Oila pedagogikasi


qilishda mahalla qo‘mitalari, xotin-qizlar faollarining ta’siri

bet26/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

qilishda mahalla qo‘mitalari, xotin-qizlar faollarining ta’siri 
kuchli bo‘lmog‘i zarur. Har bir mahallada iqtidorli ayol- 
lardan laparchilar, musiqachilar guruhini tashkil etish, to'yni 
qiziqarli, bir umrga esda qoladigan qilish uchun turli-tuman 
dasturlar tayyorlash, to‘y ishtirokchilarining faolligini oshirish 
yo‘llarini o‘ylab topish lozim.
Topsbiriq
Oilada totuvlik muhitini yaratish omillari qaysilari, siz 
yana nimalar zarur deb hisoblaysiz?
3.2. Sog‘lom oila-sog‘lom turmush tarzida 
vujudga kelish omili
Sog‘lom jamiyat sog‘lom oila negizida qaror topadi. 
Jamiyatimizda tub islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda 
inson salomatligi davlatimiz va hukumatimiz faoliyatining 
ustuvor yo‘nalishlari negizini tashkil etadi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2000-yilni 
«Sog‘lom avlod yili» deb e’lon qilinishi va shu munosabat 
bilan Sog‘lom avlod Davlat dasturining qabul qilinishi hamda


gazeta nashr etish yo‘lga qo‘yilganligi mamlakatimizda 
sog‘lom avlodni shakllantirishga nechog‘lik yuksak ahamiyat 
berilayotganligidan guvohlik beradi. Mazmun va mohyatiga 
ko‘ra o‘ta salmoqli — Sog‘lom avlod Davlat dasturi qabul 
qilinganligi hech qaysi mamlakat tajribasida ko‘rilmagan. 
Zero, har bir fuqarosining salomatligi, ma’naviy, jismoniy va 
ruhiy barkamolligi haqida uzluksiz g‘amxo‘rlik qilishni hech 
bir hukumat o‘z zimmasiga olgan emas. Bunday mas’uliyatli 
vazifani bizning hukumatimiz o‘z zimmasiga olganligi dunyo 
hamjamiyati uchun yana bir ijobiy xoldir.
Istiqboliy adamiyatga ega bo‘lgan Davlat dasturini 
amalga oshirish, uni 2000 va keyingi yillarda tegishli resurslar 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling