Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllari. Reja


Muammoning o‘rganiganlik darajasi


Download 0.53 Mb.
bet2/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1484902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
MD (Hamidova D)

Muammoning o‘rganiganlik darajasi.
Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarda o‘yin mashg‘ulotlarini olib borishga doir izlanishlarni K. Gross va S. Xoll, Y. Xeyzinga, L. Vigotskiy, A. Leontev, D. Elkonin, J. Piaje, N. L. Figurin, M. P. Denisova, M. Yu. Kistyakovskaya, A. Vallon, D. B. Elkonin, Ye. A. Arkin, S. Fayans, Sh. Byuler, F. I. Fradkina, A. V. Yarmolenko, M. I. Lisina, A. V. Zaporojets, shuningdek maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarda musiqiy ta’lim berishga doir izlanishlarni V. T. Kudryavtsev, V. V. Abramenkova, M. S. Kagan, R. M. Chumicheva, V. I. Vernadskiy, D. I. Feldshtey, V. T. Kudryavtsev, A. M. Leushina va V. I. Loginova, Y. Korchak, R. M. Humicheva F. R. Qodirovalar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda o‘z ifodasini topgan.
2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limgacha ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan “Ilk qadam” maktabgacha ta’limgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi va O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha ta’limgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan respublikamizdagi maktabgacha ta’limgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga sifatli tayyorlash hamda bolalarning yaxshi sifatlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda mashg‘ulotlarni interfaol usullarda tashkil qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu sababdan, bugungi kunda davlatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘yin va musiqiy ta’lim-tarbiya berishning sifatli tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari hali to‘liq o‘rganilmaganligi sababli, tadqiqot mavzusini “Maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllari” deb belgilashni maqsadga muvofiq deb bildik.
Dissertatsiya ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllaridan foydalanishning pedagogik shartlarini nazariy asoslash hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllaridan foydalanishning ahamiyatini oֹ‘rganish.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling