Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
o ‘yn ayd i.
Hayvonlaming morfologik va evolutsion ekologiyasini rivojlantirishda M.S.Gulyarov, S.S.Shvartslar katta hissa qo‘shdilar. I.S.Serebrakov tomonidan gulli o‘simliklaming hayot shakllari tasnifi ishlab chiqarildi. 1940-yillaming boshlarida tabiiy sistemalami o'rganish jarayonida yangi yo'nalish kelib chiqdi. 1935-yili ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar, 1942-yilda esa V.N.Sukachev biogeo- tsenozlar haqidagi ta’limotni ilgari surdilar. 1950-yilning boshlarida G.Odum, Yu.Odum, R.Untek- ker, R.Margalef va boshqalar biologik mahsuldorlikning nazariy asoslarini yaratish borasida ish olib bordilar. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, ekologiyaning ijtimoiy roli ortib bormorqda va u tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishning nazariy asosi hisoblanadi. Rossiyada ekologiyaning rivojlanishida L.A.Zenkevich, S.A.Zemov, G.N.Nikolskiy, V.V.Alexin, B.IJadin, V.V.Do- gel, V.N.Bekmeshev, 0 ‘zbekistonda akademiklar G.Z.Zohi- dov, Q.Z.Zokirov, A.M.MuzafFarov, I.l.Granitov kabilaming ilmiy ishlari o‘simliklar va hayvonlar ekologiyasining rivoj lanishida katta ahamiyatga egadir. Ekologiya mustaqil biologik fandir. _ Lekin jamiyatning tinimsiz va har tomonlama rivojlanishi davrida tabiatshunos, biolog bo‘lmagan mutaxassislar ekologiyani tabiatni yoki atrof-muhitni muhofaza qilish fani bilan qo‘shib, bir fan sifatida tushunadilar. 233 Shaxsning rivojlanishi, ma’naviy yuksalish va axloqiy- cstetik tarbiyada tabiatning roli beqiyosdir. Shuning uchun tabiat bilan jamiyatning o‘zaro aloqadorligini saqlashga layoqatli kishilar avlodini tarbiyalab yetishtirish kerak. Rossiyaning 0 ‘rta Osiyoni bosib olishi tufayli Tur- kistonning qadimgi yodgorliklari, go‘zal tabiati, o'simlik va hayvonot olami katta zarar ko‘rdi. 1916-yildayoq Tur- kistondagi tarixiy yodgorliklami qayd etish masalasi bo‘yicha ish boshlagan edi. Ammo bu maqsadlar amalga oshmay qoldi. Arxiv materiallari 1920-yilda Turkiston o‘tmishidan qolgan yodgorliklami o‘rganish va asrash maqsadida ta’lim tarmog‘i zaruligi to‘g‘risida fikrlar paydo bo‘la boshlaganidan dalolat beradi. 1921-yilda muzeylar ishi va qadimgi yodgorliklami, san’at va tabiatni muhofaza qilish bo'yicha Turkiston qo‘ mitasi tashkil etiladi. Mazkur qo‘mita huzurida tabiatni muhofaza etish bo'limi faoliyat ko‘rsatib, uning maqsadi hayvonot populatsiyasi va o‘simliklar turini o‘rganish, ko‘paytirish, asrashga yo‘naltirilgan tadbirlar qabul qilishdan iborat bo‘lgan. Shuningdek, yer qobig‘ining elementlari va ayrim qisimlarini tadqiq etish nazarda tutilgan. Ovchilar o‘rtasida tabiatni muhofaza etish g‘oyasini tashviqot- targ‘ ibot qilish maqsadida 1923-yilda Butun Turkiston tabiatini muhofaza etish bo‘limi va Turkiston tabiatni asrash komissiyasi nomidan professor A.L. Borodskiy «Tabiat yod-gorliklarini muhofaza etish» mavzusida so‘zga chiqadi. Keyinchalik olimning «Turkistonda tabiatni muhofaza etish» nomli kichik kitobi nashr etiladi. 0 ‘zining bu ilmiy ishida A.L.Borodskiy inson rivojlanib borgan sari tabiat saltanatida yaratuvchi kuchdan ko‘ra buzuvchi kuchga aylanishini ko‘rsatib o‘tadi. U hatto bu kuchni ko‘lami 234 jihatidan geologik halokatga tenglashtiradi. Olim tabiat dunyosini, yer sirtini qanday bo'lsa shundayligicha saqlash, hayvon va o‘simliklami asrash zarurligini ta’kidlaydi. A.L.Borodskiy Turkiston hududi hayvonlar va o‘simliklar turiga juda boy ekanini va bu boyliklami muhofaza etilishiga hamda talon-toroj qilinmasligiga tezda tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etadi. Qo‘riqxonalar tashkil etish g‘oyasi o‘sha paytlarda tug‘iladi. Bunda milliy bog‘lami tashkil etish g‘oyasi o‘sha paytlarda tug‘iladi. Bunda milliy bogiami tashkil etish va mas’uliyatli ish ekanini ta’kidlashgan. Turkiston tabiati insonning zulm va zo‘rligi, ta’qiblari tufayli halok bo‘layotganini anglagan olim D.N. Kashkarov tabiatni muhofaza etishning asosiy masalalarini quyidagi tartibda ifodalaydi: 1. Tabiatni fan, ya’ni ilmiy nazardan o‘rganish uchun asrash; umumiy ilmiy muammolami o‘rganish va hal etish maqsadida foyda beradigan tabiatni muhofaza etish. 2. Tabiatni Ho'jalik yuritish manfaati nazaridan muho faza etish; tabiiy ishlab chiqarish kuchlarini va hali inson qadami yetmagan tabiat go‘shalarining barcha xo‘jalik im- koniyatlarini aniqlash va undan foydalanish. 3. Tabiatni xalq salomatligi uchun ta’lim-tarbiya nazaridan asrash; tabiat qo‘ynida dam olishni tashkil etish va unga salomatlikni tiklash manbayi sifatida qarash; tabiatni muhofaza etish boarsida ma’rifat ishlarini yo‘lga qo‘yish. Olim maxsus qo‘riqlanadigan hududlami tashkil etish masalalariga juda ko‘p e’tibor qaratgan. U 1928-yilda AQSH ning milliy parki ishlari bilan tanishib, Turkiston hududlarida tashkil etiladigan milliy park maydoni juda keng, tabobat olamida boy va manzarali, xilvat go‘shali, odamlaming dam 235 olishi, hordiq chiqarishi uchun qulay bo'lishi lozim deb hisoblaydi. Uning fikriga ko‘ra. 1. Yopiq turdagi ya’ni ilmiy xodimlardan boshqalar kiritilmaydigan qo'riqxona. 2. Keng aholi yoki omma uchun ochiq o‘lgan dam olish parklari bo‘lishi zarur. 1933-yilda 0 ‘zbekiston Fan qo‘mitasi huzurida tabiatni muhofaza qilish bo'yicha Davlat qo‘mitasi tashkil etilib, uning tarkibiga 6 kishi, xususan, D.N.Kashkarov ham kiradi. Tabiatni muhofaza etish qo‘mitasi asosan qo‘riqxonalami loyihalash va tashkil etish, ulaming ilmiy ishiga rahbarlik qi- lishi, tabiatni muhofaza qilish g‘oyasini ommalashtirish ishlari bilan mashg'ul bo‘ladi, mahalliy hududlar, o‘simlik va hayvonot olami, daryo va ko‘llami o‘rganadi. 60-yillariga kelib 0 ‘zbekistonda ekologik vaziyat keskin o'zgara boshlaydi. Bunga sabab, paxtachilikni jadallik bilan rivojlantirishga intilish va qishloq xo‘jaligini haddan ortiq kimyolashtirishdir. 1968-yil 30-iyulda Vazirlar Kengashining «0‘rmon- laming yong‘indan saqlash hamda ulami zararli hasharotlar va kasalliklardan himoya qilish» haqida 349-sonli qarori e’lon qilinadi. «Chotqol», «Orol-payg‘ambar», «Zomin», «Baday-to‘g‘ay», «Qorako‘l», kabi qo‘riqxonalar tashkil etila di. Vazirlar Kengashining foydali qazilmalar konini topish, geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazishda yeming hosildor qatlamlarini himoya qilinishi mezonlari bo‘yicha guruhlarga ajratish, hayvonlar hisob-kitobini olish, hayvonot olamining davlat kadastiri, foydali qazilmalami olish bilan bog'liq bolmagan obyekdami joylashtirish uchun yer ostidan foydalanish, dorivor o‘simliklar tayyorlash va boshqalar haqida qator qonunlar qabul qilindi. 236 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng ekologiya va tabiatni muhofaza etish masalalariga jiddiy e’tibor berildi. Ekologiya va tabiatni muhofaza etish borasida o‘nlab qo- nunlar, farmoyishlar e’lon qilindi, ulaming ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi. Masalan, 0 ‘zbekiston Respub- likasining 1992-yil 9-dekabrdagi «Tabiatni muhofaza etish to‘g‘risida»gi, 1993-yil 6-maydagi «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi, 1994-yil 22-sentabrdagi «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi, 1996-yilda 27-dekabrdagi «Atmosfera havosini muhofaza etish to‘g‘risida»gi, 1997-yil 26-dekabrdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza etish va undan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi, 1997-yil 26-dekabrdagi « 0 ‘simlik dunyosini muhofaza etish va undan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi, Qonunlar hamda bu borada e’lon qilingan qator prezidentimiz Farmonlari shular jumlasidandir. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling