Oila pedagogikasi


nasihatlarini keltirib, oiladagi tinch-totuvlik ko‘proq ayollar

bet24/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

nasihatlarini keltirib, oiladagi tinch-totuvlik ko‘proq ayollar 
zimmasiga tushishini ta’kidlab shunday yozadi: «Ey qizim! 
Sen o‘rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoq- 
dasan. 
Sen bo'lajak kuyovingning hamma xislatlarini 
bilmaysan. Sen yer bo‘l, u esa osmon bo‘ladi. Demak, sen u 
bilan shunday yo‘l tutki, uning oldida yer kabi kamtar 
bo'lsang, u osmon kabi oliyjanob bo‘ladi. Osmon shifobaxsh 
yomg‘iri bilan yemi ko‘kartirgani kabi ham o‘z mehru 
shafqati ila seni xushnud etadi. Ering sendan faqat yumshoq 
va shirin so‘zlar eshitsin, yaramaydigan va eski libosda yoki 
sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o‘tirma. 
Qizim, kuyovingdan kuchi yetmagan va sotib olishga qudrati 
yetmagan narsalami talab qilma. Bunday qilsang orada 
totuvlik yo‘qoladi, turli xil janjallar paydo bo‘ladi. Qizim, 
rashq qi-lishdan saqlangin, chunki u ajralib ketishning 
kalitidir. Eringga hadeb gina qilaverishni man etaman. 
Yaxshisi, sen u bilan xushmuomalada, shirin so‘zli bo‘lgin,
66


bu ishing har qanday sehru jodudan yaxshidir. 0 ‘zingga 
xushbo‘y narsalar bilan oro bergil. Pokizalik hamisha 
yo‘ldoshing bo‘lsin».
82 yoshli Lev Tolstoy 1910-yil oktabr oyining qorli, 
sovuq tunlaridan birida injiq ayolidan (ayoli boylikka berilgan 
edi) qutulish maqsadida uyini tark etib, boshi oqqan 
tomonga jo‘naydi. Oradan o‘n bir kun o‘tgach, kichkinagina 
temir yo‘l stansiyasida o‘pka shamollashidan vafot etgan 
yozuvchining so‘nggi so‘zi shu bo‘ldi: «Xotinimni yonimga 
yo‘latmanglar». «Be’mani injiqlik — zaxri qotil»,— deydi 
Deyl Kamegi. «Oqila rafiqam! Agar ering yoningda bo£lishini 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling