olganman. Davlat ishlarini qilganda davlatning shamini
yoqaman. Hozir sen bilan suhbat qurib o‘tiiganimda davlat
shamini yoqish xatolik bo‘ldi, shuning uchun o‘z shamimni
yoqdim — d e d i...».
Ko'pchilik oilalaming pala-partish ro‘zg‘or yuritishining
sababi shundaki, ular o‘z mablag‘larini «sanamay sakkiz»
deb, behuda sarfni ko‘paytirib yuboradilar. Bu, o‘z nav-
batida, oylik va boshqa daromadlaming oiladagi chiqimlarga
yetmay qolishiga olib keladi. Bu holni aniqlab olish oson:
101
chunonchi, ba’zilar oylikni olasolib, daromadlarini daromad-
lariga munosiblashtirib, olmasdan, narsalar xarid qi-lishga
oshiqadilar, bular o ‘ziga keraksiz, bo‘lsa-da: «Olinib qoladi-
ku, bir kuni asqotadi-da», deyishadi. Sirasini aytganda
oilaning moddiy farovonligi daromadning darajasi bilangina
emas, balki xo‘jalikni qanchalik uquv bilan yuritish orqali
ham aniqlanadi. Eslab ko‘ring-a, necha bor siznikiga kelgan
kimdir xuddi besababday hayron qolganini bildirgan: «Ana
bizning falonchi qo‘shnimiz, kam oylik olsa ham hech
kimdan qarzdor bo‘lmaydi, kiyimlari but, yemoq-ichmog‘i
bajo». U bilmaydiki, o'sha qo'shni oqilona ish tutib, o‘z
mablag‘ini to‘g‘ri hisoblab, pulini joy-joyiga sarflashni
o ‘rganib olgan.
Aslida ortiqcha pul bo‘lishining imkoniyati yo‘q, Chunki
iste’mol va talabning chegarasi bo'lmaydi. Iste’molning
bemalolligi shundaki, bunda ovqatlanish, kiyinish, madaniy-
maishiy buyumlarga hamda xo‘jalik mollariga, barcha
ne’matlaming eng a’lo navlariga talab to‘la qondirilgan bo‘-
ladi.
Binobarin, bunda eng muhimi har bir kishi o‘z mab-
Download Do'stlaringiz bilan baham: |