Reja: Botir Zokirov katta talant sohibi, yuksak ehtiros farzandi
Download 81.56 Kb.
|
Nigina
MAVZU: Botir Zokirov hayoti va ijodiReja: 1. Botir Zokirov katta talant sohibi, yuksak ehtiros farzandi. 2. Botir Zokirov O`zbek estradasi san`atining asoschilaridan biri. 3. “Kuylamoq - men uchun yashamoq!” 4. Xulosa O‘zbek professional estrada san’ati asoschilaridan biri, dunyo tan olgan estrada yulduzi Botir Zokirov 1936-yil 26-aprelda Toshkent shahrida san’atkorlar oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Karim Zokirov o‘zbek opera san’atining sarbonlaridan biri, onasi Shohista Saidova o‘zbek xalq qo‘shiqlari, laparlari va yallalarining ajoyib ijrochisi edi. Umuman Zokirovlar oilasi o‘zbek xalqining musiqa madaniyatiga salmoqli hissa qo‘shgan sulola sanaladi. Botir Zokirovning bolaligi, yoshligi, san’at muhitida o‘tadi. Uning xotirasi va eshitish qobiliyati juda kuchli edi. Rasm chizishga, she’r yozishga ishqiboz edi. San'atda birinchi ustozlari otasi Karimjon aka, onasi Shohista opa bo‘ldilar. U yoshlikdan qo‘shiqni dildan sevib kuylashni odat qildi. Uning birinchi qo‘shig‘i «Qaydasan, seni kutaman» deb atalgan. O‘n to‘rt yoshida u «Majnun» deb nomlangan suratni chizdi. 1952- yili Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakultetiga o‘qishga kirdi.O‘sha davrda estrada san'atida qaldirg‘och sanalgan «Yoshlik» estrada ansambliga qatnay boshladi. 1958-yilda shu ansambl bazasida O‘zbekiston Davlat estrada orkestri tuzildi. Orkestrni tuzishda Botir Zokirov jonbozlik ko‘rsatdi. 1957-yilda Moskvada o‘tkazilgan o‘zbek dekadasida mashhur arab kompozitori Dorish Al- Attoshning «Arab tangosi» qo‘shig‘i birinchi marta yangradi va chaqmoq kabi Botir Zokirov nomini qo‘shiqsevarlar qalbiga olib kirdi. Botir Zokirov O‘zbek milliy estrada san'atini rivojlanishini jon dilidan istar edi. U faqat xalqona milliy estrada san'atining tarafdori edi va bu haqda kuyinib matbuotda fikrlarini bildirar edi. Shu yo‘lda tinimsiz izlanar edi. Umrining oxirgi yillarida ukasi Farrux Zokirov rahbar bo‘lgan mashhur «Yalla» ansambli bilan birgalikda ijod qildi. U sahnaga qanday yonib chiqqan bo‘lsa, umrinihg oxirigacha shunday yonib kuyladi. Hamisha har qanday vaziyatda iymoniga, e'tiqodiga, o‘ziga sodiq qoldi. Bu buyuk san'atkor o‘zbek estradasiga asos soldi. Yoshlikdan chirmab olgan surunkali kasallik natijasida 49 yoshida olamdan o‘tdi. «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni bilan, vafotidan so‘ng prezidentimiz farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan. Yosh estrada xonandalarining Botir Zokirov nomidagi ko‘rik- tanlovi har yili o‘tkazilib turiladi.Download 81.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling