Оilаdа bоlаlаr bilаn mulоqоtni yo‘lgа qo‘yishning pеdаgоgik-psiхоlоgik shаrt-shаrоitlаri
Download 0.99 Mb.
|
ОILАDА BОLАLАR BILАN MULОQОTNI YO‘LGА QO‘YISHNING PЕDАGОGIK-PSIХОLОGIK SHАRT-SHАRОITLАRI
Liberal uslub asosida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. O‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi; ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi; o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi; o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan kiziqmaydi; o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi; o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi. Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchining xulq–atvori, pedagogik va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan munosabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘zlashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. SHu sababli, o‘qituvchilar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini boshqarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamoasining har qanday boshqaruv uslubi o‘qituvchi muloqoti asosida tashkil etiladi. Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining ongini va tafakkurini boyitish va o‘zgartirishdir.
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling