Оilada ota-onalar bilan farzandlar mulоqоtning psixologik xususiyatlari


Download 473.5 Kb.
bet9/11
Sana18.03.2023
Hajmi473.5 Kb.
#1282782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ilada ota-onal

X U L O S A .
Yoshlik davrida bolalar ancha sipo, og‘ir-vazmin. Sinchkov bo‘lib qoladilar. Yoshlardagi bu o‘zgarishlarni tarbiyasizlar, ota-onalar to‘g‘ri tushunmay qaysarlik, mensimaslikka yo‘yishadi, natijada ularning izzat nafsiga tegadigan noo‘rin gap so‘z aytib qo‘yadilar. Bunday paytlarda bolada “ruhiy portlash” yuz berib, o‘z izzat nafsiga tekkan odamga juda qo‘pol javob qaytarishi mumkin. Ba’zan shunday xollarda qizlar yig‘lab yuboradilar, yigitlar qo‘rslik bilan uydan chiqib ketadilar. Shu yoshdagi bolalar uydan qochib ketishlari ham mumkin. Ana shunday xollarda oiladagi ota-onalar qilgan qo‘polliklaridan pushoymon bo‘ladilar.
Kattalarga nisbatan agressiv munosabatning paydo bo‘lishi, negativizm singari nojinsiy yetilish tufayli paydo bo‘ladigan belgilar bo‘lmay, balki ular o‘smir yashaydigan sotsial vositasi orqali: uning tengdoshlari, kollektividagi mavqei tufayli, uning katta yoshli kishilar bian o‘zaro munosabatlar tufayli va shuga o‘xshash sabablar tufayli paydo bo‘ladigan xarakter belgilardir. Mana shu sharoitlarni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarni xulq-atvori bilan bemalol ta’sir ko‘rsatish mumkin. O‘smirlik yoshiga o‘rayotgan vaqtda bolalarning xulq – atvorida keskin ko‘payib ketayotgan salbiy alomatlar so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik. O‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urishqoqlik, boshqalar o‘qituvchi uchun bu yoshdagi bolalar bilan ishlashni qiyinlashtirib yuboradi.
Ushbu muammoni o‘rganishda avvalo bolalarni har bir tashqi reaksiyasi ortida o‘z psixologik sababi borligini tushunib olishlari kerak. Agar bolalarni xulq-atvoriga faqat axloqiy baho berish bilan kifoyalanib qoladigan bo‘lsa, u xolda uning psixologik sababini ilg‘amay qolish mumkin. O‘smirlarning “madaniyatsiz”, “axmoqona”, “zararlik”, “tushunib bo‘lmaydigan” deb nom olgan va shunday deb o‘ylansalarda. Aslida buni psixologik sabablari bilan izohlash kerak. Bu sabablar shaxs qaror topishining mazkur bosqichi uchun xos bo‘lgan xususiyatlardan kelib chiqadi.
Bola dunyoga kelgach, dastlabki tarbiyani oilada ota-onadan oladi. “qush uyasida ko‘rganini qilida”, deyidi xalqimiz. Bu bejiz aytilmagan, ota-ona qanday tarbiyalagan bo‘lsa, farzandiga nima bersa, shuni oladi. Zero, “nimani eksang, shuni o‘rasan”, deb bezij aytilmagan.
Ushbu tadqiqot ishimizda o‘zbek oilalarida ota-onalarning bola tarbiyasida nimalarga e’tibor berishlari kerakligi haqida gapirib o‘tdik.
Tadqiqotimizdan olingan natijalar quyidagi xulosalarga kelishimizga asos bo‘ldi:
- bola bilan gaplashayotganlarida narsalar ahamiyatli ekanligini his qilishlariga imkoniyat yaratib bermaydilar:
- Ko‘pchilik o‘zbek oilalarida bola hohlagan o‘yinlariga ahamiyat bermaydilar, bolalar bilan o‘ynash ularga ahamiyatsiz, keraksiz, bemanilikday bir xolat deb hisoblaydilar:
- Bola biron bir begona kishi oldida bemalol gapirishlariga onalar ko‘pincha to‘sqinlik qiladilar va asosan ko‘pincha bola uchun ham ularning o‘zlari gapiradilar. O‘zlari gapirishga intiladilar:
- Bo‘sh vaqtlarini bolalar bilan o‘tkazishga, ular bilan xordiq chiqarish, sayr qilish, ularni turli ko‘rgazmalar. Park, zooparkka olib borishga o‘zbek onalari yetarlicha ahmiyat bermaydilar:
- O‘zbek onalarida bolalarning savollariga javob berishning yetarlimsasligi. Javob qoniqarlimasligi yoki javoblarni orqaga surish xarakterlidir:
- Qishloq onalariga qaraganda shahar onalari hayotiy faktlarni tushuntirib berish, bular haqida bolalar bilan suhbatlashishni keraksiz mashg‘ulot, vaqt sarflash deb hisoblaydilar:
- Ko‘pchilik onalar o‘z farzandining erishgan yutuqlarini boshqalar oldida nomoyish qilish istagi xarakterlidir.
Bu xol bola shakllanishida, uning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Onalar ko‘p xollarda bolaning kaysarlik, injiqlik, ona talabidan bosh tortish xollarini o‘rganmay turib ularga jazo berishga moyilliklarini nomoyon qiladilar. Tadqiqotimizdan ma’lum bo‘lishicha, bolalarni injiqligi, qaysarlikka sababi ko‘p xollarda onalarning o‘zlariga bog‘liq.
O‘zbek oilasida tarbiya mohiyati. Mazmuni, tarbiyaning kundalik va istiqbol rejasi, bolarga ta’sir o‘tkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o‘ziga xos xususiyatga ega.
Ota-onaning u hoh o‘g‘il bo‘lsin, hoh qiz bo‘lsin, hoh to‘ng‘ich, hoh kenja farzand bo‘lsin ularga teng va odil munosabatda bo‘lishi, erkalatmasligi, kattalar namunasi orqali kichiklarni tarbiyalash ijobiy xodisadir. Allomalarimiz ta’kidlaganidek, insonni tarbiyalashdagi eng asosiy yo‘l e’tiqoddir. E’tiqodga ishontirish yo‘li bilangina ta’sir qilish mumkin, xolos. Tarbiya ishini muvaffaqiyatli chiqishi uchun tarbiyachilar tinmay o‘zlarini tarbiyalashlari kerak.
Faqat ana shu yo‘llar bilangina yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan oila tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkin. Mazkur ma’suliyatli burchni bajarish uchun ota-onalar o‘z ustlarida ko‘proq ishlashlari kerak.
Biz shu diplom ishida oiladagi bola tarbiyasini ayrim muhim tomnlarini yoritishga harakat qildik.
Bola tarbiyasi shunchalik ko‘p qirrali va murakkabki, uni ayni bir xodisa mavjud bo‘la olmaydi. Masalan, ota-onalarning bolalarga haddan tashqari avtoritor munosabatlarni ularning shaxsiyati, qadr-qimmatini hurmatlash masalasidan ajratgan xolda taxlil qilish mumkin emas. Oilada kattalar bilan bolalar munosabatidagi oraliq muammosi o‘rganilganda ota-onaning nazokatli, g‘amxo‘rligi va boshqa masalalarga to‘htalmay iloji yo‘q. Biz diplom ishimizni yozish jarayonidagi kuzatishlardan shu narsaning guvohi bo‘ldikki, bizning o‘zbek oilalarimizda kelajakda bola tarbiyasida ijobiy natijalarga erishish mumkin. Bola tarbiyasida yanada yaxshiroq natijaga erishish uchun bola tarbiyasida xech ham erinmaslik kerak, har bir ota-ona bola shaxsining shakllanishidagi psixologik qonuniyatlarni bolaning yosh jihatidagi rivojlanishidagi o‘tish davrlarini yanada yaxshiroq bo‘lishlari kerak. Xulosa qilib aytganda, tarbiya bu bolalarni sevish san’atidir.


Download 473.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling