Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sunnat toyi.
Birinchi qadam bayrami.
0 ‘zbek xalqining farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor berishi bolaning ilk bor mustaqil qadam qo‘yishiga bag‘ishlangan marosimda ham o‘z aksini topgan. Ota-bobolarimiz bu marosimda «bolaning beli baquwat bo‘lsin deb, beliga belbog£ boglashgan», «to‘qlik bo‘lsin, bola ocharchilikni bilmasin!» deb mazali kulchalami kichkintoylarga tarqatishgan, «suvdek serob bo‘lsin!» deb marosim o‘tkazilgan vaqtda bolaning qadam bosgan yerlariga suv sepishgan, «bolaning hayoti shirin bo‘lsin!» deb bolaning boshidan shirinliklar sochishgan, «chiroyli bo‘lsin!» deb bola yura boshlaganda yo‘llariga gullar sochilgan, «boy bo‘lsin!» deb bolaning ustidan pullar sochilgan, «kasalga chalinmasin!» deb isiriq tutatishgan, «omon bo‘lsin!» deb duolar o‘qishgan. Bolani birinchi qadam qo‘yishini marosim sifatida nishonlashning o‘ziga xos ramziy ma’nosi ham bor. Birinchi qadam bolaning shunchaki oddiy harakati bo‘lib qolmay, kelajakda qilinadigan ko'plab ishlaming debochasi deb ham qaralgan. 0 ‘zbekistonning turli hududlarida «birinchi qadam» marosimi turlicha o‘tkazilib kelingan. Ayrim joylarda bu tadbir faqat ayollar va bolalar ishtirok etadigan kichik oilaviy 159 marosim sifatida uyushtirilgan, unda erkaklar qatnashmagan. Tog‘li qishloqlarda esa «Birinchi qadam» katta anjumanga aylanib ketgan. «Birinchi qadam» marosimi madaniyat uylari, bolalar bog‘chalari va oilalar bilan hamkorlikda keng doirada o‘tkazilsa, yanada qiziqarli bo‘ladi. Sunnat toyi. 0 ‘qil bolalar hayotida eng muhim marosimlardan biri sunnat to‘yidir. Sunnat to‘yi turli joylarda turlicha — «xatna to‘yi», «qo‘lni halollash», «o‘g‘il to‘yi» kabi nomlar bilan yuritiladi. Sunnat islom dini paydo bo‘lishidan ham ilgari mavjud bo‘lgan. Sunnat qilish qadimiy zamonlarda o‘g‘il bolalaming bolalikdan o‘spirinlikka o‘tish davrida o‘tkazilgan. Xatna paydo bo‘lishi haqida «Injilda» shunday fikrlar bildirilgan: olamning paydo bo'lishi davrida Ibrohim payg‘ambarga xudodan vahiy kelgan. Unga ma’naviy poklanish ramzi sifatida xatna qildirish buyurilgan ekan. 100 yoshli Ibrohim payg‘ambar o‘zini, uch yoshli o‘g‘li Ismoilni, shuningdek, qul va xizmatkorlami xatna qildirgan. 50-70 yillarda xatna rasmiy doiralarda reaksion odat deb qabul qilingan bo‘lsada, bu xususida norasmiy tortishuvlar yaqin yillargacha davom etdi. Faqat 1988-yildan boshlab xatna foydali deb tan olinib, 0 ‘zbeksiton Sog‘liqni saqlash Vazirligi buyrug'i bilan shifoxonalaming jarrohlik, urologiya bo‘limlari xodimlariga xatna qilishga rasmiy ruxsat berildi. Shundan so‘ng xatna qilish ochiqchasiga rasmiy o'tkaziladigan bo‘ldi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling