Oila, uning tarbiyaviy funktsiyasi. - Bola o'qishni, tarbiya olishni ulg'ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga, bola o'zini o'zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim.
- Tarbiya usuli tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat hamda o'zaro ta'sir ko'rsatish usullaridir.
- oila jamiyat va davlat muhofazasida;
- Oilali bo’lib yashash, bola-chaqa qilish barcha fuqarolar – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida teng;
- ayol bilan erkak oilada teng huquqqa ega;
- faqat yakka nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish;
- ixtiyoriy va erkin nikoh;
- davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish;
- davlat otalik, onalik va bolalikni muhofaza etadi va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qiladi;
- bolalarni milliy istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash va boshqalardir.
Oilaviy tarbiyaning huquqiy asoslari. - Ota-onalar qo’mitasi quyidagi vazifalarni bajaradilar:
- 1. Maktab ota-onalar qo’mitasi pedagogik kengashida qatnashib, maktabdagi muammolarni hal qilishda faol ishtirok etib, kerakli maslahatlarni beradi.
- 2. Maktab uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlarni hozirlashda mahalla, jamoatchilik va otaliq tashkilotlardan boshlab to respublika rahbarlarigacha iltimos bilan murojaat qilishga haqlidir.
- 3. Ota-onalar qo’mitasi maktabdagi ichki tartib-intizomni mustahkamlash maqsadida uni maktab ma'muriyati bilan hamkorlikda muhokama qilishi mumkin.
Oila mustahkamligi haqida davlatimiz g’amho’rligi. - Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy turmush va oilaviy tarbiya o'zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Pedagogik diagnostikada oila tarbiyasi o'z milliy va demo grafik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishini hisobga olish zarur. Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma'naviy saviyasi, osoyishtaligi, oila a'zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |