Oila pedagogikasi


chakning o ‘z salomatligi holatidan kelib chiqib, ongli

bet35/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

chakning o ‘z salomatligi holatidan kelib chiqib, ongli 
ravishda ona bo‘lishni rejalashtirishi, tug‘ilajak bolaning sog‘ 
tug‘ilishiga 
shaxsiy 
mas’uliyatini 
anglatsh, 
reproduktiv 
madaniyatning, reproduktiv huquqlarini bilishning ajralmas 
bo‘lagi. Aks holda o‘zbekona andisha bilan qizlarimiz 
hayotlarida ham qiz uchun, ham bolasi uchun tavakkal qilib, 
ona bo‘laveradilar, salbiy oqibati yana oilaga, jamiyatga ta’sir 
qilaveradi.
Bu maqsadga erishishda tibbiyotimiz taraqqiyoti va 
moddiy-texnik ta’minlanishi, ayollarimizning tibbiy ma’rifati 
darajasi va aholi ma’naviyatining yuksalib borishi muhim rol 
o‘ynaydi.
76


Bu o‘rinda oila a’zolari o ‘rtasida targ‘ibot va tashviqot 
islilarini kuchaytirish ijobiy natijalar garovidir. Ularda faqat 
sog‘lom ota-onadan sog‘lom farzand tug‘ilishini, yoshlaming 
tug‘ilgandan boshlab, muntazam o‘z salomatligiga ahamiyat 
berishlari lozimligi, jinsiy tarbiyani oilada, maktabda to‘g‘ri 
tashkil qilish zarurligi, qarindosh-urug‘ o ‘rtasidagi nikohning 
zararli oqibatlari, 15-16 yoshli qizlami turmushga chiqishi 
qonun yo‘li bilan taqiqlanishi, sog‘lom onadan sog‘lom 
farzand tug‘ilishi oilaning balog'at yoshidagi har bir a’zosi, 
tug‘ish yoshidagi ayollar ongiga singdiriladi.
Darhaqiqat 
demografik 
vaziyat 
murakkab 
bo‘lgan 
0 ‘zbekiston uchun oilani mustahkamlash, uni rejalashtirish -  
bugungi kunda shunchaki oddiy bir masala emas, balki uning 
yechimini to‘g‘ri topish-respublika taraqqiyotini ta’min- 
lashning omilidir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling