Oila pedagogikasi
tejashning sira hojati yo‘q, biroq oila budjeti ko'tarmaydigan
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
tejashning sira hojati yo‘q, biroq oila budjeti ko'tarmaydigan
budjetlarga bemulohaza sarfni ko'paytirish yaramaydi. Shunday qilib ovqatga sarflanadigan mablag‘ hisobga olindi. Endi kiyim-kechakka sarflanadigan pullar to‘g‘risida o ‘ylab olish kerak. Kuzatishlaming ko‘rsatishicha, ayollaming yarmidan ko‘pi va erkaklaming 60 %i yangi urf bo‘lgan ki- yimlami hamma vaqt ham oshiqib xarid qilavermas ekanlar, xarid qilganlari esa urfdan chiqib ketsa ham bemalol kiya- verar ekanlar. Endilikda har birimizning kiyim javonlarimizda ichki va tashqi kiyimlaming turli xili bor, bir necha juftdan poy- abzalga egamiz. Hayron bo‘lmang. Aslida shunday o‘zi. Uy yig‘ishtirganda bir e ’tibor bilan qarab ko‘ringa, bunga iqror bo‘lasiz. Sir tutishga na hojat, uyimizda ortiqcha liboslar uyulib yotibdi. Qani endi xususiy do‘konlar xizmatidan foy- dalanilsa yoki maxsus ustaxonalarga berib, yangilari tiktirilsa, 104 hech bo‘lmaganda kattalar ust-boshidan bitta ikkita bolalar kiyimi chiqadi. Qisqasi, biron narsa xarid qilishdan, o‘z xohish va iste’molini qondirishdan oldin uydagi narsalami, kiyim-kechakni yaxshilab teksliirib ko‘rish darkor. Shunday ekan, yillik xarid qilishdan ilgari sandiq va chamadonlarda taxlanib yotgan libos va matolami bir ko'zdan kechirib qo‘ymoq ham kerak, balki ulaming o‘ziyoq didingizga mos tushib qolar. Tajribalardan ma’lumki, oila mablag‘ining ko‘p qismi mayda-chuydaga ketib qoladi. Xuddi mana shu mayda-chuyda juda qimmatga tushar ekan. Bular sovun, kir yuvish poroshoklari, tish pastasi, sigaret, muzqaymoq, limonad, xo'rozqand, saqich, shokolad degandek, doimo sarf talab qiladigan narsalar. Shunday ekan, ana shu mayda- chuydalarga bo‘lajak sarfni doimo nazorat ostida tutmoq kerak, biri xarid qilingach, ikkinchisidan tiyilibroq turmoq ziqnalik bo'lmaydi, balki, tejamkorlik bo'ladi. Tejamkorlikka yana misol keltiradigan bo'lsak, mana kir yuvish poroshogi- ning bir qoshig'i kir yuvishga kifoya qilishini bilmaganlar yarim pachkani tog‘oraga to‘kib qo‘ya qoladilar. Hayot ko‘r- satib turibdiki, barcha xarajatlami oldindan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun oylik daromaddan 3-5 %ini, ehtiyot shart, ajratib qo'yish kerak. Kinoga, teatrga, konsertlarga ketadigan sarflardan ham voz kechib bo‘lmaydi. Oilaga madaniy tadbirlar ham kerak. Shunday ekan, madaniy tadbirlarga ham oila yilda bir necha marta kinoteatrlarga bora olishini taxminan bo‘lsa ham hisoblab chiqib, albatta, oldindan mablag* ajratishga to‘g‘ri keladi. 0 ‘z-o‘zidan shunday savol tug'iladi: rejalangan barcha xarajatlar qanday qayd qilib boriladi va har bir xarajat o‘z o‘mida sarflanganligini qanday nazorat qilish mumkin? 105 Oila xo‘jaligini yuritganda sarflami nazorat qilib borish shart. Bunda sira erinchoqlik qilmasdan har oyning oxirida awal belgilab olingan sarflar joy-joyiga ketgan-ketma- ganligini, yoki izidan chiqish ro‘y bergan-bermaganligini tekshirib qo'yish kerak. Izidan chiqish, ortiqcha xarajat sodir bo‘lgan hollarda sababini aniqlash lozim. Nazorat qilishda daromad bo‘ldi-yu, qancha buromad bo‘ldi, buni yozib borish shart. Albatta, shunday ham vaqt yetishmaydi-yu, xonadon hisob-kitobi bilan shug‘ullanishga kimning vaqti bor? degan e’tirozlar bo'lishi turgan gap. Maqsad uy xo‘jaligini boshqarishni tashkil etish, oilaviy yetishmovchi- likka, chiqimning kirimdan ko‘payib ketishiga abadiy barham berish kerak ekan, «xonadon hisob-kitobi» bilan mashg‘ul bo‘lishi shart, albatta. Modomiki, oila budjeti xarajatlar uchun asos ekan, uni amalga oshirish usuli — ro‘zg‘or hisob-kitobidir. Kuzatishlaming ko'rsatishicha hisob-kitob olib boradigan oilalarda bu ishga har kuni 10 daqiqagina vaqt sarflanar ekan. Hisob-kitob qilib, pulni joy-joyiga sarflashdan keladigan foydaga nisbatan har kuni yo‘qolgan 10 daqiqa nima degan gap. Kirim-chiqimlarga oid uy daftarida: daromadlar, kun- dalik chiqimlar, jamg‘armalar va to‘lovlar bo‘limlari bo‘Iishi lozim. Awalo, barcha pul daromadlari, shuningdek, kundalik xarajatlar qayd qilinishi kerak. Ana shundagina oilaviy hisob- kitobning mufassal Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling