Oila pedagogikasi


muammolar yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olish-

bet40/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

muammolar yuzaga keladi. Bunday holatning oldini olish- 
ning muhim vositasi oila-mahalla va maktabning hamkorlik 
dasturi asosida ta’lim-tarbiyaviy ish olib borishni ta’min- 
lashdan iboratdir.
Bunday mushtarak tarbiya asosida avlodlar vorisligi 
yotmog‘i lozim. Vorislikni ta’minlashning muhim omili oila 
qadriyatlariga asoslanishdan iboratdir. Eng muhimi, yoshlar 
ongiga, shuuriga kattalarga hurmat, ishda, o ‘qishda odamlar 
bilan munosabatda ota-onadan o ‘mak olish, tarbiya, mehnat, 
insonparvarlik, vatanparvarlik qadriyatlarini chuqurroq o ‘rga- 
nish va ularga amal qilish, umriboqiyligini ta’minlashdek 
muhim ishni amalga oshirish bugungi kunda ijtimoiy 
ehtiyojga aylanib qolmog'iga erishish zarur.
Yana bir muhim masala - bu qizlaming, onalaming 
jismoniy salomatligi. Bu masala oilaviy sportni rivojlantirish, 
uni ommalashtirish masalasi bilan bog‘liq. Zero, jismonan 
chinniqqan qiz bola ertaga ona bo‘lganda, uncha-muncha 
infeksiyaga yoki xastalikka bardoshli, uning bolasida ham 
immunitet kuchli bo‘lishi fanda isbotlangan.
Zero, hammamizga ma’lumki, bugun yurtimizda sportga 
va aynan bolalar sportini rivojlantirishga mamlakat rahbari- 
ning o‘zi boshqosh bo‘lib turibdi. Chunki Prezidentimizning 
ta’birlari bilan aytganda, «Sportning milliy genofondni 
yaxshilash, ijtimoiy muammolami muvaffaqiyatli hal etish,
81


millatning g‘urur-iftixorini ko‘tarish, yoshlami vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalash va boshqa sohalardagi ahamiyati benihoya 
kattadir». Demak, jismoniy chiniqish va sport bilan shu- 
g‘ullanishning ma’naviy-ma’rifiy imkoniyatlari cheksiz. Agar 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling