Oila pedagogikasi


Oilada bolalar o ‘yinlarini tashkil etish

bet90/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Oilada bolalar o ‘yinlarini tashkil etish
Oila - bu muqaddas dargoh bo‘lib, uning asosiy muam- 
mosi bola shaxsini har tomonlama tarbiyalashga erishishni 
ta’minlashdan iborat. Bugungi kunda barkamol shaxsni 
tarbiyalash davlatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan 
biridir. Ma’lumki, oilada bolalaming asosiy vaqti kattalar
178


mehnatiga yordam berish, tevarak-atrofdagi voqea va hodi- 
salarga nisbatan o‘z munosabatlarini o‘yin jarayoni orqali aks 
ettirish, ularga taqlid qilish bilan o'tadi.
0 ‘yin - bolalaming har tomonlama rivojlanishining 
muhim vositasi fiamda asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
0 ‘yin - uzoq davrlardan beri, mashhur olimlar, pedagog- 
psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat 
arboblari diqqatini o‘ziga qaratib kelgan.
0 ‘rtaOsiyo madaniyati tarixida farzand tarbiyasiga juda 
katta e’tibor qaratilganligi, mashhur allomalardan Abu Nasr 
al-Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf 
Xos Hojibning «Qutadg'u bilig, baxt keltiruvchi bilim», 
Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» («Haqiqat sov- 
g'alari») kabi jahonga mashhur asarlarida xalqimizga xos 
bo'lgan farzand tarbiyasining muhim omillari ustida fikr 
yuritganlar.
Xalq pedagogikasi chuqur o‘rgatilganda, mutafakkir- 
laming farzand ta’lim tarbiyasi va odob-axloqqa oid asar­
larida, o‘zbek xalqi bolalami taibiyalashda tarbiyaviy ishning 
eng ta’sirchan uslubi-o‘yin shaklidan juda keng foydalan- 
ganligini ko'ramiz.
Bola tarbiyasida o‘yinning o‘ziga xos xususiyatlari va 
turlari mavjud. 0 ‘yin mazmuni va tashkiliy ko‘rsatkichi 
darajasiga ko‘ra: xalq milliy harakatli o‘yinlari, ijodiy 
o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, ermak-ovutmachoq o‘yinlar, 
sanamalar xalq og‘zaki ijodidagi o‘yin turlari mavjud.
0 ‘zbek xalqi bolalami taibiyalashda an’anaviy o‘yin 
turlaridan, (o‘g‘il va qiz bolalami o‘ziga xos xususiyatlarini 
tarbiyalashda) tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan foyda- 
langanlar. 0 ‘g‘il bolalami uddaburon, chaqqon, topqir, 
qizlami mehr-shavqatli, uy ishlariga kirishimli qilib tarbiya-
179


langan. Ulami hayotga, turmushning og‘ir yengil sinovlariga 
tayyorlab borishga katta e’tibor qaratilgan. Bunday jarayon- 
larda ota-onaning shaxsiy namuna bo‘lishi, mehnatga 
chiniqtirishi, mehnatga o‘rgatish kabi tarbiya shakllaridan 
unumli foydalanilgan.
0 ‘yin - doimo hayotni aks ettiradi. 0 ‘yin o‘zining kelib 
chiqishiga ko‘ra, yo‘nalish va mazmuniga ko‘ra ijtimoiy 
voqelik hisoblanadi. 0 ‘yin jarayonida bolaning psixik bilish 
jarayoni, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji, qiziqishlari, ta’sirchanligi
— uning butun shaxsiyati shakllanadi. Bola o‘yinda amamliy 
ehtiyojlarga qaram bo‘lmaydi. Bunda u o'zining bevosita 
ehtiyoji va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bolalaming o'yinlari 
o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi.
Bolalar mustaqil ijodiy o‘yinlami ko‘proq o'ynaydilar. Bu 
o‘yinlami bolalar o‘zlari o‘ylab chiqadilar. Bolalar o‘z 
taassurotlari, ko‘rgan-eshitgan, his qilgan narsalarga nisbatan 
o‘z munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalaming ijodiy 
o‘yinlarini mazmuni va syujetiga ko‘ra 3 guruhga bo'lish 
mumkin.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling