Oila pedagogikasi

bet93/203
Sana24.10.2023
Hajmi
#1719136
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   203
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

1-2 yoshli bolalar 
bilan o‘ynaladigan o‘yin turlariga: 
«Barmoqqa-barmoq», «Goz-g‘oz», «Goz tursin», «Bo‘p- 
bo‘p», «Toy-toy», «Poezd», «Achom-achom» bo‘lib bu 
o‘yinlar, go‘dak endi bir-ikki qadam tashlashni o‘rganayotgan 
vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam beradigan o‘yinlar 
hisoblanadi.
3-4 yoshli bolalar 
bilan «Ot o‘yin», «Kesak qo‘ydi», 
«Ko‘z boylagich», «Choriy chambar», «Awalakam», «Tayoq 
irg‘itish», «Quloq cho‘zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga 
keldi», «Uchdi-uchdi» o‘yinlaridir.
4-5 yoshli bolalar 
bilan «Chir aylanma», «Chillak», 
«Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o‘yin», «Ko‘pkari», «Ber- 
kinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan» o‘yin- 
laridir.
Katta yoshdagi bolalar uchun 
- «Chavandozlar», 
«Doiraga tort», «Do‘ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», 
«Oq terakmi, ko‘k terak» o‘yinlari orqali bolalarda chaq- 
qonlik o‘z-o‘zini boshqara olish va o‘ziga ishonch tar- 
biyalanadi, qat’iyatlilik ko‘nikmalari shakllanadi, fikrlashga 
o‘rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozir- 
javob bo‘lishga tayyorlanib boriladi.
Xalq harakatli o‘yinlarini tashkil etish va bolalarga o‘r- 
gatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur.
1. Bolani ruhiy jihatdan o‘yinga tayyorlash.
2. 0 ‘yin jarayonida bolalaming jismoniy tayyorgarligi va 
yosh xususiyatlariga e’tibor berish.
186


3. Har bir o‘yinning pedagogik tomonlarini nazardan 
qochirmaslik.
4. 0 ‘yinlami ijtimoiy foydali mehnat bilan bog‘lagan 
holda hayotga tadbiq etish.
5. 0 ‘yin davomida o‘zaro munosabatlami yanada mus- 
tahkamlash.
6. Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfa- 
atiga hurmat va e’tiborli bo‘lish.
Milliy harakatli o‘yinlaming sport ko‘rinishidagi turla- 
ridan «Kurash», «Chavandozlar» bolalarda kuchli va chaq- 
qon, halol harakat qilish malakalarini orttiradi. 0 ‘zbek 
xalqining ermak va ovutmachoq o‘yinlaridan asosan bolaning 
ilk yosh davridan boshlab shug‘ullanib boriladi. Bu o‘yinlar 
asosan kattalaming bevosita rahbarligida harakat va so‘z- 
laming 
uyg‘unlashuvi 
natijasida 
o‘ynatiladi. 
Masalan: 
«Barmoqlar», «Sichqon-sichqon» o'yinlari orqali bolalarda 
xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasawurlari о‘sib 
boradi. Xalqimizda «Bolaning ilonni changallaydigan davri» 
degan ibora bor. Bu hikmat bola hali qo'rqish hissini 
bilmaydigan davrida, ya’ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan 
vaqtida qo‘llaniladi. Xuddi shu davrda «Sichqon-sichqon» 
o‘yini qo‘l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro‘moldan yasalgan «sichqon»- 
ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar. 
«Sichqon»ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda 
chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go‘- 
dakka sichqon shakli va uning juda yugurdakligi to‘g‘risida 
tasawur hosil qilishga ko‘maklashadi. Ermak o‘yinlardan 
«Oymo‘ma», «Boqqa kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», 
«Boylandi», «Chapakka-xo-chapakka» - orqali bolalami 
muloqotga o‘rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalami eshitish,
187


ko‘rish, sezish, his qila olish kabi sensor holatlari faollashadi. 
Bolalaming nutq faolligini o‘stirish maqsadida aytishma 
0
‘yinlaridan keng foydalaniladi. Bunday o‘yinlarga «Boy- 
landi», «Xolam keldi», «Mundi-mundi», «Bulbulim-bulbu- 
lim», «Ko‘z boylog‘ich», «Oq sholi, ko‘k sholi», «Ada 
xormang»lar kiradi. Yana, xalqimizda azal-azaldan o‘ynab 
kelinadigan 
so‘z 
o‘yinlaridan 
«Yarashtirgich»lar 
hali- 
hanuzgacha bolalar orasida «tinchlik — yarashuv» timsoli 
sifatida qo‘llaniladi. Bu o‘yinlar bolalar tilidan ana shunday 
jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq,
U olavermadi har choq.
Toychog'imni kim olsa,
Men u bilan chin o‘rtoq.
Yalinchoq-yalinmachoq,
Pista po‘choq.
Qilichmi, to'qmoq, qirq yilgacha o‘rtoq,
To‘qmoq - to‘qson yilgacha o‘rtoq.
Bolalar matematik tasawurlarini o'stirishga yordam bera- 
digan o'yin turiga «Sanamalar» kiradi. Bu o‘yin jara-yonida 
bolalar she’riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tarzida 
foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalaming tasawurlari, 
fikrlash doiralari kengayib, she’riy ohangda to‘g‘ri javob 
qaytarishga o‘igatilib boriladi. Asosan bu o'yinlar quyida- 
gicha jaranglaydi:
Dadamu-oyim,
Bor ikkita singlim.
Bahodir, Dildor,
188


Bog'chaga ketar,
Sanab ko‘r chaqqon,
Bizlar nechta jon.
0 ‘zbek xalqi nihoyatda so'zga chechan, topqir bo‘lib, 
o'zining al-yom-qo ‘ shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti 
sifatida xalq orasida mashhur bo‘lgan «Qiqillamalar»dir. Bu 
so‘z o‘yinlarida sodir bo‘layotgan voqea hodisalar, kechin- 
malar she’riy ohangda ijro etiladi. Masalan:
Shov-shov etadi ariq,
Karim ekadi tariq.
Yoki
Echki keladi ma’rab,
0 ‘z egasiga qarab.
Ota-onalar o‘z farzandlari bilan xalq o‘yinlaridan oqilona 
foydalansalar, bolalami har tomonlama kamol topishida 
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda 
bolaning taibiyasida, har tomonlama rivojlanishida o‘yin- 
choqlaming ahamiyati ham beqiyosdir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling