Oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirsh


Download 312.5 Kb.
bet4/22
Sana02.01.2022
Hajmi312.5 Kb.
#184095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
oilada axloqij munosabatlarni shakllantirish

Tadqiqot ob`yekti: Oilada axloqiy munosabatlarni shaklantirishda oilalardagi muhitni o’rganish, barkamol shaxs shakllanishida ota-onaning vazifalari va burchlarini o’rganib chiqish va tahlil qilish.

Tadqiqot predmeti: Oilaviy tarbiya va oiladagi shart –sharoitlarni o’rganish, oila muhitida ta’lim – tarbiya jarayoni, axloqiy munosabatlarning o’ziga xosligini o’rganish, tahlil qilish va uslubiy tavsiyalar berish.

Tadqiqot maqsadi: Oilada axloqiy munosabatlarni shakllantirishni to’g’ri yo’lga qo’yish tadqiqot natijalariga ko’ra yo`l-yo’riqlar ko’rsatib tavsiyalar berish.

Bitiruv ishining mavzusi, muammo va maqsadiga mos ravishda qo’yidagi vazifalarni ochish masalalari qo’yiladi:



  1. O’zbek millatiga xos bo’lgan milliylik, o’zbek oilalarida axloqiy munosabatlarni shakllanganlik darajasini o’rganish, tahlil qilish.

  2. Sharq mutafakkirlarining oilada farzand tarbiyasi haqidagi qarashlarini tahlil qilish.

  3. Oilada farzand tarbiyasida ota-onaning roli va shaxsiy namunasining ahamiyatini ochib berish.

  4. Farzand tarbiyasida milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarni mohiyatini ochib berish.

  5. Farzand tarbiyasi borasida ota-onalar bilan olib borilgan amaliy ishlarni tahlil qilish.

Umumiy nazariya va metadologiyaga tayangan holda bitiruv ishining mavzusini ochib berish uchun qo’yidagi bir-biriga yaqin va bir-birini to’ldirib boradigan tadqiqot usullaridan foydalanildi:

  1. Oilalarda axloqiy munosabatlarni shakllantirishga doir ilmiy va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilib chiqish.

  2. Mahallalardagi oilalar bilan olib borilgan ishlarni ko’zatish.

  3. Oilalar bilan tanishib, ota-onalar bilan o’z farzandini qanchalik darajada bilishi haqida suhbatlashish.

  4. Ota-onalar bilan ijtimoiy psixologik treninglar hamda testlar va farzand tarbiyasiga doir turli xil savol-javoblar olib borish.

  5. Tadqiqot natijalarini statistik va psixologik tahlil qilish.

Tadqiqotimizning ilmiy farazi.

  1. Agarda ota-onalarga farzand tarbiyasi, ota-onaning farzandi oldidagi burchi hamda farzandning ota-ona oldidagi ma’suliyati va eng asosiysi komil inson tushunchalarini tarkib toptirish borasidagi ishlab chiqilgan usullarimizdan unumli foydalanib axloqiy munosabatlarning yo’lga qo’yilganligini o’rganilib, to’g’ri tashxis qo’yilsa;

  2. Tashxisga muvofiq ishlab chiqilgan tafsiyalarimiz asosida har bir oilalarda farzand tarbiyasi va oilalarda axloqiy munosabatlarni yo’lga qo’yish borasidagi pedagogik tushunchalarga hamda tarbiyaning muhim qirralariga e’tibor qaratilsa;

  3. Mahallalardagi oilalar bilan ijtimoiy, pedagogik, psixologik treninglar hamda davra suhbatlari o’tkazilsa;

  4. O’zbek oilalarida shakllanayotgan, tarbiyalanayotgan o’g’il-qizlarning komil inson, yetuk, yosh va malakali kadr, ma’suliyatli oila boshlig’i va mehribon, rahmdil onalarni shakllantirishning yuqori ko’rsatgichlariga erishishimiz mumkin.


Download 312.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling