Oila pedagogikasi

bet80/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Beshik toyi.
Qadim zamonlardan har bir oilada o'tkazib 
kelingani tufayli, bu marosim xalq 
madaniy hayotining 
ajralmas qismiga aylanib qolgan. Beshik to‘yi haqida 
ma’lumot berishdan oldin beshikni o‘ziga ta’rif bersak o'rinli 
bo‘lardi. 
Beshik 
insoniyat 
tarixida 
yaratilgan 
buyuk 
kashfiyotlardan biridir. Beshik bolaning 2-3 yoshgacha 
ulg‘ayishi uchun juda foydalidir. U kichik, ixcham bo'lgani 
uchun istalgan joyga ko‘chirib olib borish mumkin. Beshik 
go‘dakni ovutish, erkalash, uxlatish uchun o‘ta qulay tuzi- 
lishga ega. Beshik bolani tashqi ta’sirlardan himoya qiladi 
(sovuqdan, issiqdan, zaxdan). Beshik bolani ho‘l-oyoq hara- 
katlaridan bexos cho'chimay, biror narsaga urilmay, yotgan 
joyida ag‘darilib ketmay, quruq osoyishta uxlashiga imkon 
beradi.
Chaqaloq tug‘ilgandan keyingi muhim tadbirlardan bin -
bolani beshikka solish marosimi va beshik to'yidir. Tosh- 
kentda farzand tug‘ilganiga 7 yoki 9 kun to‘lganda bolani 
beshikka solish marosimi o‘tkaziladi. Go‘dakning chillasi 
chiqgach, qudalarning kelishuvi asosida beshik to'yini 
o£tkazish odat tusiga kirgan. Beshik to‘yidan oldin kelinning 
onasi o‘z nabirasi uchun sarpolar tayyorlaydi. Qarindosh
158


urug‘lar ham yoshlik to‘yida chaqaloqqa atab sovg‘alar 
keltirishadi.
Bolaning ilk tishi chiq ishi ham oilada quvonchli vo- 
qeaga aylanadi. Bolaning ota-onasi, qarindoshlari buni katta 
xursandchilik bilan nishonlaganlar: bug‘doy qovurmoch tay- 
yorlab, 
bolalaiga tarqatishgan, 
kampirlami chaqirishib 
guruchli taomlar bilan siylashgan.
0 ‘zbeklarda soch — to‘y bolaning sochini ilk bor olish 
ham ma’lum tartib asosida amalga oshirilgan. Bolaning 
sochini ilk bor buvisi yoki bobosi yaxshi niyatlar bildirib 
olganlar.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling