Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
mansa
bi hech kimga hech qachon vafo qilmagan Boshga musibat tushganda, turmushda qiyinchiliklaiga duch kelganda uni faqat qo‘lida hunari mehnati asrab qoladi. Yalqovlik shon-shuhrat ketidan quvish, ishsizlik shosh- ma-shosharlik bir ishni tugatish, tadbirsizlik, dangasalik mehnat madaniyatiga rioya etmaslik-hunarmandlik, mehnat- sevarlik kushandasidir. Har bir inson egallagan hunami muvaffaqiyatini ta’min- lovchi talablar mavjud. Ular: Bugungi ishni ertaga qoldirmaslik zarur, chunki erta bajarish lozim bo‘lgan ishlar ham bor. Mehnat taqsimotida nomutanosiblik paydo bo‘Imasin desangiz har kunlik ishni o‘z vaqtida qilishni odatlanish kerak. Qisqa muddatda shoshib, pala-partish bajarilgan ishning umri qisqa va sifati yomon bo‘ladi. 207 Siz yaratayotgan mahsulot diqqat-e’tibor bilan, butun mahoratni ishga solib yaratilgan taqdirda, u go‘zal va umr- boqiy bo‘ladi. Aks holda mahsulidan o‘zingiz ham, o‘zgalar ham rohatlana olmaydi, mehnatingiz zoe ketadi. Biron bir yumushni faqat shaxsiy manfaat uchun baholamaslik, balki jamiyat, xalq manfaatini o‘ylab shodu- hurralik bilan boshlash zarur. Hunarmand kayfiyati ham u yaratgan mehnat san’at asari sifatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qiladi. Yaxshi kayfiyat bilan amalga oshirilgan ish naqadar murakkab bo‘lmasin, u yengil va sifatli bajariladi. Egallangan hunar siriari bilan qanoatlanmaslik zarur. Balki uning ochilmagan qirralarini doimo izlash, taraqqiy ettirish, o‘z ustida tinimsiz ishlash va mehnat qilish mohir mutaxassis bo‘lib yetishishning muhim omilidir. Ezgulikka, yangi-yangi muvaffaqiyatlarga intilib yashash faqat insongagina xos bo‘lgan xususiyatdir. Bitta kasb-hunar bilan chegaralanmaslik, balki bir necha kasb-hunar sirlarini egallash uchun harakat qilmoq zarur. Hayotda har bir kasb-hunaming o‘z o‘mi bor, bittasini mukammal egallagandan keyin ikkinchisini boshlash va o‘rganish maqsadga muvofiq. Har bir kasb-hunar poklik, rostgo'ylik, ishonch, va’dada turish, xiyonat qilmaslik, tarozida aldamaslik, mehnat madaniyatiga xilofish qilmaslikni talab etadi. Oilada bolalar tarbiyasiga ham katta e’tibor berilib, go‘daklar jinsiga qarab tarbiyalangan. 0 ‘g‘il bolaga bo‘la- jak merosxo‘r sifatida qaralgan. Qiz bolaga esa yigitning yo‘ldoshi bo‘lajak ona va uy bekasi sifatida mehr ko'rsa- tilgan. Bolalaming kundalik tarbiyasida xalq an’analariga qat’iy roiya etilgan. Eng awalo, mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor 208 berilgan. Dehqon bolalari yoshligidanoq ota ko‘makchisiga aylana boshlagan. Chorvachilik, hunarmandchilik, ©vchilik va boshqa sohalar bilan shug‘illanishgan. Oilalarda bolalarga mehnat tarbiyasi shu kasblar bo‘yicha berilgan. Asta-sekin bolada malaka paydo bo‘la boshlagan. Bola tarbiyasida bobo, momo, ota va butun jamoa katta o‘rin tutgan. Ota kasbi egallash bolaning axloqiy va diniy muqaddas burchi bo‘lib, ham farz, ham qarz hisoblangan. Bolalik mehnat malakasini oilada o‘z-o‘ziga xizmat qilish. Uy ishlarida kattalarga yordam berish, qo‘lidan keladigan ishlami bajarish jarayonida egallagan ota-ona qarindosh urug‘ va boshqalar mehnatini qadrlash va hurmat qilish ko‘nikmasi oilada tarkib topgan. Bola 5-6 yoshdan boshlab uy ish larini bajarishga kirishgan. 0 ‘g‘il bolalar ot minish, xo‘jalik ishlarini bajarish, qizlarga esa tikish, to'qish va boshqa ro‘zg‘or yumushlarini o‘rganishgan. Oilada ota so‘zi qonun kabi bajarilgan va bajarilishi shart bo'lgan. Bolalar kattalami hurmati uchun o‘midan turib salom berishi, qo‘liga suv quyishi, ovqatni oldin ulug‘larga uzatish, umuman kattalami izzat hurmat ruhida tarbiyalagan. Ro‘zg‘orda ulami «Bir ko‘ylak ortiq kiyganni hurmat qil» degan naql doimo uqti- rilgan. Keyinchalik uylanganda ham otasidan ruxsatsiz ayrim ishlami o‘zi bajara olmagan ham. Mehnat tarbiyasi oilada juda erta boshlangan. Chunki ro‘zgorda bolaning mehnati doimo kerak bo‘lgan. Kattalar bolalar qilgan xatolami doimo tuzatib, mehnat jarayoni turli bajarilishini kuzatib borishgan. Oilaning qut-barakasi hamjihatligi, hamkorligi a’zolar- ning kasb-hunar malakalarini egallaganliklari va mehnat taqsimotini adolatli yo‘lga qo‘yishiga bog‘liqdir. 209 Oilada ro‘zg‘or yumushlari oila a’zolari jinsi, yoshi, qobiliyati, mehnatga munosabatlariga qarab to‘g‘ri taqsim- lanmog‘i zarur. Oilada boshliqlaming ro‘zg‘or yumushlarini faqat o‘zlari bajarislilari bolani ishyoqmas, yalqov takabbur, ota-ona mehnatini qadrlamaydigan bo‘lib o‘sishlari uchun sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham ro‘zg‘or va xo‘jalik ishlarida ota-ona bilan bir qatorda o‘g‘il-qiz, kelinning ham o‘z burch va vazifalari mavjud ulami to‘liq ado etish har biridan o‘z burchlariga mas’uliyat bilan yondashishni talab etiladi. Jumladan, o‘g‘il otaga bozordan oziq-ovqat, xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilishga, yer chopish, ekin ekish, chorvachilik, dehqonchilik, polizchilik, qurilish ishlarida, to‘y tantanalari, va motam marosimlarini o'tkazishda, xotin- qizlar uchun og'irlik qiladigan ishlarda yordam beradi. Qiz bola esa onaga hovli va xonalami supurib-sidirish, taom tayyorlash, qish mavsumi uchun quritilgan mevalar, turli tuzlamalr, murabbolar tayyorlash, mehmon kutish kabi yumushlarda ko‘maklashadi va shu jarayonda o‘zi ham mustaqil hayotga tayyor bo‘la boradi. Oiladagi mehnatning bajarilish vaqti, mazmuniga ko‘ra turli tarzda amalga oshiriladi. Ya’ni, kundalik yumushlar, qish, bahor, yoz, kuzda bajariladigan mavsumiy ishlar, oila- viy marosimlar (mehmon kutish, to‘y va bayram tantanalari, motam va xotirlash marosimlari)ga tayyorgarlik ko‘rish va ulami nishonlash bilan bog‘liq yumushlar, mahalla, jamo- atchilik hamkorligida amalga oshiriladigan ommaviy tadbirlar (xashar, obodonlashtirish ishlari, umumxalq bayramlariga tayyorgarlik) bilan bog‘liq yumishlarda ishtirok etish. Ushbu mehnat turlari oila a’zolari ichida teng va adolatli ravishda taqsimlanishi zarur. Ba’zan ota-ona topshirig‘ini so‘zsiz toza, vijdonan bajaradigan farzandga oilaning aksariyat 210 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling