Oila pedagogikasi


Xalqimizda bolalami axloqiy tarbiyalashda dasturxon

bet75/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Xalqimizda bolalami axloqiy tarbiyalashda dasturxon 
atrofi eng qulay joy sanalgan. Bu yerda katta yoshlilar 
farzandlariga pandnasihatlar qilganlar. Nim a yaxshi-yu, nima 
yom on ekanligi tushuntirilgan. A n ’anaga ko‘ra ota-ona 
nasihatlarina bajarmaslik katta gunoh hisoblangan. Otaga tik
143


boqma, oxirating kuyib ketadi, ota-onani rozi qilish kerak
deb bolani ongiga singdirib borilgan. Oxirgi o‘n, o‘n besh 
yillar ichida ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi munosabat 
buzila boshladi, keksalami, ota-onalami hurmat qilish 
zarurligi haqidaga qadriyatlarimizga e’tibor berilmay qo‘ydi. 
Ayrim bolalar ota-onalaridan moddiy yordam ko‘rayotganligi 
uchun «hurmat» qiladigan bo‘lib qolishdi. Ota-onalarga 
nisbatan axloqsizlik qilish, ulami xo‘rlash, qarovsiz qoldirish 
hollari ham uchrab turibdi. 0 ‘zbek oilalarida bolani to‘g‘ri 
tarbiyalashda ularga axloq-odob qoidalarini tushuntirishda 
ota-onalar oldiga avloddan-avlodga o'tib qator talablar 
qo‘yilgan:
- bolani hech kimga yomonlik qilmaslikga qo'lidan 
kelgancha yaxshilik qilishga ko‘niktirish, uning ko‘ngliga 
muruwat tuyg‘ularini solishga intilishni kuchli bo'lishi;
- bolani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirib, o‘zlari ham shu 
yo‘ldan ketishlari; ota-onaning yaxshi odob, xulq 
egasi 
ekanligi, har bir xatti-harakatidan ko‘rinib turishi, bolalaiga 
namuna sifatida xizmat qilishi;
- yaxshi deb bilgan ishni o‘zlari ishlab ko‘rsatishlari va 
bu ishning yaxshiligiga bolani ishontirishlari;
- bolani taibiya qiladigan ota-onaning o‘zi to‘g‘ri so‘zli 
bo'lishi;
- bolaning qilayotgan yaxshi ishlariga qarab, o‘z dara- 
jasiga loyiq mukofotlash, xatoga yo‘l qo'ysa tanbeh berish;
- bolalar ota-onasining yuzlaridagi norozilik alomat- 
larini ko‘rib, uni jazo ekanligini bilsin, rag‘batlantirish 
me’yorida bo'lishi kerak;
- bolaning oldida odillik bilan, ustozlarcha ish olib bo- 
rish axloqiy tarbiyaning eng muhim asoslaridan hisoblanadi.
144


Umuman, oilada bolalarga axloqiy tarbiya berishda milliy 
an’analami ota-onalar to‘g‘ri tushunib olishlari, qaysi 
an’analar qanday 
maqsad uchun hurmat qilishini yaxshi 
anglab yetishlari juda muhim. Chunki talqin etilgan 
an’analar, urf-odatlar mazmunini, awalo, ota-onalaming 
o‘zlaii 
yaxshi 
o‘zlashtirib, 
kundalik 
hayotda 
qo‘llay 
olsalargina, farzandlariga uni ta’siri samaraliroq 
bo‘ladi. 
Mana shu ma’noda oilalarda o‘mashib qoigan, o‘rganilgan, 
Res-publikamiz turmush tarzida eng ko‘p qo‘llanilayotgan 
an’analar bilan birga, butun mustaqillik sharoiti talablaridan 
ijobiy samara berishi mumkin bo‘lgan an’analardan o‘z xalqi 
va ona Vatani bilan faxrlanish, o‘z Vataniga mehr-muhabbat 
bilan qarash, o‘z .Vatanining o‘tmishi va tarixiga cheksiz 
hurmat, o‘z xalqining milliy an’analarini e’zozlash, milliy 
ongi shakllangan, milliy e’tiqodli vatanparvarlami tarbiyalash 
zarurdir.
Umuman olganda, tarbiya so‘zi aytilishi bilan inson ko‘z 
oldida oila namoyon bo‘ladi. Zero, oila tarbiya maskanidir. 
Shunday ekan, ma’naviy-axloqiy tarbiya oiladan boshlanadi. 
0 ‘zbek oilasining ma’naviyati — o'zbekning milliy g'ururidir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling