maxsus dasturlar asosida tibbiy bilimlar berishni yo‘lga
qo‘yish, shaxsiy gigiena qoidalari, bo‘lajak onalar, homilador
ayollar, yosh onalar, o‘smir qizlar uchun kichik-kichik
73
hajmdagi turli risolalar, metodik tavsiyalar ishlab chiqish va
ularga yetkazish, matbuot, ommaviy-axborot vositalari va
turli shakldagi tadbirlardan foydalangan holda targ‘ibot-
tashviqot ishlari olib borish ko£zlangan natijani beradi. Ya’ni,
uzluksiz tibbiy bilim berish ishini yo‘lga qo‘yish kerak. Ibn
Sino «harakatdagi tanaga davo kerak emas» deb aytgan.
Shuning uchun, biz davo qiluvchi meditsinani emas, balki
profilaktik, ya’ni kasallikning oldini oluvchi meditsinani
targ‘ib etmog‘imiz lozim, bu ish awalo, oilada amalga
oshiriladi.
Oilada sog‘lom
turmush tarzini
shakllantirish,
uning
ma’naviy va tibbiy salomatligi negizidir.
Sog‘lom turmush tarzi kishilaming hayot darajasi bilan,
sihat-salomatligi, kayfiyati, intilishlari, ishonchi, kundalik
o ‘zgarishlar bilan, bu o‘zgarishlar qay darajada xalqimizning
ehtiyojini qondirishi bilan,
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
va
ma’naviy taraqqiyoti darajasi bilan, eng muhimi yosh avlod
taibiyasini yuksak samaradorligini ta’minlaydigan chora-
tadbirlar bilan bog‘liqdir.
Sog‘lom turmush tarzi oilaning farovonlik darajasi, sog‘-
lig‘i, maishiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘la qondirish
demografik jarayonlami maqbul holatga
keltirish,
oila
a’zolarining ma’naviy madaniyati, ongliligi, axloqiy jihatlari
va ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgilanadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |