Oila pedagogikasi


istasang, shuning payiga tushginki, toki u hech yerda sening

bet25/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

istasang, shuning payiga tushginki, toki u hech yerda sening 
huzuringdan kabi rohat-farog‘at va muloyimlikka duch 
kelmasin», — deb yozganida buyuk olim Pifagor ming karra 
haqli edi.
Shundan so‘ng o‘qituvchi quyidagi xulosalar bilan darsni 
yakunlaydi va o‘quvchilami baholaydi:
1. Demak, inson zotining shakllanishida oilaning o‘mi 
katta. Chunki ma’naviyat, insonga ona suti, ota namunasi, 
ajdodlar o ‘giti bilan birga singadi. Har bir kishi tajribasi, 
bilimi, odob-axloqi, xatti-harakati bilan o‘zining ruhiy 
olamini boyitib boradi. Aqlan, axloqan va jismonan kamol 
topib borgan sari u o‘z oldiga turli maqsad qo‘yib, unga 
erishish uchun harakat qiladi. Insonning mavjudligi uning 
jisman borligi bilan emas, balki ma’naviy boy ekanligi bilan 
belgilanadi.
2. Keyingi paytlarda xalqimizning ma’lum tabaqalari 
o‘rtasida soxta shuhrat ketidan quvib, nom chiqarish, o‘zini 
ko‘z-ko‘z qilish, keragidan ortiq dabdaba bilan nikoh to‘yi 
o‘tkazish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish hollari ko‘payib qolgan 
edi. Bu esa muqaddas an’analarimizni obro‘sizlantirishga olib
67


kela boshladi va oddiy odamlaming nafsoniyatiga tegar edi. 
Oqibatda ko‘p oilalar buzilib ketdi.
3. 
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning 1998-yil 
28-oktabrda qabul qilgan farmoni to‘y-hashamlar, oilaviy 
tantanalar, ma’raka va marosimlami, marhumlar xotirasiga 
bag‘ishlangan tadbirlami o‘tkazishda dabdababozlik, 
isrof- 
garchilikka yo‘l qo‘yish kabi illatlarga barham berishni katta 
vazifa qilib qo'yadi.
To‘ylarda yangicha tartib, yangicha rasm-rusmlami joriy 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling