chakning o ‘z salomatligi holatidan kelib chiqib, ongli
ravishda ona bo‘lishni rejalashtirishi, tug‘ilajak bolaning sog‘
tug‘ilishiga
shaxsiy
mas’uliyatini
anglatsh,
reproduktiv
madaniyatning, reproduktiv huquqlarini bilishning ajralmas
bo‘lagi. Aks holda o‘zbekona andisha bilan qizlarimiz
hayotlarida ham qiz uchun, ham bolasi uchun tavakkal qilib,
ona bo‘laveradilar, salbiy oqibati yana oilaga, jamiyatga ta’sir
qilaveradi.
Bu maqsadga erishishda tibbiyotimiz taraqqiyoti va
moddiy-texnik ta’minlanishi, ayollarimizning tibbiy ma’rifati
darajasi va aholi ma’naviyatining yuksalib borishi muhim rol
o‘ynaydi.
76
Bu o‘rinda oila a’zolari o ‘rtasida targ‘ibot va tashviqot
islilarini kuchaytirish ijobiy natijalar garovidir. Ularda faqat
sog‘lom ota-onadan sog‘lom farzand tug‘ilishini, yoshlaming
tug‘ilgandan boshlab, muntazam o‘z salomatligiga ahamiyat
berishlari lozimligi, jinsiy tarbiyani oilada, maktabda to‘g‘ri
tashkil qilish zarurligi, qarindosh-urug‘ o ‘rtasidagi nikohning
zararli oqibatlari, 15-16 yoshli qizlami turmushga chiqishi
qonun yo‘li bilan taqiqlanishi, sog‘lom onadan sog‘lom
farzand tug‘ilishi oilaning balog'at yoshidagi har bir a’zosi,
tug‘ish yoshidagi ayollar ongiga singdiriladi.
Darhaqiqat
demografik
vaziyat
murakkab
bo‘lgan
0 ‘zbekiston uchun oilani mustahkamlash, uni rejalashtirish -
bugungi kunda shunchaki oddiy bir masala emas, balki uning
yechimini to‘g‘ri topish-respublika taraqqiyotini ta’min-
lashning omilidir.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |