Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
6.2. Diniy bayramlar
Navro‘z yangilanish bayrami. Tabiatda tun va kunning teng bo‘lishi, bahoming kirib kelishi, dalalarda ish bosh- lanishidan darak beruvchi, xalq tomonidan keng nishon- lanuvchi Navro‘z bayrami o‘tgan davrlarda to‘siqlarga duch kelsada, xalqning istagi bilan qayta tiklandi va 1990-yildan boshlab mamlakatimizda katta quvonchlar bilan o‘tkazila- digan bayram sifatida nishonlanmoqda. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «navro'z hayot abadiyligi- ning, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, shu bilan birga bizning necha ming yillik milliy qiyofamizning, urf-odatlarimizning mangulik ifodasi, tasdig‘idir». «Navro'z» so‘zi fors tilidan ohngan bo‘lib, «Nav»-yangi, «ro‘z»-kun — «Yangi kun» degan ma’nolami anglatadi. 21-mart kecha va kunduzning tenglashgan kun - yangi yil - Navro‘z bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. Nav- ro‘z juda qadimiy bayramdir. Uning juda qadimiy bayram ekanligi buyuk mutafakkir, allomalarimiz ijodlarida namoyon bo'lgan. Abu Rayxon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Umar Hayyomning «Navro‘znoma», Abul-qosim Firdavsiyning «Shoxnoma», Xoja Ali Termiziy- ning «Navro'znoma», Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» asarlari Navro‘z, uning paydo bo‘lish tarixi u bilan bog'liq urf-odatlar haqida. muhim ma’lumotlami beruvchi qimmatli manbalardir. Navro‘z mehr-muruwat, insonparvarlik, insonlami uhan birlashtiruvchi bayramdir. Navro‘z bayrami munosabati bilan 168 mamlakatlararo urush-janjallar to‘xtatilgan, urashgan kishilar yarashgan, ota-onalar, qarindosh urug‘lar, keksalar sovg‘alar bilan yo'qlangan. Turli-tuman navro‘z taomlari tayyorlangan, uy hovli, ko‘chalar supurib sidirilgan, katta-katta maydonlarda o‘yin-kulgular, askiyabozlik, qo‘chqor, xo‘roz urushtirish, kurash, teatr tomoshalari tashkil etilgan. Odamlar bir- birlarinikiga mehmonga borishgan, yerga birinchi urug‘ qadash marosimlari o‘tkazilgan. Navro'z yoshlami barkamol inson qilib taibiyalashda muhim vositadir. Navro‘z yosh avlod uchun tarbiya maktabidir. Navro‘z xotin-qizlarga alohida ko‘rk beruvchi bayramdir. Bayram munosabati bilan xotin- qizlar qo‘llariga xina, qoshlariga o‘sma qo‘yadilar. Arg‘im- choqlarda uchishib, she’rxonlik kechalarini o‘tkazadilar. Navro‘z — tansihatlik bayramidir. Chunki bayram dasturxoni, taomnomasi inson tanasi uchun shifo man- bayidir. Navro‘z munosabati bilan o‘ziga xos turii taomlar, shirinliklar tayyorlanib bayram dasturxoni bezatilgan. Ya’ni, sumalak, halim, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara navro‘z das- turxoni uchun asosiy taomlar hisoblangan. Sumalak — Navro‘zning shox taomi bo‘lib, u ko‘klam darakchisi, to‘kin-sochinlik, ahillik, ezgulik timsolidir. «Sumalak sayli» o‘ziga xos tarzda uyushtiriladi. Bu asosan ayollar bazmi hisoblanadi. Sumalak tayyorlanayotgan dosh- qozonlar atrofida xotin-qizlar, bolalar o'yin kulgi, aytishuv, askiya, lapar, latifalar aytishadi, childirma, dutor chalib raqsga tushishadi. Sumalak sayliga kelgan har bir inson yaxshi niyat bilan qozon kovlaydi. Balog'at yoshidagi yigit- qizlarga baxtli-saodatli, faizand ko‘rmaganlarga farzandli bo‘lishlari niyat qildirib, qozon kovlatiladi. Sumalak bir kecha-kunduz davomida tayyor bo'ladi. U har bir oilaning soniga qarab taqsimlanadi. Bemorlar, yolg‘iz qariyalar 169 nogironlar sumalak bilan yo‘qlanadi. Sumalak bir oilada tayyorlansada, uni tayyorlash jarayonida butun qishloq yoki mahalla ahli, qarindoshlar urug‘lar hamjihatlik bilan qat- nashadilar. Navro‘z har bir kishini insonparvarlikga, mehr-muruv- vatga, bag‘ri kenglikga, saxovatga, go‘zallikga, ezgulikga da’vat etadi. Xalqni, jamiyatni poklikga, mehnatga, yaxshi- likga undovchi g‘oya abadiydir. Oilaviy marosimlar tarixiy jarayonda xalq padagogikasi va donishmandligi bilan uyg'unlashib ketib, asrlar davomida yoshlami tarbiyalashdagi asosiy shakllardan biri bo‘lib kelgan. Shu sababli, hoziigi davrda ham xalq an’analarini qadrlagan, turli marosimlami o'tkazishda ma’naviy-estetik jihatlarga alohida e’tibor bergan oilalarda voyaga yetgan yoshlar odob- axloqli bo‘lib voyaga yetadi. Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xalqlarining urf-odatlarini, axloq odo- bini o‘rganishga bag‘ishlagan ekan. 0 ‘sha olim bizning yurtimizga tashrif buyurib, urf-odatlarmizni o'rganibdi. Yur- tiga borib: «Butun bir amalga oshirgan ishlarim va o‘rgangan bilimlarimni 15 yoshli o‘zbek qizalog‘ining, o'midan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo'ygancha choy uzatishidagi odobi, nazo- katiga almashtirishga rozi edim»— degan edi. Ajdodlarmiz asrab-avaylab kelgan urf-odatlarmizni, sharqona odobimizni, naslimiz pokligini, buyukligimizni asrab-avaylab kelgusi avlodga yetkazish siz-u bizning qo‘limizdadir. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling