Reja: Botir Zokirov katta talant sohibi, yuksak ehtiros farzandi


Download 81.56 Kb.
bet3/3
Sana13.02.2023
Hajmi81.56 Kb.
#1192620
1   2   3
Bog'liq
Nigina

Kinoaktyor sifatida Yosh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindranat Tagor ("Olovli yoʻllar"), Abdullo ("Dahoning yoshligi") kabi obrazlar yaratgan. "Oʻzbektelefilm" studiyasi B. Z.ga bagʻishlangan "Menga qoʻshiq chizib ber" va "Aytilmay qolgan qushiq" hujjatli filmlarni, oʻgʻli Bahodir Zokirov "Oʻsha oʻtgan kunlar" filmini suratga olgan. Toshkent koʻchalaridan biriga B. Z. nomi berilgan. Shuningdek, Jizzaxdagi sanʼat bilim yurti, Samarqanddagi yoshlar sanʼat markazi uning nomi bilan yuritiladi. 1994 yil B. Z. nomida estrada orkestri tashkil etildi (hozirgi "Oʻzbeknavo" qoshida). Fransiya, Avstriya, Germaniya, Kuba, shuningdek, Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. 1995 yil "Botir Zokirov jamgʻarmasi" tashkil etidi. 1989 yil dan uning nomida zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovi oʻtkaziladi.


Botir Karimovich Zokirov — atoqli o‘zbek, sovet xonandasi, rassom va adabiyotshunos. O‘zbek SSR xalq artisti (1965). Turli janrlarda qo‘shiqlar kuylagan: o‘zbek xalq qo‘shiqlari, o‘zi bastalagan qo‘shiqlar, o‘zbek va rus bastakorlarining qo‘shiqlari, shuningdek, xorij shlyagerlarini, asosan, asl ko‘rinishida kuylagan, zero, bir nechta xorij tillarini bilgan.
Xalqning sevimli san’atkori, uni o‘zbek bulbuli deyishgan. Nafaqat ona yurtida, balki chet davlatlarda ham hanuz xotirlashadi.
Bugungi kunda ham ko‘z o‘ngimizda yosh timsolda gavdalanuvchi xonanda. Uning qo‘shiqlari hanuz jaranglaydi, qilgan xayrli ishlari esa yashashda davom etmoqda.
Taniqli o‘zbek rassomi, qo‘shiqchi, aktyor va adabiy arbob, O‘zbekiston xalq artisti.
1956 yil “Yoshlik” yoshlar ansamblini tashkil etadi va tez orada shuhrat va e’tirof qozonadi. Xonandani ovozini bir eshitgan odam, albatta, uning ovozini eslab qolar, qo‘shiqlariga mehr qo‘yar edi. U qalb tubidan larzaga soluvchi toza, ta’sirchan, allaqanday betakror, “bulbuligo‘yo” yumshoq-ovoz tembriga ega bo‘lgan.
1957 yil Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro yoshlar va talabalar festivalida u ilk bor “Arab tangosi”ni ijro etgan. Plastinkaga yozib olingan bu qo‘shiq yashin tezligida dunyo bo‘ylab tarqadi va uning iqtidori shinavandalari tomonidan hanuz sevib kelinadi.
50-60-yillar oxiriga kelib, u turli janrlardagi ijrochi sifatida SSSR da juda mashhur bo‘lgan.
Tabiat uni servirra iqtidor ila siylab, eng yorqin qirralarni — noyob ovozni taqdim etgan. U bor vujudi bilan kuylagan: opera ariyalari, o‘zbek xalq qo‘shiqlari, sovet bastakorlarining qo‘shiqlari, xorij shlyagerlari. Uning ovozi radio va televideniyalarda jaranglagan, konsertlari havaskorlari orasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan, yakkaxon konsertlarida ortiqcha qadam bosishga joy bo‘lmagan.
Xonandaning boy repertuari ham hayratga solar edi. Ushbu repertuardan mohirona ijrodagi o‘zbekcha qo‘shiqlarigina o‘rin olmagan — hozirgacha hech kim uning go‘zal va ifodali ijrosi bilan raqobatlasha olmaydi. 60-yillar o‘zbek estradasida aynan uning ijrosida italyan, fransuzs, ispan, rus, yunon tilidagi qo‘shiqlar jaranglay boshlagan.
Botir Zokirov O‘zbekiston Davlat estrada orkestrining tashkilotchilaridan biridir. O‘zbek estrada san’atining rivoji uning ijodi ila boshlangan bo‘lib, milliylik mavzusiga yuzlangan o‘ziga xos milliy chizgilari bilan ajralib turadi.
1972 yil Botir Zokirov Toshkent shahrida Sharqdagi ilk Musiqiy-xollni yaratib, uni boshqargan, shuningdek, rejisyori, badiiy rahbari va yetakchi xonandasi ham bo‘lgan. U sharq folklorini zamonaviy estrada yo‘nalishlari ila birlashtirib, musiqachilar va keng omma orasida unga bo‘lgan qiziqish uyg‘otishning uddasidan chiqqan.
Xonanda xali 30 yoshni qarshi olmay, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artisti unvoni bilan taqdirlangan.
B. Zokirov boshqa ko‘plab ijod sohalarida iqtidorli bo‘lgan: tasviriy san’at, rejissura, tavsifchilik.
Kinoda ham suratga tushgan. Botir Zokirov ishtirokidagi eng mashhur filmlardan biri “Dahoning yoshligi” bo‘lib, 1982 yil rejisser Elyor Ishmuhamedov tomonidan suratga olingan. Sevimli xonandamiz bilan birga Baxtiyor Ixtiyorov, Furqat Fayziyev, Ato Muhamadjonov, Ra’no Kubayeva, Vitautas Tomkus, Vasiliy Chxaidze, Djanik Fayziyev, Shuhrat Ergashev, Murod Rajabov, Leonard Babaxanov, Konstantin Butayev, Maqsud Mansurov, Nabi Rahimov, Hamza Umarov, Rustam Urazayev, Javlon Hamroyev, Juna Davitashvili kabilar suratga tushishgan.
Botir Zokirov respublika bo‘ylab ko‘p safar qilgan. Zokirovlar oilasida barcha iqtidorli: Naufal Zokirov, Luiza Zokirova, Faruh Zokirov.
Botir Zokirov hayotdan uzrsiz barvaqt ko‘z yumdi. Yoshligidan og‘ir betob bo‘lgan va go‘yoki, oz muddat ichida istagan barcha ishlarini bajarishga ulgurishga shoshganday. 1985 yil 23 yanvar kuni Toshkent ahli qo‘shiqchi bilan vidolashdi. U Chig‘atoy nodir qabristonidan qo‘nim topdi.
O‘zbekiston Respublikasining sobiq Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Botir Zokirov o‘limidan so‘ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Shuningdek, uning eng katta mukofoti — butun xalq muhabbati va ulug‘ xotirasi bor.










Surxondaryo viloyati
Termiz shahar
1-son ixtisoslashtirilgan maktabning
6-D sinf o’quvchisi
Jo’rayeva Niginaning
Musiqa fanidan tayyorlagan


REFERATI
Mavzu: Botir Zokirov hayoti va ijodi
Download 81.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling