Oila-vatan ichra vatandir
541 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan. Himoya olingan xotin-qizlardan 288
Download 21.29 Kb.
|
OILA tezis Yoshlar ovozi
29 541 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan.
Himoya olingan xotin-qizlardan 288 nafari voyaga yetmagan, 8 061 nafar yosh (18-30 yosh), 21 192 nafari 30 yoshdan oshgan ayollarni tashkil etmoqda. Bugungi kunda globallashuv jarayonlarining tobora kuchayishi oilaviy qadriyatlarning himoyasi masalasini kun tartibiga qo‘ymoqda. Jamiyatda zamonaviy tendensiyalar: iqtisodiy integratsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiy etishi va global Internet tarmog‘ining keng quloch yoyishi oilaviy munosabatlarga yangicha yondashuvlarni shakllanishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda yoshlarning aksariyati (91,2%)oila qurishga baxt sifatida qaraydi. Biroq ularning 10foizga yaqini ushbu masalada salbiy va noaniq fikrga egalgi hamsir emas. Bu esa, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi ishlarni kuchaytirish, yoshlar ongida oila muqaddasligi tushunchasini singdirib borish bo‘yicha choralarni yanada jadallashtirishni talab etadi. Yosh-xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh oilalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ajrimlarni barvaqt profilaktika qilish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda, jumladan, mamlakat yoshlari orasida, ularning – oila, ajrashishlar masalalarga munosabati va fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Huquqiy-demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar doirasida oila institutining huquqiy asoslari ham mustahkamlanib, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom yosh avlodni tarbiyalashda oilaga katta e’tibor qaratilmoqda. Oila instituti mustahkamligini saqlash, sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat asosi ekanligi, oilalarning namunali taraflarini ommalashtirish, oila, jamiyat va davlat himoyasida ekanligini, farovon oila – jamiyat rivojlanishining asosi kabi g‘oyalarni keng jamaotchilik o‘rtasida keng targ‘ib etish hamda yoshlar va ota-onalarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish, oila masalasiga oid dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar dolzarb hisoblanadi. Oila muammosini tadqiq etish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi alohida e’tibor talab etadi. Aksariyat hollarda turmush qurgan yoshlarda oilaning nozik jihatlari haqida yetarli tasavvur, bilim va ko‘nikmaning yo‘qligi yosh oiladagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu borada ijobiy natijaga erishish yo‘lida ota-ona va qarindoshlarning yoshlarga tarbiyaviy ta’siri muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2021-2023 yillarda yosh oilalar uchun Yoshlar uylarini qurishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 28 iyundagi 394-son qarori qabul qilindi. Bunga qadar 2017-2019 yillar davomida Download 21.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling