Oila tarbiyasida pedagogik texnologiyani shart sharoitlari


Download 114 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi114 Kb.
#1490490
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OILA TARBIYASIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI SHART SHAROITLARI

Kurs ishining ob’ekti: Oilada va maktabda farzand tarbiyasining ijtimoiy
psixologik xususiyatlari. Oilaviy munosabatlar , ota-ona va farzandalarning o‘zaro
munosabatlari,o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlar
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 3 bo‘lim, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


  1. Oilada bola tarbiyasi masalalarining nazariy metodologik asoslari.
    Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning
    tadqiqotlarida asosiy e’tibor oila bo‘yicha amaldagi bo‘linishga va Bolalar
    tarbiyasida ota-onalarning faol darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning,
    Bolalarning hamda aellarning bandligi va ularning Bolalar tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga bog‘lab o‘rganiladi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy kamoloti yoshlarni turli ijtimoiy
    vazifalarni bajarishga, to‘plangan munosabatlarga doir tajribalar, moddiy va
    ma’naviy qadriyatlarga har tomonlama va uzoq tayorlash lozimligini talab
    etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbek
    oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-odatlari, an’analari va
    qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va mehnat shartsharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran o‘rganila boshlandi. Ana shu yillardagi dastlabki tadqiqotlar ko‘proq falsafiy, tarixiy, etnografik yo‘nalishdagi va oilaning tarbiyaviy va mehnat shartsharoitlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlar o‘z xarakteriga ko‘ra, oilaning madaniy, huquqiy, tibbiy, uning turmush tarzi, undagi tarbiya muhitining ahamiyati, o‘zaro munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Mazkur tadqiqotlar sirasiga quyidagilarni keltirib o‘tish o‘rinlidir.
    Jumladan, X.Toshtemirov, L.S.Yaxyoev, G.M.Hamidova, T.T.To‘ychieva,
    M.Xolmatovalar tomonidan oilaviy turmushning falsafiy jihatlari, oila-nikoh
    munosabatlarining takomillashish an’analari va hozirgi zamon o‘zbek oilasining turmush tarzi o‘rganilgan. Sh.A.Isroilov, F.M.Otaxo‘jaev va boshqalar o‘z tadqiqotlarida o‘zbek ayollarining huquqiy masalalari, oila-nikoh
    munosabatlarining huquqiy jihatlarini o‘rganganlar. M.R.Bo‘rieva o‘z
    tadqiqotlarida o‘zbek oilasining demografik jihatlarini tadqiq etgan. B.Z.Umarov esa o‘z ishlarida o‘zbek oilasining sotsiologik jihatlarini tadqiq etgan. Ayniqsa, Respublikamiz pedagog olimlarining mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari e’tiborga loyiqdir. A. Q. Munavvarov, M. I. Sanginov, O.Musurmonova, H.Uzoqov, O.To‘raeva va boshqalar o‘z tadqiqotlarida o‘zbek oilasining o‘ziga xosligi, tarbiyaviy imkoniyatlari va shart-sharoitlari, o‘zaro munosabatlar shakllanishining ma’naviy asoslarini keng o‘rganganlar.
    Oilaviy hayot psixologiyasi, oila-nikoh munosabatlari, oiladagi o‘zaro
    munosabatlar, undagi ziddiyatlar, ajralishlar va uning oqibatlari keyingi yillarda
    psixologiya fanining keng tadqiqot ob’ektiga aylanib bormoqda. Bu sohada
    psixolog olimlardan G‘.B.Shoumarov, Ye.A.Morshinina, E.G‘oziev,
    V.M.Karimova, M.G.Davletshin, N.A.Sog‘inov, S.A.Oxunjonova, A.Shojalilov,T.M.Adizova, E.Usmonov, X.Karimov, Sh.Sh.Jo‘raeva, R.S.Samarov,O.Shamieva, N.Salaeva, F.R.Ro‘ziqulov va boshqalar olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir.
    E.G‘ozievning oilaviy hayot muammolari sohasida olib borilayotgan
    tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Olimning ta’kidlashicha, oilaviy munosabatlar
    turli negiz; iqtisodiy, mafkuraviy, hissiy irodaviy, axloqiy-aqliy, qarindoshurug‘chilik, yaqinlik va do‘stlik- birodarlik asosida quriladi. Ana shu negizlar baquvvat oilada er-xotin totuvligi, oila barqarorligi, oilaning baxti va farovonligi ta’minlaydi. Olimning fikricha, bola tarbiyasida ana shu muhim asoslarga e’tibor berish va ba’zi bir narsalardan ogoh bo‘lish zarur.
    E.G‘oziev o‘z tadqiqotlarida oilada yuzaga keladigan ziddiyatlar va oila
    buzilishlari haqida ham alohida to‘xtalib, tarbiyaviy qashshoqlik, oilada ortiqcha an’ana va marosimlarning mavjudligi, ichkilikka ruju qo‘yish, rashk, madaniy
    hordiq chiqarish imkoniyatining yo‘qligi, qarindosh-urug‘chilikdagi ko‘ngil buzar ishlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi. Shuningdek, E.G‘ozievning bu sohadagi ishlari bilan tanishar ekanmiz, ularda o‘zbek oilasidagi shaxslararo munosabatning o‘ziga xosligi, oila barqarorligining ijtimoiy-psixologik mezonlari haqida ham
    qimmatli ma’lumotlar borligini ko‘ramiz. V.M.Karimova o‘zbek yoshlarida oila to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlarshakllanishi, o‘zbeklarning oilaviy psixologiyasida tarbiyaning o‘ziga xos tomonlari haqida salmoqli tadqiqot ishlarini olib borgan. Muallif tadqiqotlari
    davomida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida, islom dinining muqaddas manbalarida, sharq mutafakkirlari asarlarida, taniqli pedagog va psixolog olimlar asarlarida
    oilaning farzand tarbiyasidagi ahamiyati, oilaviy hayot muammolariga doir
    materiallarni izchil o‘rganib, psixologik tahlillari asosida bir qator ilmiy g‘oyalarni ilgari surgan. Muallifning fikricha, oiladagi tarbiya nola xayot yolining debochasidir, u murakkab va ko‘p komponentli psixologik tizim bo‘lib, ularning tarkibiga oilaning umumiy qadriyatlari, shaxslararo munosabatlarga xos tasavvurlar, erkak va ayol fazilatlari, ularning oilaviy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi, oilaviy rollar va ularni amalga oshiruvchi ijtimoiy normalar, ustanovkalar, reproduktiv tarbiya usullari va boshqa ijtimoiy-psixologik tushunchalar kiradi. Oilaviy-munosabatlar asosan shaxs ijtimoiylashuvining dastlabki davridanoq shakllana boshlaydi va uning o‘zgarishida ijtimoiy-psixologik omillar, ta’limtarbiya, oila muhiti, milliy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, shaxsning muloqot muhiti va shaxsiy faolligi muhim rol o‘ynaydi. Oilaviy-munosabatlar har bir oila a’zosining bilish tizimida shakllangan ong tarkiblaridan iborat bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va individual tajribasi sifatida uning oilaviy hayotga tayyorligini ta’minlaydi . V.M.Karimova tadqiqotlarida oilaviy-munosabatlarning xarakteri farzand tarbiyasiga ta]siri bolaning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi, ya’ni oilaning katta yoki kichikligi, to‘liq yoki noto‘liqligi, undagi rollar, jinsiy o‘zaro munosabatlar haqida va reproduktiv tasavvurlar xarakterini belgilashi va shaxsiy ijtimoiy ustanovkalar yo‘nalishida aks etishi aniqlangan.
    Oiladagi o‘zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy tarbiyaga oid
    masalalar va ularning differensiatsiyasi o‘zining yosh, hududiy va jinsiy
    xususiyatlariga ega bo‘lib, ular avvalo har bir oilaning ruhiy ma’naviy muhiti, u
    yerdagi milliy qadriyatlar, an’analar, rasm-rusumlar qanchalik saqlanib
    qolganligiga ham bog‘liqligi asoslangan Bu holat tarbiya jarayoniga katta ta’sir etishi muallif tomonidan psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, uning
    sabablarini ko‘rsatib o‘tilgan. M.G.Davletshin tadqiqotlarida o‘zbek oilasining etnopsixologik muammolari keng qamrovli o‘rganilgan, shuningdek, ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda etnopsixologik omillarni e’tiborga olish masalalari, etnopsixologik xususiyatlarning O‘zbekiston psixologiya fanida o‘rganilganlik darajalari nazariy yo‘nalishda tahlil qilinadi.
    N.A.Sog‘inov o‘z tadqiqot ishlarida o‘zbek oilalarida kuzatiladigan
    ajralishlarning etnopsixologik xususiyatlari, uning farzand tarbiyasiga salbiy
    ta]sirlarini uning motivlari va sabablarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif, hozirgi davrda oila buzilishining umumiy sabablariga to‘xtalar ekan, o‘zbek milliymadaniy muhitida ana shu sabablarning qaysi birlari kuchliroq ta’sirga ega ekanligini o‘zbek qishloq va shahar oilalari misolida hamda erkak va ayollarda qanday kechish holatini aniqlashga erishgan.
    M.A.Sog‘inovning ta’kidlashicha, o‘zbek oilalarida er-xotinlarni yoki ulardan birini ajralishga undovchi muhim sabablar sirasiga: turmush o‘rtog‘ining qo‘polligi, turmush o‘rtog‘ini hurmat qilmasligi: yosh oila hayotiga ota-onalarning noo‘rin aralashuvi: turmush o‘rtog‘ining oilaning umumiy masalalariga befarqligi va boshqalar kiradi. Muallifning e’tirof etishicha, o‘zbek oilasidagi ajralish sabablari, motivlari va ularning qanday holatlarda «sabab» va qanday holatlarda «bahona» rolini o‘ynashi, ana shunday holatlarda ularning oldini olish choralari haqida to‘xtalib, mutasaddi xodimlarni yordamga chaqirish, yoshlarga esa zarur maslahatlar berish lozim . A. Shojalilov tadqiqotlarida ham oila va oila-nikoh munosabatlari o‘rganilgan. Ba’zi bir yoshlar oila qurib ota-onalik funksiyasini yetarli darajada bajara olmasliklari, bu holat esa yosh oilalarda bir qator qiyinchiliklar va muammolarga sabab bo‘layotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga binoan, tadqiqotda yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini kuchaytirish, ularning shu sohaga oid vazifa va burchlarini bajarishi murakkab hamda ko‘p qirrali jarayon ekanligi ta’kidlanib, oila qurgan yoshlar turmush tarzini kuzatib borish asosida undagi ixtiloflarning oldini olish va bartaraf etish uchun psixoproflaktik chora-tadbirlarni keng qo‘llash zarurligi ta’kidlangan.


  2. Download 114 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling