlar qilish ehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun pishiq-puxta o‘ylangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar ishlab chiqildi. Musiqali idrok etishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiyasi vazifalar bilan bog‘liq, umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatga jalb etish, badiiy musiqaga estetik idrok etishni va emotsional o‘zlashtirishni rivojlantirish, unga muhabbatni tarbiyalash, musiqali qobiliyatni o‘stirish, musiqali didni shakllantirish, bolalarda badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling