Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa va oʻyin faoliyati orqali insonparvarlik xususiyatlarini tarbiyalash yoʻllari. Reja


Download 0.53 Mb.
bet9/33
Sana15.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1484902
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
MD (Hamidova D)

Birinchi bob bo‘yicha xulosalar.

II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQA VA OʻYIN FAOLIYATI ORQALI TARBIYALASH METODIKASI
II.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga musiqiy tarbiya berish metodlari va usullari.
Musiqa ta’limining metod va usullarini tanlash odatda musiqaviy tarbiyaning vazifasi va mazmuniga qarab belgilanadi. ko‘rsatmali ko‘rish (o‘yin, raqs, harakatlarning ayrim elementlarini ko‘rsatish) , og‘zaki (yangi o‘yin, raqs haqida obrazli hikoya qilish, ularni ijro etish vaqtida tushuntirish, eslatish va shu kabilar) metodlari.
Musiqaviy tarbiya metodlarining tanlanishi bolalarning qaysi metodlarga tayangan holda bilim olishlariga ham bog‘liqdir. Bunda birinchi manba musiqaning o‘zi bo‘lishi tabiiy, chunki «faqat musiqagina insonda musiqaviy hissiyotlarni uyg‘otishi mumkin». Bu borada bolalar bilan ishlash, dastlab, musiqa tinglash tajribasi va ko‘nikmasini orttirib borishga qaratilgan bo‘ladi. Bolalarning yoshi qanchalik kichik bo‘lsa, ularda musiqa tinglash tajribasini orttirishga ketadigan davr ham shunchalik ko‘tta bo‘ladi
Bilim olishning ikkinchi manbai pedagog so‘zidir: bu so‘z bolalarning musiqaviy obraz haqida yaxlit tassavurga ega bo‘lishni, musiqa asarining mazmunini aniq tushunib olishini ta’minlaydi.
Uchinchi manba bolalarning bevosita musiqa bilan shugullanishidir, chunki musiqa bilan shugullanmasdan, uni mashq qilmasdan, qo‘shiq aytish va musiqali-ritmik harakatlar qilish ko‘nikmalarini yuzaga keltirish, shu soha bilan bog‘liq bilimlarni o‘zlashtirish ham mumkin emas. Binobarin, faqat praktik faoliyatgina har tomonlama rivojlanishga yordam beradi, ijtimoiy hodisalarga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalaydi, tashabbuskor, ongli va aktiv bo‘lishga imkon yaratadi.
Shunday qilib, biz musiqaviy tarbiya metodlarini tanlashda - jonli kuzatuvdan abstrakt fikrlashga va undan praktikaga qarab borishga tayanamiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqa ta’limi va tarbiyasi berishning o‘zaro uzviy bog‘langan uchta metodi bor:
1) ko‘rgazmali metodi;
2) og‘zaki metodi;
3) amaliy faoliyat metodi.
Bu metodlarning har biri ma’lum spetsifik xususiyatlardan kelib chiquvchi qator usullarni o‘z ichiga oladi. O‘rganish protsessida ulardan qaysi birini tanlash muayyan musiqa mashg‘ulotining konkret vazifasi, ijro etilayotgan musiqa materialining murakkabligi, o‘qitishning bosqichlari va bolalarning umumiy taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Bolalarga turli metodik usullardan foydalangan holda musiqaviy ta’lim-tarbiya berishda quyidagi pedagogik qoidalarga amal qilish kerak:

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling