Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Ekologik tarbiya
Oilada bolalarga ekologik tarbiya madaniyatini tarkib topdirish, ularga tabiat, atrof-muhit, bizni qamrab olgan tevarak, olam bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish va tashkil etish ta’lim tizimining dolzarb masalasiga aylandi. Bugunki kunda tabiatni o‘rganish, unga mehr qo'yish- ning o‘zi kamlik qiladi, albatta. Biz uni e’zozlashni, boy- liklariga boylik qo‘shishni ham uddalashimiz lozim. Muhiti- miz musafFo bo‘lishi uchun hammamiz ham mas’uldirmiz. Yerdagi tabiiy manbalardan ko'proq boyliklar olish, tabiat manbalarini asrab avaylashning eng muhim yo‘li о‘sib kelayotgan avlodni tabiatni asrashga oid ekologik bilimlardan xabardor qilish - ularga ekologik tarbiya berishdir. Tabiat bilan yaqin munosabatda bo‘lishi insonga ijobiy ta’sir qiladi, uni sofdilroq, muloyimroq, ko‘ngilchan qilib, qalbida eng yaxshi his-tuyg‘ulami uyg‘otadi. Shuning uchun bolalar tarbiyasida ekologik tarbiyaning roli ayniqsa kattadir. Bolalami tabiat bilan, yilning turli fasllari, unda ro‘y beradigan o‘zgarishlar bilan tanishtirish oiladan boshlanadi. Tabiat hodisalarini aniq tushuna bilish, jamiki tirik narsaga zavq-shavq bilan qarash singari fazilatlar bolada shakllanib boradi. Tabiatga mehr qo‘yish, uni ehtiyot qilish, tirik jonivorlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish tabiatga qiziqish uyg‘ota qolmay, balki bolalarda vatanparvarlik, mehnat- sevarlik, tabiat boyliklarini ardoqlab, ko‘paytirib borayotgan 222 kattalaming mehnatiga hurmat bilan qarash singari xarak- teming eng yaxshi xususiyatlarini shakllantirib borishga ham yo‘l ochadi. Uydagi xona o‘simliklari va ba’zi parvarish qilib boqiladigan parranda va hayvonlami bolalarga tanishtirish unga bo‘lgan mehr-muhabbat uyg‘otishga yordam beradi. 0 ‘simliklar va hayvonlami muntazam ravishda parva- rishlashda bolalarda mehnat ko‘nikmalarini ham shakllan- tiradi. Shuning uchun, oilada bolalarga ekologik tarbiya berishning nazariy asoslarini ishlab chiqish zarurdir. Qadim zamonlardan ekologik madaniyat 0 ‘rta Osiyo xalqlariga xos xususiyat bo'lgan. Bu haqda qadimgi qo'lyozmalar va ulug‘ allomalarimizning asarlari guvohlik beradi. Ularda suv, tabiat, o‘simliklar, hayvonlar va ulaming atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlar, aloqalari va boshqalar haqida qimmatli fikrlar yozib qoldirgan. Garchand u vaqtlarda ekologiya fan sifatida shakllangan. Lekin o‘sha davrlardayoq tabiat va undagi tabiiy muvozanat, tozalikning ahamiyati, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash zamrligi qayd etilgan. Hatto ular tabiatni, suvni, olovni, shamol va boshqa unsurlami muqaddas deb bilishgan va sig‘inishgan. Masalan, otashparstlikning muqaddas kitobi «Avesto» da 17 xil suvning ta’rlfi yozilgan. Unda barcha suvlaming birikishida vujud mavjudligi ta’minlanadi deyilgan. Ular xudoning asosiy vazifasi suvni nopokliklardan asrash. Uning doimiy oqib turishini ta’minlashdan iborat deb tushunishgan. Shuning uchun ham ular xatlarida tabiatni va suvni pok saqlash, asrab-avaylash, tejab sarflash haqidagi da’vatlari juda ko‘p. Unda «Inson butun umrida suv, otash yer, havoni, umuman dunyodagi jamiki narsani, poklik himoyasini bus-butun asrashga majburdir... Yer, suv, olov, 223 havoni e’zozlash qoidalarini buzgan har bir inson 400 qamchi urilib kaltak jazosiga mahkum etiladi» deb yozilgan. Yodgorliklarda suv manbalarini pokiza saqlash, ehtiyot qilish, muhofaza qilishga undovchi bandlari ko‘p. Ichimlik suvi oqadigan ariqlar, hovuz va quduq labiga butalar o‘tqazish tavsiya etilgan. Suv bo'yiga mevali daraxtlar o'tqazish taqiqlangan. Suvga tupurish, xas-xashak yoki barglami tashlash qattiq qoralangan. Hovuz yoki quduqqa iflos narsa tush-sa, uni toza suvda yoki yomg'ir suvi bilan bir necha marotaba to‘ldirib bo‘shatilgan so‘ng ichishga ruxsat berilgan. Suvda yoki suv atrofida kirlami yuvish, mol boqishni man etganlar. Tuya va otlami bog'lab suv atrofiga, so‘ngra ulami yuvintirishga ruxsat berilgan. Biror kishi порок idish bilan hovuz, ariq, quduqdan suv olayotganini mirob ко‘rib qolsa 25 qamchi bilan jazolagan. Suv muqaddas bo‘lgani uchun undagi jonzotlami, hayvonlami o'ldirishga yo‘l qo‘yilgan. Agar dengiz kuchugini o‘ldirilsa, shu yurtda qurg‘oqchilik bo‘ladi. Yaylovlar, dalalar, taqir cho‘lga aylanadi, eldan farovonlik ketadi, deb fikr yuritganlar. Hamisha suvni pokla- byuradigan baliqlar, alohida suv hayvonlami tutish, ovlash ham gunoh hisoblangan. Qadimgi mamlakatlaming hukmdorlari ham tabiatni muhofaza qilishda tegishli farmonlar e’lon qilganlar. Ma- salan, qadimgi Sharq podsholari o‘rmonlami qo‘riqlash to‘g‘risida qonun chiqargan. Bobolarimizdan meros qolgan eski qo‘lyozmalarda ham ov, ov qilish san’ati, ov qilish vaqti, hayvonlaming yosh bolalarini, go‘zal qushlami, umuman jonzotlaming ko'payishi davrida ulami ov qilish qat’iyan man etilgani haqida aytilgan. Bizning ota-bobolarimiz qadim zamonlardan boshlab tabiatga oqilona munosabatda bo‘lishgan. 224 Qadimgi yunon olimlari Gippokrat va Aristotel o‘zining ilmiy asarlaridagi 500 ga yaqin o‘simlik turi va hayvonlaming 454 turi haqidagi ma’lumot ekologik tabiatga ega bo‘lgan. Aristotel o‘zining ilmiy asarlaridagi 500 dan ortiq hayvon turlarining, qushlaming, baliqlaming hayoti, tarqalishi, bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chishi haqida ma’lumot bergan. Golen va Teofrast ham turli jonivorlaming hayoti, tabiatga moslashishi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar. 0 ‘rta asrlarda 0 ‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olim- lardan Muhammad Muso al-Horazmiy, Abu Nasr al-Foro- biy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqida fikrlar aytganlar. Buyuk alloma Muhammad Muso al-Horazmiy (782-847) risolalaridan birida bunday deb yozadi: «Biling-ki, daryoning ko‘zlari yoshlansa uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar». Dar-yoning ko‘z yoshlari deganda Muhammad Muso al- Horazmiy nimalami nazarda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz eng awalo, daryo bilan odam- laming bir-birini tushunishlari va til topishishlari, o'zaro mehr-muhabbat qo‘yishlarini ko‘zda tutgan. 847-yilda Muhammad Muso al-Horazmiy «Kitob surat al-arz» degan asarini yozdi. Unda dunyodagi okeanlami, quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar, o'rmonlar va ulardagi o‘simlik, hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar-yeming asosiy boyliklari haqida ma’lumotlar yozilgan. Ushbu risolada 225 matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, Dunyo xalqlarining tabiiy ko‘nikmalari va tarixiy-huquqiy bilimlari umumlashtirilgan. 0 ‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy — falsafiy fikming eng yirik va mashhur vakillaridan bin Abu Nasr Forobiyning (870- 910) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hozirgacha to‘liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K. Brokel- manning ro‘yxatida Forobiyning turli sohalariga oid 180 ta asarining nomi keltiriladi. Bu asarlar bir necha guruhlarga bo‘linadi. Shulardan 11-guruhga Forobiyning tabiatshunoslik ilmi, amaliy faoliyat va hunarmandchilik masalalariga oid asarlari kiritilgan. Forobiy tabiatshu-noslaming turli tarmoq- lari bilan shug‘ullangan bo‘lib, «Kitob al-hajm va al-miq- dor», «ICitob al-mobodi al-insonia» (Insoniyatning boshla- nishi haqida kitob), «Kitob fi-a’zo al-hayvon» (Hayvon a’zolari to‘g‘risida kitob) nomli asarlari bunga dalil bo‘la oladi. Forobiy o‘zining «Ixsoa al-ulum va al-ta’rif» asarida zamonasidagi ilmlami har tomonlama o‘rganib, ulami ma’lum tizimga solib, turkumlarga ajratadi, har bir ilm tarmog‘iga ta’rif berishga harakat qildi, tabiatshunoslik ilmiga katta e’tibor berdi. Tabiatshunoslikka oid «Odam a’zolarining tuzilishi» (Risolat fi-a’zo al-inson), «Hayvonlar a’zolari va ulaming vazifalari haqida» kabi asarlarida odam va hayvonlaming tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, ular-ning o‘xshashligi va farqlari keltirilishi bilan birga asosiy anatomik-fiziologik tushunchalar berilgan. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalami taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va hodisalaming o‘zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodi salami Quyoshning ta’siri bilan izohlaydi. Uning fikricha, inson tabiat qoidalariga rioya qilgan holda borliqni ilmiy ra- 226 vishda to‘g‘ri o‘rgana oladi. Beruniy ba’zi tabiiy-ilmiy masalalarda tabiat hayotidagi dialektikani topishga harakat qiladi va shu zaylda umumiy shaklda bo'lsa ham, keyingi davrlar-dagi tabiatshunos olimlarga ba’zi muhim ilmiy yutuqlariga erishishi uchun yo‘l ko‘rsatib beradi. Beruniy aytadiki, yerdagi o‘simlik va hayvonlaming yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklidir. Lekin o‘simlik va hayvonlar cheksiz ko‘payishiga intiladi va shu maqsadda kurashadi. Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr yuritadi: «Ekin va nasi qoldirish bilan dunyo to‘lib bora- veradi». Garchi dunyo cheklangan bo‘lsa-da, kunlar o‘tishi bilan bu ikki o‘sish natijasida ko‘payish cheklanmaydi. Agarda o‘simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o‘si- shiga sharoit bo'lmay, o‘sishdan to‘xtasa ham boshqalarida bu ahvol bo‘lmaydi. Ular birdaniga paydo bo‘lib, birdaniga yo‘qolib ketmaydi. Balki ulaming biri yo'qolsa ham, u o‘z o‘xshashini qoldirib ketadi. Agar yer yuzini bir xil daraxt bir xil hayvonning ko‘payishiga ham, daraxtning о‘si shiga ham o‘rin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar ekinlami o‘toq qilib, keraksizini yulib tashlaydi. Bog‘bon ham daraxtlaming meva beradigan shoxlarini qoldirib, keraksizini kesib tashlaydi. Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlaming biologik, ulaming tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati haqida ma’lu motlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlarida aso- san «Saydana», «Mineralogiya», «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» kabi asarlarida uchratiladi. Beruniy «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarida Eronning turli tropik o‘simlik va hayvonot dunyosini bayon etgan. Ushbu asarda o‘simlik va hayvonlaming tashqi muhit bilan aloqasi, ulaming xulq atvori yil fasllarining o'zgarishi bilan bog‘liq ravishda o‘zgarishi misollar bilan tushuntirilgan. 227 Masalan, asarda qish qattiq sovuq kelsa, qushlaming tog‘dan tekisliklarga tushishi, chumolilaming uyasiga berkinib olishi va boshqa ko‘pgina narsalar ifoda etiladi. Beruniy Yer qiyofasining o‘zgarishi o£simlik va hayvonot dunyosining o‘zgarishiga, tirik organizmlarning turli hayoti Yer tarixi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Qum kovlab, uning orasidan chig'anoqni topish mumkin deydi alloma. Buning sababi, bu qumlar qachonlardir okean tubi bo£lgan, degan xulosani aytadi. Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 tur dori-darmonlami tavsiflagan. Ulaming 750 tasi turli o£simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa mine- rallardan olinadi. Har bir o‘simlik, hayvon va minerallar- ning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan. Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» asarlarida o£simlik va hayvonlaming tuzilishi hamda ulaming tashqi muhit bilan o£zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi. Beruniy o£zining tabiiy- ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan xulosaga keladi. Ularni tashqaridan ta’sir etuvchi har qanday kuch o£zgartirish qobiliyatiga ega emas. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) jahon madaniyatiga buyuk hissa qo£shgan olimlardan biridir. Yirik ensiklopedist olim sifatida u o£z davri ilmining deyarli barcha sohalari bilan shug£ullangan. Turli yozma manbalarida uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan. Bizgacha uning 240 ta asari yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» shoh asari tibbiyot ilmining qomusi bo£lib, o£rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho‘qqisi hisoblanadi. Ibn Sino tibbiyot tarixida fizioterapiya asoschilaridan biri hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri muhimligini bilgan alloma 228 ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan, ya’ni u kasallikning yuqishi masalasini hal etishga yaqinlashgan edi. «Kasalliklaming ba’zilari yuqumli bo‘ladi. Bular moxov, qo‘tir, chechak, vabo isitmasi, yiring- lagan yaralar kabi kasalliklardir». Bular odamlaming turar yerlari tor bo‘lganda, ya’ni aholi zich yashagan joylarda, shamol va idish-tovoqlar va boshqalar orqali tarqaladi. • Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy va tabiiy - ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari «Kitob ash-shifo» (davolash kitobi)da bayon etilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483—1530)ning eng yirik asaridir. Asarda Bobuming ko‘rgan-kechirganlari, yur- gan joylarining tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari, hay- vonoti, o‘simliklari va boshqalar tasvirlangan. Har bir kasb egasi bu kitobdan o‘ziga keragicha ma’lumot oladi. Asar muhim atamalar va toponomik manbalarga boy. Unda yer, suv, havo, turli tabiiy hodisalarga tegishli xalq so‘zlari ko‘plab topishgan. Bobur o‘z asarida har bir hududni ma’lum bir tartibda tasvirlaydi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling