Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0 ‘zbek toyiari.
Muchal yoshi.
Xalqimizda muchal yoshini nishonlash an’anaviy marosimga aylangan. Muchal yoshini nishonlash umming bir davridan ikkinchisiga o'tish — bolalikdan o'smir- likga o‘tish tantanasi sifatida bayram qilingan. Chunki bu davrdan so‘ng bola vujudida jiddiy tabiiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. U jisman va ma’naviy ulg‘ayadi. 160 Inson hayotiga kun, oy, fasl, yil o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Inson vujudida ham o‘n ikki yil ichida jiddiy o‘zgarish sodir bo'ladi. 12 yil ichida yosh bola oiganizmida jiddiy o‘zgarish va rivojlanish sodir bo‘ladi. 13 yoshdan o‘g‘il bolalar orga- nizmida erkaklik unsurlari, qizlarda esa ayollarga xos xususiyatlar faol rivojlana boshlaydi. Muchal yoshiga bag‘ish- langan marosim oilada ikki quda ishtirokida kamay-sumay navolari, to‘y bolaga maxsus oq liboslar kiydirish, uning bo‘yi barobar oq mato o‘lchash, oq toam va shirinliklar ulashish, isiriq tutatish, duolar o‘qish kabi an’analar asosida o‘tkazilgan. Qadimda muchal yoshiga bag‘ishlangan marosim Navro‘z bayrami tadbirlariga qo‘shib o'tkazilgan. «Oq libos- li» muchal yoshini nishonlayotgan yoshlar Navro‘z o‘tkazi- layotgan joyga kirib kelishganida barcha ulami qutlashgan. Kichik yoshli bolalar ularga- bahor gullarini taqdim etishgan. Muchal to‘yining yakunida 7-8 muchal yoshini yashagan qariyalar (taxminan 70 yoshdan oshgan) o‘smirlami duo qilganlar. Mustaq illikga erishilib, milliy qadriyatlar tiklana bosh- lagandan so‘ng «Muchal yoshi» nafaqat oila a’zolari davrasida, balki maktablarda ham ota-onalaming ishtirokida Navro‘z bayrami arafasida nishonlanmoqda. Bu kabi yangi tadbirlar ko‘pgina maktablaming an’anaviy bayramlariga aylanib bormoqda. 0 ‘zbek toyiari. To‘y - hayotning katta shodiyonasi, oila baxt saodati va farovon turmush ramzi, hayotning eng quvonchli damlaridir. Xalqimizda qadimdan «Beshik to‘yi», «Nikoh to‘yi», «Payg‘ambar yoshi to‘yi» kabilar bo‘lgani ma’lum. Hozirda nikoh to‘ylarining yangicha, zamonaviy shakllari qaror topmoqda. To‘ylami o‘ziga xos bayram tarzida tashkil etish, ulami tartibga solish, ixchamlashtirish 161 ayniqsa badiiy jihatdan boyitish davr talabidir. Yurtboshimiz I.A.Karimovning 1998-yil 28-oktabrdagi to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlami o‘tkazishni tar- tibga solishga bag‘ishlangan farmonlari ajdodlarimizning oilaviy qadriyatlami tiklash, mazmun va mohiyatini bozor iqtisodi talablari darajasida shakllantirishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling