Reja: Botir Zokirov katta talant sohibi, yuksak ehtiros farzandi
Download 81.56 Kb.
|
Nigina
Boy berildi yillar juda ko’p!Boy berildi yillar juda ko’p! Juda! Uzoq yashadim men, tui dengizida Olis yulduzlarning yonnshlaridek YOlqin topurmanmi endi o’zimdan! Peshonamga yuz yil yashash bitganday! Bu epsiz, beboshvoq ko’rlikda mubxam, Gullar ochilishin boy berdim kanday, Inson tabassumi, tavalludin ham, Va bokib epg so’nggi shu’la izidan, Fasli xazon dardi ila so’ylayman: «Men endi har kecha beparvo kezgan SHoshgan yo’lovchimasman», faqat o’ylayman. Demak, gap bundoq, o’z qo’shiklarimda , Kuyladnm men — soya va aks sadoni! Qo’shiklar ne haqda? Ne bor dardimda? Odamlarga ayta olurman neni?» ...Xalqqa xizmat qilmoq uchun Ovozim ham, o’zim x,am yarayman hali, Kuylamoq bu—men uchun yashamoq demak! Biroq boshkalarning ilhomi ila Ko’ngilxushlik qilmoq menga kerakmas! I zlamoq va yaratmoq istayman bu kun so’z san’atimni!.. Botir Zokirov Karim o‘g‘li xonanda (lirik-dramatik tenor), aktyor, rassom. Oʻzbekiston xalq artis-ti (1965). Oʻzbek zamonaviy professional estrada qoʻshiqchi (ijrochi)ligining asoschisi. Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakulteti (1952— 57), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining rej.lik fakulteti (1958—62)da taʼlim olgan. "Yoshlik" ansambli (1957), Oʻzbek davlat estrada orkestri (1958—70) yakkaxon xonandasi. Toshkent myuzikxollining tashkilotchisi, yakkaxoni va badiiy rahbari (1972—78). 1978 yildan "Oʻzbekkonsert"ning yakkaxon xonandasi.B.Z. oʻta taʼsirchan tembrli, shirador ovozga ega boʻlgan. Ijro etgan qoʻshiklarining aksariyatini tugal va teran lirik-dramatik asar darajasiga koʻtara olgan. Repertuaridagi qator qoʻshiqlar kompozitorlar tomonidan B. Z. hamkorligida, uning ovoziga moʻljallab yaratilgan. Ijodida oʻzbek kompozitorlarining romans va qoʻshiqlari muhim oʻrin tutadi: M. Burhonov — "Maftun boʻldim", "Namedonam, chi nom dorad"; I. Akbarov — "Yor kel", "Raʼno", "Gazli", "Seni eslayman"; Sayfi Jalil — "Majnun monologi", "Kechalar yulduz sanab" va boshqa Shuningdek, estrada uslubida kayta ishlangan hind ("Nechun xayolga choʻmding?", "Dil orzusi", "Meychale"), eron ("Maro bebus", "Ayriliq qoʻshigʻi"), misr ("Arabcha tango", "Uyqum oʻgʻrisi"), suriya ("Oʻtmishimga yigʻlayman"), livan ("Goʻzal qiz"), meksikan ("Alvido muhabbat"), italyan ("Yashasin muhabbat") qoʻshikdarini, chet el mualliflaridan E. Masias, J. Brel (Fransiya), Choudhuri, R. Shankar (Hindiston), Fatxulla Sulaymon (Suriya), Farid al-Atrash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D. Ristich (Yugoslaviya) asarlarini original (har birini oʻz tilida) ijro etgan. B. Z.ning rassom sifatida yaratgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik koʻchasi", "Chor minor" kabi asarlari maʼlum. Bir qancha hikoya, ocherk va sheʼrlar, shuningdek, "Soʻgʻd elining qoploni" operasi (Ik. Akbarov)ning librettosini yozgan. " Kichik shahzoda" (A. de Sent-Ekzyuperi), "Soya" (Ye. Shvars) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.Download 81.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling