Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
manzarasi namoyon
bo‘ladi. Xo'jalikni rejali boshqarish borasidagi suhbatimiz nihoya- sida oilalaiga, ayniqsa, yosh oilalarga shuni uqtirib o‘tmoq- chimizki, ro‘zg‘or ishlarida shaxsiy tajribangizdan qimmat- liroq tadbir bo'lmaydi. Uyga ham xuddi boshqa mashg‘ul bo'lgan sohalardek xo‘jalik, tejamkorlik, hisob-kitob, keraksiz 106 xarajatlarga yo‘l qo'ymaslik, isrofga qarshi qattiq turish nuqtayi nazaridan munosabatda bo'lgandagina ahamiyati katta bo‘ladi. Eslatib o‘tamizki, dastlab bu ishni amalga oshirish ancha og‘ir kechadi. Har holda odam o‘zini o‘zi nazorat qilib borishi, «haddan oshmasligi», misol uchun daromadga qarab buromad, tiyilib yurishi, hozirgi huzuriga berilib ketmasiligi, bo‘lar-bo‘lmasga pul sarf qilavermasligi kerak. Oila ro‘zg‘orini rejali olib borishni o‘rganib olish osonlikcha kechmaydi, albatta. Ammo rejali xo‘jalik yuritish zaruriyatdir. Bunday qilish oilaning manfaatlari uchun ham zarurdir. Bu umumdavlat miqyosida ham muhim ish bo‘lib, o‘ziga tegishli pulini hisob-kitob qilolmaydigan, pala-partish ish tutib, isrofga yo‘l qo‘yadigan kishilar jamoa mulkiga ham shunday munosabatda bo‘lishlari turgan gap. E’tibor bergan bo‘lsangiz uy-ro‘zg‘or ishlari anchagina hisoblashlami, o‘ziga yarasha bosh qotirib, o‘ylashni talab qiladi. Bunda ishni osonlashtirish uchun, albatta, mikrokal- kulatordan foydalanish lozim. Bunday hisoblash texnikasi oila xo‘jaligini oqilona bosh- qarish, masalliqlami tejab-tergab ishlatish, ko‘pgina vaqtdan yutish imkonini yaratadi. Yolg‘iz bir oyda sarflangan elektr quwatini hisoblab chiqish uchun anchagina vaqt sarflanadi. Bunga yana ijara puli, telefon uchun to‘lov va boshqa xara- jatlami hisoblashlami qo'shadigan bo'lsak, ancha vaqt ketib qoladi. Mikrokalkulatorda esa bu ishni sanoqli daqiqalarda amalga oshirish mumkin. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling