Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Nikoh to "уlari.
Har bir kishining hayotida yangi sahifa ochadigan, muhim burilish yasaydigan eng muhim vo- qeaning tantanali nishonlanishidir. Nikoh to‘yi oilaviy marosimlar ichida eng yirigi bo‘lib, uni tashkil qilish va o‘tkazish uzoq muddatni o‘z ichiga oladi. Nikoh to‘yi bilan bog‘liq odatlar, irim, rasm-rusmlar ham juda ko‘pdir. 0 ‘zbeksitonning turli shahar qishloqlarida o'tkaziladigan nikoh to‘ylarining umumiy jihatlari bo‘lganidek, har bir hududdagi to‘ylaming o‘ziga xos tomonlari ham mavjuddir. 0 ‘zbek nikoh to'ylari uch bosqichli jarayonni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich — kelin tanlash, unga sovchi yuborish, non sindirish fotiha qilish kabi marosimlardan iborat. Xalqimizning to‘y marosimi bilan bog'liq «sovchilik» haqida ikki og‘iz so‘z. Sovchilar ko'pni ko'igan obro‘-e’tiboiga sazovor bo‘lgan kishilar bo‘ladilar. Sovchilar bo‘lg‘usi kelinning ota-onasini, oilaviy hayotini, hovli-joyining ozodaligini, ota-onasining muomilasini kuzatadilar. Ayniqsa, bo‘yiga yetgan qizning uyiga sovchi kelganda, sovchilar birinchi navbatda shu xonadonning oshxonasiga va hojatxonasiga e’tibor beiganlar. Agar oshxona sarishta bo‘lsa, hojatxona ham toza bo‘lsa, sovchilar bu xonadonning qizi farosatli, mehnatsevar ekan degan tasawurga ega bo‘lganlar. Ayniqsa, qizning onasiga e’tibor beiganlar, «Onasini ko‘rib, qizini ol» degan maqol 162 shu ma’noda ishlatiladi. Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida shunday vasiyat qiladi: «o‘g£illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim» — deya farzandlarga jufl tanlash masalasiga katta e’tibor bergan. Ikkinchi bosqich - kelinni kuyovning uyiga olib kelish, nikohlash, to‘y-tomosha, bazim kabi tadbirlami o‘z ichiga oladi. Uchinchi bosqich - nikoh to‘yidan so‘ng o'tadigan «yuz ochdi», «keUn salom», «kuyov chaqirdi» kabilardan iborat. Nikoh to‘ylarida o‘zbek xalqining eng yaxshi ma’naviy fazilatlari namoyon bo'ladi; to‘yga barcha oldindan tayyor- lanadi, hamma o‘zining yaxshi ko‘igan liboslarini kiyadi, barchada ko‘tarinki ruh, xursandchilik hukum suradi. Hozirgi paytda nikoh to'ylarida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bugungi nikoh to‘ylarida yigit-qizning roziligi, o‘zaro muhabbati asosida o‘tkazilmoqda. Balog‘atga yetma- gan yoshlami nikohdan o'tkazish butunlay yo‘q oldi. «Qalin», «sut puli» kabi ortiqcha xarajat talab qiladigan qadimiy udumlar deyarli barham topdi. Ortiqcha xarajatlar butunlay yo‘q bo‘lmasada, ular o‘mini yangi oila uchun zarur bo‘lgan jihozlarni olib berish an’anasi egalladi. Mustaqillik sharofati bilan yoshlami nikoh oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasida ko'zda tutilgan: «Nikohlanuvchi yoshlar tibbiy ko‘rikdan faqat ulaming roziligi bilan o‘tkaziladi» — degan qoidadan ko‘tilgan maqsad muddao g‘oyat qutlug‘dir. Bu qoida mohiyatan jamiyatda sogiom oilani shakllantirish, sog‘lom avlodni dunyoga 163 keltirish va ulami barkamol bo‘lib tug'ilishini ta’minlashga qaratilgan an’anadir. 0 ‘zbek nikoh to'ylari hozirgi paytda asosan uchta marosimdan iborat bo‘lmoqda: 1. «Non sindirish» marosimi — kelin va kuyovning ota- onasi, qarindoshlarining nikoh to‘yini o‘tkazish rejasini tuzib olishlari uchun zurur bo‘lgan muloqot - kengash vazifasini o‘taydi. 2. Kelin-kuyovning FHDYO byurosi ro‘yhatidan o‘tishi. Bu an’ana oilaning huquq va majburiyatlarini qonunlashtirish vazifasini bajaradi. 3. To‘y marosimi yosh yigit-qiz oila qurganligini tan- tanali nishonlash uchun xizmat qiladi. Oilaviy marosimlami o'tkazish jarayonida namoyon bo‘ladigan insonparvarlik, mehribonlik, mehmondo‘stlik kabi fazilatlar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Bu tadbirlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq odatlari, folklor janrlari, lapar, yor-yor, o‘lan marosim qo‘shiqlari, о ‘yin - musobaqalar, duolardan foydalanish - yoshlaming ma’naviy kamol topishida katta ahamiyatga ega. Kumush, oltin va olmos to‘ylar. Hayotimiz farovonlashib bargani sari to'ylaming yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Er-xotinning 25 yil, 50 yil, 75 yil biiga oilaviy hayot kechirganiga bag‘ishlangan kumush, oltin va olmos to‘ylarini o‘tkazish bilan bog‘liq yangi tantanali tadbirlar vujudga keldi. Xalqimizning yoshi kattalami, ayniqsa, qariyalami hurmat qilish kabi qadimiy an’analari hamda o‘zbek oilalarining mustahkamligini ana shunday yubiley to‘yladni o‘tkazish uchun asos bo‘ldi. Shuni alohida aytish joizki, bunday yubiley to‘ylarini, ayniqsa, olmos to‘yini nishonlash ham- maga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun oltin to‘y 164 kumush to‘yga nisbatan tantanaliroq, olmos to‘y oltin to‘yga qaraganda yanada yuksak tayyorgarlik darajasida tashkil qilinishi kerak. Azaldan mustahkam an’analarga ega boigan o‘zbek oilalari hayotiga 60-yillardan boshlab oltin, kumush va olmos to'ylari kirib keldi. 80-yillar oxirida esa «oila bayrami» degan yangi to‘y shakli paydo bo‘ldi. Endigina nikohdan o‘tgan yosh kelin kuyovlar ham, kumush, oltin va olmos to‘y egalari ham birgalikda sharaflanadi. Ushbu to‘ylar endilikda o‘lkamizning turli shahar qishloqlarida ham o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ular oilalami mustahkamlashga xizmat qiladi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling