Oila pedagogikasi

bet67/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

FOYDALI MASLAHATLAR
Kiyimingga dog‘ tekkan bo‘lsa, sovun bilan suvni ayama. 
Xato yo‘lga kirib, o‘zingga dog‘ tushirgan bo'lsang, bu dog'ni 
yuvmoq uchun el oldida halol mehnatingni ayama.
* * *
Agar oilaning barcha g‘am-tashvishlari faqat kishining 
yelkasiga yuklanaversa, u fildek baquwat bo‘lsa ham, qaddi 
bukilishi mumkin.
0 ‘g‘il va qiz ota-onaning kuch-quwati va oltin umri 
evaziga voyaga yetadi, lekin qiz uzatilgan joyda, o‘g‘il esa 
umr yo‘ldoshi bilan tinib-tinchib ketmasa, ota-ona dili 
majruh bo‘ladi.
I l l


* * *
Bolani haq gapni gapiradigan, o‘limdan ham qo‘rq- 
maydigan mard, el qoshida sharmanda-yu shannisor bo‘lishdan 
uyaladigan, hayoli qilib tarbiyalash kerak. Haykaltaroshning 
mohir qo‘li metallda kishi aqlini hayratda qoldiradigan go'zal 
siymoni ifodalaydi, onaning aqlu-zakovati va qalb harorati esa 
«bir parcha et»ga dil va til, fahm-u farosat kiritadi.
* * *
Subutsiz va yolg'onchi oilada o‘sgan bola ko‘pincha hech 
kimga va hech narsaga ishonmaydigan, hammaga shubha 
ko‘zi bilan qaraydigan bo‘lib qoladi.
* * *
El hurmatini tilasang, elni hurmat qil, eng muhimi, halol 
mehnat qil. Ota-ona o‘rtasidagi chin insoniy hurmat va 
muhabbat faizandlari uchun bebaho merosdir.
* * *
Har oilaning o‘z a’zolarini bir-biriga inoqlashtirib turuv- 
chi e’tiborli boshlig‘i bo‘ladi. U tirikligida o‘ziga munosib 
o‘rinbosar tayyorlashi lozim. Aks holda, boshlig‘idan keyin 
oilada janjal, to'polon boshlanishi mumkin.
* * *
Agar ayolning uy-ro‘zg‘ori saranjom-sarishta, eri va 
bolalarining yurish-turishi, kiyinishi tartibli va ozoda bo‘lsa, 
uning o‘zi ham taibiyali, ozoda tabiatli bo‘lib, pokizalaming 
pokizasidir.
112


* * *
Kishining ijtimoiy faoliyatini baholashda uni oilada 
o‘zini qanday tutishini ham e’tiborga olish zarur. Chunki 
ko‘cha xandon, uy zindonlar ham bo‘ladi.
* * *
Oilada bolani mustahkam irodali qilib tarbiya! a moq 
kerak, chunki irodasiz kishining xatti-harakati xuddi varrak 
shokildasining harakatiga o‘xshaydi. Irodasiz kishi shokildaga 
o‘xshab shamol esgan tomonga qarab likillayveradi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling