Oila pedagogikasi

bet81/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Birinchi qadam bayrami.
0 ‘zbek xalqining farzandlar 
tarbiyasiga alohida e’tibor berishi bolaning ilk bor mustaqil 
qadam qo‘yishiga bag‘ishlangan marosimda ham o‘z aksini 
topgan. Ota-bobolarimiz bu marosimda «bolaning beli 
baquwat bo‘lsin deb, beliga belbog£ boglashgan», «to‘qlik 
bo‘lsin, bola ocharchilikni bilmasin!» deb mazali kulchalami 
kichkintoylarga tarqatishgan, «suvdek serob bo‘lsin!» deb 
marosim o‘tkazilgan vaqtda bolaning qadam bosgan yerlariga 
suv sepishgan, «bolaning hayoti shirin bo‘lsin!» deb bolaning 
boshidan shirinliklar sochishgan, «chiroyli bo‘lsin!» deb bola 
yura boshlaganda yo‘llariga gullar sochilgan, «boy bo‘lsin!» 
deb bolaning ustidan pullar sochilgan, «kasalga chalinmasin!» 
deb 
isiriq tutatishgan, 
«omon bo‘lsin!» 
deb 
duolar 
o‘qishgan. Bolani birinchi qadam qo‘yishini marosim sifatida 
nishonlashning o‘ziga xos ramziy ma’nosi ham bor. Birinchi 
qadam bolaning shunchaki oddiy harakati bo‘lib qolmay, 
kelajakda qilinadigan ko'plab ishlaming debochasi deb ham 
qaralgan. 0 ‘zbekistonning turli hududlarida «birinchi qadam» 
marosimi turlicha o‘tkazilib kelingan. Ayrim joylarda bu 
tadbir faqat ayollar va bolalar ishtirok etadigan kichik oilaviy
159


marosim sifatida uyushtirilgan, unda erkaklar qatnashmagan. 
Tog‘li qishloqlarda esa «Birinchi qadam» katta anjumanga 
aylanib ketgan.
«Birinchi qadam» marosimi madaniyat uylari, bolalar 
bog‘chalari va oilalar bilan hamkorlikda keng doirada 
o‘tkazilsa, yanada qiziqarli bo‘ladi.
Sunnat toyi.
0 ‘qil bolalar hayotida eng muhim 
marosimlardan biri sunnat to‘yidir. Sunnat to‘yi turli joylarda 
turlicha — «xatna to‘yi», «qo‘lni halollash», «o‘g‘il to‘yi» kabi 
nomlar bilan yuritiladi. Sunnat islom dini paydo bo‘lishidan 
ham 
ilgari 
mavjud 
bo‘lgan. 
Sunnat 
qilish 
qadimiy 
zamonlarda o‘g‘il bolalaming bolalikdan o‘spirinlikka o‘tish 
davrida o‘tkazilgan. Xatna paydo bo‘lishi haqida «Injilda» 
shunday fikrlar bildirilgan: olamning paydo bo'lishi davrida 
Ibrohim payg‘ambarga xudodan vahiy kelgan. Unga ma’naviy 
poklanish ramzi sifatida xatna qildirish buyurilgan ekan. 100 
yoshli Ibrohim payg‘ambar o‘zini, uch yoshli o‘g‘li Ismoilni, 
shuningdek, qul va xizmatkorlami xatna qildirgan. 50-70 
yillarda xatna rasmiy doiralarda reaksion odat deb qabul 
qilingan bo‘lsada, bu xususida norasmiy tortishuvlar yaqin 
yillargacha davom etdi. Faqat 1988-yildan boshlab xatna 
foydali deb tan olinib, 0 ‘zbeksiton Sog‘liqni saqlash Vazirligi 
buyrug'i bilan shifoxonalaming jarrohlik, urologiya bo‘limlari 
xodimlariga xatna qilishga rasmiy ruxsat berildi. Shundan 
so‘ng xatna qilish ochiqchasiga rasmiy o'tkaziladigan bo‘ldi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling