Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Ekologiya va hodisalar
Halqimiz qadimdan badanning quwati-ovqat, aqlning quwati-hikmatli so‘zdir deb uqtirib kelgan. Hadislar ana shunday hikmatli so‘zlar, donishmandlik durdonalari hisob- lanadi. Hadis ilmi bilan shug'ullangan allomalar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Abu Iso Muham mad ibn Iso at-Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu ar-Rahmon ad Daramiy as Samarqandiylar o‘rta osiyolik bo‘lib, hadis ilmining asrdan-asrga saqlanib borishiga munosib hissa qo‘shgan buyuk tarixiy shaxslardir. 229 Hadis bandlari ekologik ta’lim-tarbiyani singdirishga katta yordam beradi. Ularda ayrim o‘simlik va hayvonlaming xosiyatlari, ozuqa zanjirida tutgan o‘mi, inson xo‘jalik faoliyatidagi kabi tomonlari bayon etilgan. Hadislaming ayrim bandlari insonni tabiat boyliklarini tejab-tergash va uni muhofaza qilishga o‘rgatadi. Hadislarda qo‘y boq, zero ayni barakadur deyiladi. Bu yerda foydali hayvonlaming populatsiyasini ko‘paytirish va undan turli maqsadlarda foydalanish mumkinligi e’tiborga olingan. Boshqa hadislarda ham qo‘y, tuya va otlaming insonlarga tegadigan nafi va ulami boqib ko‘paytirish kishilar uchun faqat yaxshilik keltirishi haqida, ozuqa zanjirida II va III tartiblami egallagan o‘laksaxo‘r hayvonlar go‘shti harom ekanligi, ovchilar uchun ko‘z oldida otilgan hayvonni yeyish mumkinligi aksincha o'lgan holdagisini yeyish inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Hadisda hayvonning yosh bolasini qurbonlik qilmaslik ya’ni populatsiyaning yosh tuzilmasini saqlab qolish, voyaga yetgandan keyin undan foydalanish, shuningdek, bahor oylari ko‘pchilik hayvonlar ko‘payishi davri bo‘lgani uchun shu vaqtda qurbonlik qilinmasligiga to‘xtalib o'tilgan. Hadislarda o‘simliklar ekib, ulami ko‘paytirish, dehqonchilik bilan shug‘ullanish zarurligi, ya’ni o‘simliklaming tabiatda va inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi, ulami tashqi muhitiga ta’siri va insonlaming ulardan foydalanishi kabi ekologik tushunchalar to‘plangan. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling