Oila psixologiyasi
II.BOB. PSIXIKANING EVOLUTSIYADA RIVOJLANISHINING NAZARIY YONDASHUVLARI
Download 291.5 Kb.
|
Psixika haqida tushuncha
II.BOB. PSIXIKANING EVOLUTSIYADA RIVOJLANISHINING NAZARIY YONDASHUVLARI
2.1. Psixika materiya evolyutsiyasining natijasi ekanligi Jamiki materiya, jonsiz anorganiq materiyadan tortib, to organiq materiyaning Yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo‘lmish aks ettirish xususiyatiga, ya’ni turli ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o‘zaro mexaniq fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Tirik materiyaga o‘tishda harakatning shakli sifat jihatdan o‘zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining ma’lum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli bo‘lmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, o‘simliklardan tortib hayvonlargacha evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo‘lgan seskanuvchanlik xususiyatiga ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo‘lgan ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bo‘lib, ular tashqi muhit ta’siriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit ta’sirida hujayra protoplazmasininng xususiyati o‘zgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaktsiya qilish usullariga tropizm deb ataladi. Tropizmlar har xil bo‘ladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik ta’siri ostida harakat qilishga moyilligidir, xemotropizm - ma’lum fizik - kimyoviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm tirik organizmning mexaniq qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar o‘simliklarning o‘z-o‘zini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda ta’sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. Yuksak tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a’zolari tarkib topadi. Narsalarning organizm uchun aslida befarq, ya’ni organiq ehtiyojlarini qondirmaydigan belgilari (hidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Hayvonlarda o‘simliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli ancha ko‘p ta’sirlarni aks ettirish vujudga keladi. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) bo‘lgan yorug‘likka reaktsiya qilishlari kuzatilgan. Tajriba quyidagicha o‘tkazilgan: suv to‘ldirilgan nayga sodda hayvonlar joylashtirilib, naychaning bir tomoni isitilgan, Bir hujayrali hayvon termotropizmga ega bo‘lganlari tufayli tezlik bilan naychaning iliq tomoniga o‘tib olganlar. Naychaning bir tomoni isitilish bilan birga bir vaqtda yoritilib ham borilgan. Oddiy sharoitda yoruqlikka neytral munosabatda bo‘luvchi infuzoriyalarga yorug‘lik bilan birgalikda ular uchun qulay bo‘lgan issiqlik bir necha marta ta’sir ko‘rsatilgan taqdirda infuzoriyalar issiqlik ta’siridan qat’iy nazar yorug‘likka to‘planaverganlar. Bu sensor bosqich bo‘lib hisoblanadi. Sensor bosqich uchun harakterli xususiyat shundan iboratki, bu bosqichda organizm narsalarning o‘zini emas, balki alohida xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday aks ettirish evolyutsion taraqqiyotning quyi darajasi - to‘rsimon va ganglioz asab tizimiga ega hayvonlarda kuzatiladi. Masalan: Biror bir hashorot o‘rgimchak to‘riga tushishi bilan uni o‘z ipi bilan o‘ray boshlaydi. Ko‘pgina tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, o‘rgimchak uchun faqat bir xususiyatlar, to‘r orqali beriladigan tebranish, vibratsiya ahamiyatlidir. Tebranish to‘xtashi bilan o‘rgimchak ham o‘lja tomon harakatlanishdan to‘xtaydi. Keyingi bosqich pertseptiv yoki idrok qilish bosqichi deb ataladi. Bu bosqichga mansub hayvonlar atrof - muhitning ayrim xususiyatlarini emas, balki ularni butun narsalar sifatida aks ettiradi. Keyingi bosqich - intellektual bosqichi (aql) bo‘lib, Yuksak darajada rivojlangan hayvonlarga, ya’ni odamsimon maymunlarga xosdir. Psixikaning muhit va a’zolar tuzilishiga bog‘liqligi Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan, bu hol organizmlarning differentsiallanishiga olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud sharoitga moslashadi. O‘z - o‘zini boshqarish oddiy ta’sirlanuvchanlikdan boshlanib, o‘zining Yuksak taraqqiyotiga erishadi. Aks ettirish usuli qanchalik Yuksak bo‘lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta’siridan shunchalik ozod bo‘ladi. Muhitdagi haroratning o‘zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaktsiyalar tezligi ham o‘zgaradi: harorat ko‘tarilsa, reaktsiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaktsiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo‘ladi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o‘zgarishi bilan bir joydan 2 - joyga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Masalan: kemiruvchilar erni chuqur kavlab ichkariga kirib ketadi. Bunda instinkt ta’sir qiladi. YOzning issiq kunida fil o‘ziga suv sepib turadi. Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo‘lgan bog‘liqlikdan batamom quto‘la olmaydi. Muhit tirik organizmning yashash sharoiti, tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir. Aks ettirishning adekvatli (mos) bo‘lishi avvalo psixikaning moddiy asosi sezgi a’zolari va asab tizimining tuzilishiga bog‘liqdir. Retseptor ma’lum bir turdagi qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga qanchalik to‘g‘ri reaktsiya qilsa, organizmning reaktsiyasi ham shunchalik adekvat, ya’ni mos bo‘ladi. Retseptorlarning taraqqiyoti ma’lum darajada biron tipdagi asab tizimi taraqqiyoti bilan bog‘liq. Sezgi a’zolari va asab tizimi taraqqiyoti darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirish darajasini belgilaydi. To‘rsimon asab tizimiga ega bo‘lgan hayvonlar asosan tashqi ta’sirotlarga tug‘ma ravishda javob qaytaradilar. Vaqtli aloqalar ularda qiyinchilik bilan yuzaga keladi va yomon saqlanadi.[1] Taraqqiyotning navbatdagi pog‘onasida asab tizimida bir qator sifat o‘zgarishlar yuzaga keladi. Tuguncha shaklidagi nerv hujayralari asab tizimining ko‘proq miqdordagi qo‘zg‘atuvchilarni qabo‘l qilish va qayta ishlash imkoniyatini beradi. CHunki bunday asab tizimi uchun muhit qandaydir o‘zgarmaydigan doimiy narsa emas. Har qanday materiya kabi muhit ham evolyutsion taraqqiyotdadir. evolyutsion taraqqiyotdagi, ana shu muhitga unda yashovchi hayvonlar moslashadi. Download 291.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling