Oila pedagogikasi


Oilda turmush tarzi jismonan sog'lom va aqlan barkamol

bet33/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Oilda turmush tarzi jismonan sog'lom va aqlan barkamol 
yangi avlodni shakllantirish, mehnat qilish, dam olish va 
ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot
tarzini tashkil etadi.
Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini 
yaxshilash, oila budjetini to‘g‘ri taqsimlash, to‘g‘ri va sifatli 
ovqatlanish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni
74


qat’iyan man etish, muntazam ravishda jismoniy tarbiya 
bilan shug'ullanish, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘la rioya 
qilish, ma’naviy intellektual shaxs bo'lishni talab etadi. Oila- 
ni moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalaming ongliligi, 
ma’naviyati darajasi farzandlami jismonan sog‘lom, ma’nan 
boy qilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi.
Atrof-muhitning ekologik musaffoligini ta’minlash, eko- 
logik ong va tafakkumi shakllantirish ham aynan oilada 
amalga oshirilgandagina oilada sog‘lom turmush tarzini 
shakllanishida o‘zining ijobiy samarasini beradi.
Juda ko‘p eshitamiz, anemiya, kamqonlik bilan ona bo‘- 
lishmoqda degan gaplami. Lekin xotin-qizlardagi ekstro- 
genetal va surunkali kasalliklaming oldini olish, bemor 
onalarga tibbiy yordam ko‘rsatish borasida hukumatimiz ti- 
nimsiz chora-tadbirlar ko'rayotganligi ham ayon. Bugun biz 
shu holatni ko‘z oldimizga keltirib, bo‘lg‘usi onaning taqdiri 
tug‘risida ko‘proq qayg‘urishimiz kerak. Tibbiyot xodimlari 
bilishadi, ko‘pinchalik onalar u yoki bu infeksiyaning tashuv- 
chilari sifatida ona bo‘lishadi, u homiladan bolaga o‘tadi, 
natijada, go‘daklar o‘rtasida, kichik yoshli bolalar o‘rtasida 
turli kasalliklar aniqlanmoqda. Shuning uchun ham eng 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling