Oila pedagogikasi


maxsus dasturlar asosida tibbiy bilimlar berishni yo‘lga

bet32/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

maxsus dasturlar asosida tibbiy bilimlar berishni yo‘lga 
qo‘yish, shaxsiy gigiena qoidalari, bo‘lajak onalar, homilador 
ayollar, yosh onalar, o‘smir qizlar uchun kichik-kichik
73


hajmdagi turli risolalar, metodik tavsiyalar ishlab chiqish va 
ularga yetkazish, matbuot, ommaviy-axborot vositalari va 
turli shakldagi tadbirlardan foydalangan holda targ‘ibot- 
tashviqot ishlari olib borish ko£zlangan natijani beradi. Ya’ni, 
uzluksiz tibbiy bilim berish ishini yo‘lga qo‘yish kerak. Ibn 
Sino «harakatdagi tanaga davo kerak emas» deb aytgan. 
Shuning uchun, biz davo qiluvchi meditsinani emas, balki 
profilaktik, ya’ni kasallikning oldini oluvchi meditsinani 
targ‘ib etmog‘imiz lozim, bu ish awalo, oilada amalga 
oshiriladi.
Oilada sog‘lom 
turmush tarzini 
shakllantirish, 
uning 
ma’naviy va tibbiy salomatligi negizidir.
Sog‘lom turmush tarzi kishilaming hayot darajasi bilan, 
sihat-salomatligi, kayfiyati, intilishlari, ishonchi, kundalik 
o ‘zgarishlar bilan, bu o‘zgarishlar qay darajada xalqimizning 
ehtiyojini qondirishi bilan, 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
ma’naviy taraqqiyoti darajasi bilan, eng muhimi yosh avlod 
taibiyasini yuksak samaradorligini ta’minlaydigan chora- 
tadbirlar bilan bog‘liqdir.
Sog‘lom turmush tarzi oilaning farovonlik darajasi, sog‘- 
lig‘i, maishiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘la qondirish 
demografik jarayonlami maqbul holatga 
keltirish, 
oila 
a’zolarining ma’naviy madaniyati, ongliligi, axloqiy jihatlari 
va ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgilanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling