Oila tarbiyasida pedagogik texnologiyani shart sharoitlari
Shaxslararo o’zaro munosabatlarning ijtimoiy psixologik
Download 114 Kb.
|
OILA TARBIYASIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI SHART SHAROITLARI
3. Shaxslararo o’zaro munosabatlarning ijtimoiy psixologik
xususiyatlari. Buyuk mutafakkirlarning fikricha, tarbiyachi bolalar bilan muomalada bosiq bo‘lishi, o‘quvchilar ta’limni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatib borishi, o‘qitishi va tarbiya jarayonida har xil usullarni qo‘llashi, o‘quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi, bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralariniqo‘llashi, ularni fanga qiziqtirishi, aniq adabiy tilda tushuntirishi bolalarda hissiyot uyg‘otadig an bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya haqidagi bu fikrlar yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishda xizmat qiladi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha, insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy – ma’naviy boy bo‘lishida tarbiyaning barcha turlarini uyg‘unlashgan holda olib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning asosiy vazifasi–shaxsning aqliy, axloqiy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanish, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: - yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash; - hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish; - o‘zini o‘zi idora va nazorat qila bilishni shakllantirish; - o‘zining shaxsiy turmushga maqsadli yondashuvi; - ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish; - o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar va vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish; - madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashgabo‘lgan talablarni shakllantirish - malaka hosilqildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish; - har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish kerak. Yoshlar faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‘rish lozim. Bolalar ijodini, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun doimo shart-sharoitlar yaratib berishimiz zarur. Farzandlarimizda inso np arvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish, bir- birini tushunadigan, o‘zaro mehribonlik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik va muomala odobini o‘rgatib, ularning ongiga singdirib boriladi. Tarbiyaning avvalo turgan o‘rni uyda, oila ichida, keyingisi maktablardadir. Shunday bo‘lsa ham, lekin tarbiya eng ko‘p oilaviy muhitga va ota-onaga tegishlidir. Tarbiyaning yaxshi bo‘lishi tarbiyachilarning nechog‘lik yetuk bo‘lishi ularning yetarli darajada tarbiya ko‘rganligiga bog‘liqdir. Yoshlar, jumladan talaba– o‘quvchilar, voyaga yetmaganlar ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, idoralar, komissiyalar, mahalliy tashkilotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda izchillik va nazoratni to‘la ta’minlaganligi natijasida huquqbuzarlik , aqidaparastlik illatlarining oldi olinayapti Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur’oni Karim, Hadisi sharifdan foydalanash juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlari», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Manaviy qadriyatlar va g‘oyalar har hil millat talabalarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam beradi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi. Ismoil Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino Fariddin Attor, Marg‘iloniy Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy va boshqa buyuk mutufakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq,, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, ya’ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga katta ahamiyat berganlar. O‘zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga boy meros qoldirgan O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan «Bola tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash kerak? – deb so‘rabdi. Ibn Sino: «O‘g‘lingiz necha yoshda» deb savol beribdi va uning bir yarim oylik bo‘ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir yarim oy kechikibsiz?» - debdi. Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiyalash kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizning psixologlarimiz va pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan. Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to‘g‘ri foydalansa, - deb yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning to‘g‘ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etgan. Ibn Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat’i nazar, ota-onaning asosiy burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi – bolalar bilan birga bo‘lish va ijobiy misollardan foydalanib, alohida0alohida suhbatlashish, uning izzat nafsiga tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata ahamiyat bergan. «Ro‘zg‘orshunoslik» kitobida «Otaning bolalarga munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan: «Onalar o‘z tabiatlariga ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi, ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan tanbeh berish, vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim. Oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida Alisher Navoiyning ajoyib fikrlari bor. Navoiyning fikriga ko‘ra, eng muhimi bolalarni sevish, «Bolaga, degan edi ulug‘ shoir, - kichikligidan boshlab yoshini hisobga olgan holda axloqiy tarbiya bermoq zarur»3. taniqli shoir va pedagog Abdulla Avloniy oilada bolalar tarbiyasi to‘g‘risida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ajoyib fikrlarni bayon qilgan. O‘zining «Yashnagan o‘lka va ahloq» degan kitobida yozganidek, bolaning sog‘lig‘i va baxti avvalo uning yaxshi tarbiyalanishiga, badanining tozaligiga, e’tiqod hosil qilishiga, yaxshi xulqqa ega bo‘lishiga, uni g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlardan ogohlantirilishiga bog‘liq. Bolani tarbiyalashni tug‘ilgan kunidanoq boshlash zarurligi quyoshday ravshan va aniq, uning organizmini mustahkamlash, aqliy qobiliyatini donishmandlik nuri bilan yoritish, uni axloqiy kamol toptirish, xotirasini mashqlantirish kerak. Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug‘ullanishi lozim. «Bolalarni tarbiyalash – onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati». Mashhur pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy oila tarbiyasi masalasini, otaonalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasini yangicha tahlil qildi. U birinchi navbatda tan jazosini qo‘llashga qarshi chiqdi, uning fikricha, tan jazosi bola ruhini razil yoki yovuz va qaysar qilib qo‘yadi. Hamza oila tarbiyasida bolalar bilan ko‘proq bog‘langan onalarning rolini yoritishga kata ahamiyat beradi. Ona o‘z bolasiga mehr-muhabbat va mohirlik Bilan ta’sir ko‘rsatib borishi zururligini o‘qtiradi. Bolalar va yoshlarga ishontirish vositasi bilan burch tuyg‘usini singdirish lozim, deb hisoblaydi. Xulosa. Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona va maktab jamoasi bilimlarini doimiy oshirib borishlari lozim. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va murabbiylar ma’naviy boy, dunyoqarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib kelayotgan avlodlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish mumkin. Eng muhimi ularning psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida munosabatlarni to‘g‘ri rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko‘ra bilishga, kelajagini porloq qilib voyaga yetkazishga katta yordam beradi. Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, axloqiy-ma’naviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va ma’naviy saviyalari, ularning iqtisodiy ta’minlanganligi, turli ko‘rinishdagi faoliyatlari, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, yashash sharoitlari va boshqalar oilada farzand tarbiyasini samaradorligini ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bizmavzu yuzasidan quyidagi ilmiy-nazariy, tahliliy natijalarni qo‘lga kiritdik: Farzandlar tarbiyasini barqarorligini ta’minlashda ota-ona ibrati katta ahamiyatga ega boladi; Oiladagi axloqiy tarbiya bilan ta’lim muassalari tarbiyasi mushtarakligini ta’minlash farzandlarning tarbiyalanganlik darajalarini oshiradi ; Farzandlar tarbiyasida oilaviy an’analarni, milliy urf odatlar mohiyatini ular ongiga singdirib borish tarbiyaning milliy xarakterini oshirish imkoniyatini beradi. oilaviy hayotda urf – odat, an’ana, milliy ong va milliy til kabi ijtimoiy tushunchalar va O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oilaviy hayot xususidagi didaktik qarashlaridan foydalanish yaxshi samara beradi; oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos qoidalaridan xabardor bo‘lish va kamchiliklarini psixologik – pedagogik bilimlarga tayanib bartaraf etish darkor; oilada shaxslararo munosabatlarning ko‘rinishini va rollar taqsimoti bola faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega; oilada ma’naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish bolaning har tomonlama ma’nan pok, iymonli, vatani va xalqiga sodiq farzand bo‘lib yetishishida yetakchi rol o‘ynaydi. Sog‘lom bola oilada shakllanadi va kamol topadi. Bu o‘rinda ota-onaning psixologik-pedagogik bilimi, dunyoqarashi hamda madaniyati yetakchi omil hisoblanadi. Bolaga bo‘lgan munosabat, ya’ni uni eshitish, ehtiyojlarini o‘rganish, mumkin va mumkin emaslarni psixologik talablar darajasida bo‘lishi talab etiladi. Ko‘rib o‘tdikki oilada bola tarbiyasi masalasi qadim-qadimlardan bo‘yon barcha axli donishlarning fikrlari qaratilgan eng asosiy masalalardan hisoblangan. Hattoki, urf-odatlarimiz, an’analrimiz ham bolalarni har tomonlama shakllantirishga qaratilgan. Allomalarimizning qarashlari, an’analarimiz asrlar o‘z hikmatli tomonlarini yo‘qotmay, tobora sayqal topib hozirgacha keldi. Ular o‘z navbatida oilada bola tarbiyasida ijtimoiy pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi. Oilada bola tarbiyasidagi ijtimoiy pedagogik asoslar esa jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Bu jarayonlar tub o‘zgarishlar davrini boshidan kechirayotgan jumhuriyatimizda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozirgi kunda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi natijasida barcha sohalar kabi oilada shaxslar aro munosabatlar, shu jumladan ota-ona va farzandlar orasidagi munosabatlar ham davr talabiga mos holda shakllanmoqda. Bunday munosabatlarning shakllanish negizida esa o‘tmish, madaniy merosimizni, milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni tiklash va ularni amaliy faoliyatda qo‘llash hamda xususiy mulkka, ishbilarmonlikka, tadbirkorlikka keng e’tibor berish ularni kishilarimiz hayotiga tadbiq etish kabi omillar yotadi. Oilada farzand tarbiyasini to‘laqonli, davr talabiga mos holda amalga oshirish uchun bolalarga o‘tmish madaniy merosimizni, milliy qadriyatlarimizni o‘rgatish bilan bir qatorda yosh avlod ongiga umuminsoniy qadriyatlarni bilish, jahon xalqlari tillarini, madaniyatini mukammal o‘zlashtirish, eng asosiysi yoshlarni ilm-fan, texnikaning so‘nggi yutuqlarini egallashga undash hayotiy zaruratdir. Download 114 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling