Oila tarbiya asoslari


Hozirgi o'zbek oilalaridagi tarbiyaning xususiyatlari-


Download 37.41 Kb.
bet5/5
Sana03.12.2023
Hajmi37.41 Kb.
#1801321
1   2   3   4   5
Bog'liq
OILA TARBIYA ASOSLARI

5. Hozirgi o'zbek oilalaridagi tarbiyaning xususiyatlari-ma'naviy merosimizdagi tarbiyaviy g'oyalar rivojiga bir nazar soladigan bo'lsak, qanchalik ma'naviy javohirlarga ega ekanligimizga ishonch hosil qilamiz. Ular tubsiz ummon, bitmas-tuganmas boylikdir. Har bir inson bu ummonga shung'iganda o'zining fel-atvori, dunyoqarashi, bilim saviyasi va boshqa xususiyatlariga qarab ulush olib chiqishi muqarrardir.
Tabarruk manbalarimiz bo'lmish “Quron”, “hadislar”, ajdodlarimiz ma'naviy merosi hisoblangan Qobusnoma, “Shohnoma”, “Temurnoma”, “Boburnoma”, “Guliston”, “Bo'ston”, “Temur tuzuklari”, “Qutadg'u bilig”, «Maqbub ul qulub kabi durdona asarlarni mutolaa qilgan har bir inson tarbiyaning inson shakllanishidagi muhim omil ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Tarbiyaniig murakkabligi hakida Amir Temur “Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko'ra chuqurroq mushohada, undan ham chuqurroq donishmandlik kerakligiga ishonch hosil qildim”- desa, Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida tarbiyaning ahamiyatiga:
“Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”,- deb katta baho beradi. Tarbiyani oiladan shakllantirib borish kerakligi, buning uchun ota-onaning o'zi tarbiyalangan bo'lishi kerakligi hakida uqtiradi.
Bolalarga biror narsani va'da qilgan bo'lsangiz va'daning ustidan chiqish kerak. Bola oldida obro'yingizni to'kmang. Chunki bolalar juda ishonuvchan va beg'ubor bo'ladilar. Sizning bergan va'dangizni sabrsizlik bilan kutadi. Vaqtni, daqiqalarni sanab o'tkazadi. Intizorlik bilan kutgan vaqt kelganda: «Dada, bugun bizni parkka olib borasizmi», desa-yu, sizning bergan va'dangiz esingizdan chiqib ketgan bo'lsa, mulzam bo'lib qolasiz. Shunday holatlar 4-5 qaytarilsa, bolangizning sizga bo'lgan ishonchi yo'qoladi. Gaplaringizga ishonmay qo'yadi. Obro'yingiz ketadi. Shuning uchun o'zingizga ishonmasangiz va'da bermang. Uddasidan chiqa oladigan ishga va'da bering. Bo'lmasa yaxshisi bolani aldamaganingiz ma'qul.. Aks holda bola ham katta bo'lganida odamlarga va'da berib, uni bajarmasa ham bo'lar ekan, degan xulosaga kelib olishlari mumkin.
Farzanlaringizning tug'ilgan kunlarini bir xil mehr bilan teng ko'rgan holda o'tkazishga harakat qiling. Birini ikkinchisidan kam ko'rmasligingiz lozim. Bolalaringizning tug'ilgan kunlarini oilaviy qilib, sodda o'tkazishga o'rgating. Farzandlaringizning tug'ilgan kunida oila a'zolaringizni ishdan yoki o'qishdan vaqtliroq kelishlariga odatlantiring. Oldindan kelishib, farzandingizni tug'ilgan kuni bilan tabriklash uchun unga yoqadigan eng kerakli biron-bir sovg'a xarid qiling. Yoki o'zi anchadan beri olib bering deb yurgan narsasini olib bering. Yaxshi ko'radigan taomi, shirinliklari va mevalarini tayyorlang. Shu kuni tug'ilgan kuni nishonlanayotgan bolangizni kundalik ishlardan ozod qiling. Qolgan farzandlaringiz barcha yumushlarda sizga yordam bersin.
Oila a'zolarining hammasini tug'ilgan kunlarini shunday o'tkazishga ko'nikma hosil qilgan farzandlaringiz keyinchalik tug'ilgan kunlarni o'zlari mustaqil ravishda o'tkazadigan bo'ladilar. Bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli bo'ladilar. Bola-chaqali bo'lganlarida bir-birlarini yo'qlaydigan, bir-birlariga yordam beradigan bo'ladilar. Bolani yoshligidan mehnatga o'rgatib boring. Inson birdaniga mehnatkash bo'lib qolmaydi. Siz buyurib ketgan ishlaringizni bolalaringiz baholi-qudrat bajarib qo'yishibdimi, chala yoki kamchiligi bo'lsa ham eng avvalo o'z xursandchiligingizni bildiring, ma'qul usullar bilan rag'batlantiring. Ishimni qo'limdan oladigan bo'lib qolibsizlar, deb maqtang. Dadasi yoki oyisi, xudoga shukur o'g'il-qizlarimiz katta bo'lib qolishibdi, endi bemalol ularga ishonib ishlarimizni topshiraversak bo'lar ekan, deb bolalarning o'zlarini oldilarida ularning nafsoniyatlariga tegmasdan, bafurja tushuntiring.
Farzandlaringizni iloji boricha mustaqil ishlashga, mustaqil fikr yuritishga o'rgating. Masalan, biror fandan sizdan yordam so'rasa, uni farzandingiz uchun ishlab bermang, faqat tushuntiring. Masalani mustaqi hal qilib bo'lgandan keyin: «Mana o'zing bemalol echsang bo'lar ekanku,-deb ko'nglini ko'tarib qo'ying. Ana shunda farzandingizda o'ziga ishonch hosil bo'la boradi. Farzandlaringizni uy ishlariga o'rgatib boring. Yoshiga qarab qo'lidan keladigan ishlarni buyurib turing.
O'zbekiston sharoitida oilaviy tarbiya mazmunining o'ziga xos tomonlari borki, uni hisobga olmasdan ilojimiz yo'q. Respublikamiz o'zining demokratik, etnik milliy shart-sharoitlari jihatidan ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan: aholining zichligi tez ko'payishi, ko'p farzandlilik, kattalarga hurmat, otaning mavqei, mehmondo'stlik, ayolarni ayash, o'g'il va qiz bolalar tarbiyasining o'ziga xosligi, mehnatga o'rgatish, oilaviy hayotga tayyorlash.
Ota-ona farzandlari nigohida eng buyuk kishilardir. Shuning uchun ular farzandlari oldida eng yaxshi sifatlari bilangina obro' qozonishlari mumkin. Insoniy fazilatlar sohibi bo'lgan ota-ona o'z farzandlari tomonidan bir umr e'zozlanadi.
Bola maktabga kirib, to uni tamomlab chiqqunga qadar ota-ona maktab bilan yaqin aloqa o'rnatishi, farzandining o'zlashtirishi, xulq-atvoridan hamisha xabardor bo'lishi tarbiya masalalari bo'yicha o'qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib, uni darsdan so'ng bolani nima bilan mashg'ulligidan xabardor qilishi lozim. U o'z navbatida o'qituvchi ham bolaniig o'qishi, odobi, xulqi, maktabda o'zini tuti bilishi haqidagi ma'lumotlarni ota-onaga etkazishi, zaruriyat tug'ilganda hosil bo'lgan muammolarni birgalikda hal etishi zarur. Shundagina o'quvchi oldiga bir xil talab qilishiga erishiladi. Bolasi maktabga borgan ota-ona shu jamoaniig a'zosiga aylanadi. Shu sababli ota-onalar maktabning ijtimoiy hayotida faol qatnashishlari shart. O'qituvchi ham o'quvchisining oilasi bilan mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'ymog'i lozim.
Ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan tarbiya sohasida hamkorlik qilishlari juda muhimdir. Bu ishlar oila tarbiyasiga salmoqli hissa qo'shadi. Komil farzand tarbiyalash uchun oila, maktab va jamoatchilik, (mahalla)ning hamkorligi talab qilinadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy o'zgarishlar sharoitida oilaviy tarbiya masalalariga e'tibor yanada kuchayib, dolzarb mavzuga aylanmoqda.
Adabiyotlar



  1. A'zamxo’jaеva E.A. “Muomala maromining yosh xususiyatlari va dеnamikasi”. T.: 2002.

  2. Abu Rayhon B. “Xikmatlar”. T.: 1973.

  3. Aliqulov X. Sharq mutafakkirlari axloqi haqida. T.: 1979.

  4. Asqarov I.Sh., Mamtqulova R. H.D. Norqulov “Shaxs va oila tar biyasining pedagogikasi” Toshkent 2009

  5. Hasanboeva O. “Oila pedagogikasi ” “Aloqachi ” nashiryoti 2007

  6. X.I.Ibragimov, U.A.Yuldoshev “Pedagogik psixologiya ” Toshkent 2009

Download 37.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling