Oila tarbiyasi Reja oila tarbiyasi Oila qanchalik tartibli Oila tarbiyasidagi muvozanat


Download 12.13 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi12.13 Kb.
#1490573
Bog'liq
a1410

Oila tarbiyasi Reja 1 Oila tarbiyasi 2 Oila qanchalik tartibli 3 Oila tarbiyasidagi muvozanat

  • Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi.
  • Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim.
  • Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega
  • Otaonalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim.
  • Uz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
  • Oila tarbiyasi — oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida oila tarbiyasi muhim o'rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta'sirchan kuch — oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro'sining yuqori bo'lishi, bolalarga talab qo'yishda oila kattalari o'rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida e'tibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qo'yish, oilada qat'iy rejim va kun tartibini o'rnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi o'zgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qo'llabquvvatlash va hokazolar.
  • Oila tarbiyasi, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas'ul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog'lom etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o'zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg'usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko'rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me'yorlarga og'ishmay rioya etish, sog'lom turmush tarzini yaratish, o'z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so'z va faoliyat birligini ta'minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko'rsatadi.
  • Oila tarbiyasida obyektiv va subyektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta'minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila budjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog'lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar obyektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a'zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma'lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o'rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o'zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar subyektiv omillar sirasiga kiradi.
  • Oila tarbiyasida bolalar hayotini to'g'ri yuritish ularni vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o'yin, mehnat va o'qish faoliyatlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash nihoyatda muhimdir.
  • Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog'lom, ma'naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo'nalishlari — jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g'oyaviy hamda jinsiy ta'lim berish, ularda faoliyat ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
  • Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Ommaviy axborot vositalari orqali aholi e'tiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko'rsatuv, eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilgan g'oya!ar yuzasidan o'tkaziladigan suhbatlar bolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faollik, mas'ullik, e'tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi.
  • Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to'g'risidagi ma'lumotlarni berib borish, o'z navbatida huquqlaridan foydalanish yo'llarini ko'rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi.
  • Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ularini hosil qiluvchi o'ziga xos maskan sanaladi. Bolalar «Vatan», «xalq» tushunchalarining mohiyatini dastlab ana shu maskanda o'zlashtiradilar. Binobarin, oilaning o'zi Vatanning bir bo'lagidir. Oila sha'nini himoya qilish, uni saqlash to'g'risida qayg'urishning Vatanning sha'ni, el-yurt manfaati uchun kurashish tuyg'ulari bilan uzviy bog'liq bo'lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy-siyosiy tarbiyaning asosi bo'lishi lozim.
  • Yuqorida qayd etilgan tarzda oila tarbiyasini tashkil etish komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish muvaffaqiyati uchun poydevor bo'ladi. Farzandlarning har tomonlama yetuk bo'lib voyaga yetishlarida ota - ona , oilaning boshqa a'zolarining dunyoqarashlari, hayotiy yondashuvlari va ma'naviy dunyosi o'ziga xos o'rin tutadi.
  • “Farzandlaringizga ta'lim bering, chunki ular sizniki bo'lmagan vaqt uchun tug'ilganlar”, deb har bir ota-onani bolaning o'z zamonasi ilm-fani, ta'limiga befarq qaramaslikka chaqirganlar.
  • Tarbiyada eng muhim vosita bu mehr va shirinso'zlik bilan tarbiyalashdir. Bu ikki vosita bir bo'lib, bolani shakllantiradi. Shu jumladan, ta'limni ham g'azab va jazolash bilan amalga oshirmagan ma'qul. Zero, zo'rlab berilgan ta'lim bola xotirasidan tezda o'chib ketadi. Oqibatda uning shu sohaga nisbatan qiziqishi so'nishi mumkin. Bundan ko'rinadiki, ta'limning avvali ham yaxshi tarbiyadan boshlanadi.
  • Islom ta'limotida yosh avlodning jismonan sog'lom va baquvvat bo'lib ulg'ayishiga jiddiy ahamiyat berilgan. Bu haqda Payg'ambarimiz (s.a.v.): “Farzandlaringizga suzish va kamon otishni, qizlarga ip yigirishni o'rgatinglar”, deganlar.
  • Bugungi kunda farzand tarbiyasida ijtimoiy muammolardan; uyali telefonlardagi tajovuzliklar hamda Ijtimoiy tarmoqlar to'ri tabora avj olmoqda. Ushbu zamonaviy kommunikatsiya vositalari muhim aloqa vositalari bo'lishi bilan birga ba'zi ma'naviyati to'liq shakllanmagan sust yoshlarga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoq ta'siriga tushib qolgan yoshlarga ota-onalar, o'quv muassasalari bilan birgalikda yondoshib aloqa vositalarining asl mohiyatini tushuntirib berishlari lozim.
  • Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma'naviy immunitetli, o'zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma'naviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o'zining kimligini, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-e'tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta'sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo'ladi.

Download 12.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling