Oila-vatan ichra vatandir
“Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun”
Download 21.29 Kb.
|
OILA tezis Yoshlar ovozi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Qizlar ovozi”
“Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida forum bo‘lib o‘tdi.
Forumlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 150 nafardan ortiq xotin-qizlarga tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida imtiyozli kredit, o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish maqsadida subsidiya, “Har bir yoshga bir gektar” tamoyili asosida yer maydoni ajratilgan, haydovchilik va qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish xarajatlari hamda to‘lov-kontraktlarining bir qismi qoplab berilgan shuningdek, 10 ga yaqin yo‘nalishlarda imtiyozli maxsus sertifikatlar topshirildi. Shu bilan birga, forum doirasida 120 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi. Bugun yoshlar bilan ishlashda yangicha - vertikal tizim ishga tushurildi. Shu bilan birga har bir mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yosh xotin-qizlar hamda yosh oilalar bilan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar yetakchilari bilan birgalikda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni reja qilingan. Bu orqali har bir mahalladagi Yoshlar yetakchisi orqali har bir yoshni oilaviy hayotga tayyorlash ularni qadriyatlar asosida targ‘ibot qilish evaziga yoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit samaradorligini yanada yaxshilashga erishilishiga harakat qilinmoqda. Targ‘ibot bugungi kunda yoshlarni oilaviy hayotga - qadriyatlar va urf odatlar asosida oilaga tayyorlovchi asosiy kuchdir, shu sabab yoshlarimiz orasida tobora o‘z muhlislariga ega bo‘lib boratyoganmahallalardagi yosh xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali ularni davlat boshqaruvidagi ishtiroki va rolini kengaytirish hamda ularni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Qizlar ovozi”klubi (koordinatorlar) faoliyati yo‘ga qo‘yildi, bugun mahallalar kesimida ularni saylash ishlariga start berganmiz. Yosh oilalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlar asosida oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Yosh kitobxon oila” tanlovini respublika miqyosida yosh oilalar o‘rtasida ommalashtirmoqdamiz, zero ilmga oshno bo‘lgan yoshlarimiz albatta oilaviy hayotga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishlari aniq. Download 21.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling